Microsoft Word Economic theory lecture 7


-rasm. Engel egri chizig‘i



Yüklə 163,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix30.09.2023
ölçüsü163,3 Kb.
#151223
1   2   3   4   5   6   7   8
Economic theory - lecture 7

 
7.2-rasm. Engel egri chizig‘i. 
 
Engel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta’sir 
qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z 
tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
4. Bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi. O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining 
talabga ta’sirini o‘rganishda ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
-
o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar;
-
o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar. 
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga 
bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi 


margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa 
bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga 
bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi 
oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga 
bo‘lgan talab oshadi. 
5. Kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli. Kelgusida iste’molchi 
daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki 
bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan 
oshishining kutilishi, iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning 
pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining 
qisqarishiga sabab bo‘ladi. 
7.2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.

Yüklə 163,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin