Mavzu: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish. Reja



Yüklə 483,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix21.06.2023
ölçüsü483,05 Kb.
#133767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish

Xotiraning rivojlanishi. Yetti yoshli bola asosan tashqi tomondan yorqin va 
emotsional jihatdan ta‘sirli voqea, tasvir, hikoyalarni eslab qoladi. Lekin maktab 
hayoti shundayki, boshidanoq bolalardan materialni ixtiyoriy eslab qolish talab 
etiladi. O‗quvchilar kun tartibi, axloq qoidalari, uy vazifalarini maxsus eslab 
qolishlari, keyin esa ularga rioya etishlari lozim. 
O‗quv materialini eslab qolish alohida bilimni talab etadi. Usiz o‗quv xotirasi 
zaif va tartibsizligicha qolaveradi. O‗quvchi maxsus aniqlash, guruhlash va 
taqqoslashni talab etuvchi narsani bevosita eslab qolishga harakat qilayotganida bu 
―yomon xotira‖ pand beradi. O‗quv materiali bilan ishlash usullarining shakllanishi 
―yaxshi xotira‖ni yanada samaraliroq tarbiyalash yo‗li sifatida namoyon bo‗ladi. 
Bu jarayonda nutq ustida ishlash kabi xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlaridan 
oqilona foydalanish lozim. Aniq bir material bilan ishlashda ham shunday.
Tasavvurning rivojlanishi. Tasavvur qobiliyatining rivojlanishi ikki bosqichda 
kechadi. Dastlab yaratiluvchi obrazlar real ob‘ektga yaqin tavsiflanadi (detallarga 
boy bo‗lmagan holda). Ikkinchi sinf oxiri, keyin esa uchinchi sinfda ikkinchi 
bosqich boshlanadi. Avvalo, alomatlar va tarkibiy qismlar miqdori sezilarli tarzda 
oshadi. Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur kichik maktab yoshida barcha 
mashg‗ulotlarda rivojlanadi. Kichik maktab o‗quvchilarining biror predmetning 
kelib chiqishi va qurilishi shart-sharoitini ko‗rsatishga harakat qilishi - ularda 
ijodiy (produktiv) tasavvur rivojlanishida muhim psixologik asosdir. 


Kichik guruhda bolalarni vaqt bo‘yicha mo‘ljalga olishga o‘rgatish. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ―o‘ziga‖ nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatishdan, 
iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda ―o‘ziga‖ nibsatan o‘ng, chap, yuqori 
tomonlarni ajrata oladigan bo‘la olishi kerak. O‘z tanasiga nisbatan fazoda 
tomonlar bo‘yicha mo‘ljal olish bu mo‘ljal olishning bpripchi umumlashtirilgan 
usulidir. ―O‘ziga‖ va ―o‘zidan‖ ga nisbatan mo‘ljal olishda ―o‘ng-chapni‖ni 
farqlash eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o‘z 
qo‘llarini farqlashga o‘rgatiladi. Dasturnnng bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh 
guruhida ham davom ettiriladi. 

Yüklə 483,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin