Mavzu Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalarning tasnifi. Kimyoviy vaziyatni baholash



Yüklə 9,33 Kb.
tarix14.10.2022
ölçüsü9,33 Kb.
#65133
Mavzu Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalarning tasnifi. Kimyoviy vaz


Mavzu 8. Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalarning tasnifi. Kimyoviy vaziyatni baholash.

Kimyoviy qurol deganda, ommaviy qirg‘in qurollaridan biri tushuniladi. Bular zaharli moddalar va vositalar (kimyoviy qurol- yarog‘lar, maxsus mashinalar va uskunalar) majmuasidan iborat qurol bo‘lib, ularni keng miqyosda qo'llashdan maqsad dushmanning tirik kuchlarini qirib yuborishga mo‘ljallangan. Ammo, mazkur qurol joylarni, qurol-yarog‘larni, jangovar texnikani va mamlakat ichkarisidagi boshqa inshootlarni zararsizlantirish uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Kimyoviy zaharli moddalarning jangovar maqsadlarda qo'llanilishi mumkinligi, ularni ishlatish usullarini aniqlash, tashqi muhit omillari ta’siriga chidamliligi, ta’sir etish muddati va mavjudligi haqida ma’lum bir xulosaga kelish uchun ularning fizikaviy (zichligi, eruvchanligi, to‘yingan bug‘ning bosimi, qaynash va erib ketish haroratlari, eng katta miqdordagi quyuqligi, yopishqoqligi va sath tarangligi, aerozollar hosil qila olishi) va kimyoviy (qizdirishga munosabati, suvning ta’siri, turli moddalarni (kislotalar, ishqorlar, oksidlovchilar, boshqa moddalar bilan o‘zaro munosabati, saqlash jarayonida o‘zgarishi, jangovar xususiyatlari (jangovar quyuqligi, zaharlash zichligi, zararlanishning muhimligi, ifloslangan bulutning tarqalish masofasi, zaharli xususiyatlari (o‘ldirish, ishga yaroqsiz qilish - qatordan chiqarish, eng kam miqdori) to‘g‘risida aniq dalillarga ega bo‘lish kerak. Ular boshqa turdagi qurollardan ayrim jihatlari bilan ajralib turadi. Bu jihatlar quyidagilardan iborat:

1) katta va uzoq masofalargacha hajmi benihoya katta bo‘lgan havo oqimi yordamida tarqalishi;

2) kimyoviy himoyalanishga ega bo‘lmagan berkinchoqlar va boshqa qurilmalar, inshootlarga, tank va boshqa jangovar mashinalar ichiga kirishi;

3) himoyalanmagan tirik kuchlarga, odamlarga ommaviy miqyosda zarar yetkazishi;

4) zaharli xususiyatlari bir necha daqiqalardan, to bir necha soat yoki kecha-kunduz mobaynida kuzatilishi;

5) ta’sir samarasi ob-havo va joyning relyefiga (o‘nqir- cho‘nqirliklar, past-balandliklar, tekis yer yoki jarliklar) bog‘liqligi.

Shamol qimir etmagan joylarda kimyoviy zaharlovchi moddalar bilan qorishib, singishib ketgan havo, tumanlar, pastqam joylar, jarliklar, aholi yashaydigan manzilgohlarda, butalar, ekinlar va baland o‘tlar bilan qoplangan joylarda (preriyalarda) ancha vaqtgacha turib qoladi. Mabodo, shamol esguday bo‘lsa, kimyoviy zaharli moddalar uzoq masofalargacha tarqilishi va ular portlatilgan joydan ancha naridagi hududlarda tirik kuchlarni zaharlashi mumkin.

Kimyoviy qurollar (xlor gazi) dastavval Belgiya hududlaridagi jang maydonlarida (1915-yil 22-aprel) qoilanilgan. Natijada ingliz, fransuz va amerika qo‘shinlaridan taxminan 0,5 million kishi zaharlangan.

Birinchi jahon urushi yillarida 180000 tonna zaharli kimyoviy moddalar ishlab chiqilib, ularning deyarli 69,4 %i qurol tariqasida qo‘llanilgan. Bu davrda 45 tadan ortiq bo‘lgan kimyoviy moddalar tajribadan o‘tqazilgan. Ularning 27 tasi g‘ashga teguvchi, qitiqlovchi, 14 tasi bo‘g‘uvchi va 4 tasi esa teri-qo‘poruvchi xususiyatlilar bo‘lgan. Ular ta’sirida 1300000 odam zaharlanib, 100000 tasi hayotdan ko‘z yumgan.

Kimyoviy zaharli moddalar quyidagi jangovar agregat ko‘rinishlarda ishlatilishi mumkin: bug‘ yoki gaz; aerozol - havo bilan aralashgan kukun; tomchi-suyuq.

Kimyoviy qurollarni nishonga yetkazish maqsadida turli vositalardan (raketalar, bombalar, snaryadlar to‘ldirilgan samolyot bombalari, aerozollar generatorlari) foydalaniladi.

Zaharlovchi kimyoviy moddalar turli xususiyatlarga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Hozirgi paytda ularni quyidagicha guruhlarga bo‘lishadi:



Zaharlanishning bosh klinik alomatiga ko‘ra klinik va toksikologik guruhlash.
Sochilgan joylarda zaharli sifatlarini saqlash va gidrolizlanishga bo‘lgan moyillikka ko‘ra guruhlash.
Yüklə 9,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin