Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni


Parta oralab,daftarlaridagi mashqlari tekshiiladi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə34/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
2-sinf Ona tili kons


Parta oralab,daftarlaridagi mashqlari tekshiiladi
III. Yangi mavzu bayoni.
O'qituvchi narsani, masalan, daftarni ko'rsatib so'raydi:

  • Bu nima? (Bu narsa nima?) (Daftar.)

  • Biz nimani aytamiz? (So'zni.) Daftar so'zi — narsaning nomi. So'zni biz aytamiz, yozamiz. Narsalarni ko'ramiz, ular bizning atrofimizda.

O'qituvchi chizg'ichni ko'rsatib so'raydi:

  • Bu nima? (Chizg'ich.) Boshqacha qilib nima deyishimiz mumkin? Boshqacha nomi nima? (Bu — narsa.) Xattaxtaga chizg'ich so'zini yozadi.

  • Men nimani yozdim? (So'zni. Narsa nomini.) Siz ham narsani bildirgan so'zlardan ayling. (O'quvchilar bir necha narsa nomini aytadilar.)

Bu narsa haqida nima deb so'raymiz? (Bu nima?) O'quvchiliir qiividagi so'zlarni daftarga yozadilar. Nima? Daftar, qalam, qalaindon, in: mashina, gul, ...
-Tilimizda nima? deb so'raladigan (nima? so'rog'ini beradigan) narsalar juda ko'p, chunki atrofimizda narsalar juda ko'p.
- O'zingiz bilgan sabzavotlar nomini ayting va sabzavotlar nomini bildirgan so'zlarga so'roq bcring. (Nima? Sahzj. Nima? Kartoshka. Nima? Sholg'om.) Mevalami bildirgan so'zlar yuzasidan ham shunga o`xshash ish o'tkaziladi. O'quvchilar ayrim so'zlar bilan gap tuzadilar. O'qituvchi dengizchi, uchuvchi, o'qituvchi tasvirlangan rasmlami tartib bilan ko'rsatib, so'raydi:
— Rasmda kimni ko'ryapsiz? Shu shaxs (kishilar) haqida qanday so`'raymiz? Qaysi so'roqni beramiz? (Kim?) So'zlar izohlab yozdiriladi. Kim? Dengizchi, uchuvchi, o'qituvchi. Siz nimalarni yozdingiz? (So'zlarni. Shaxs (kishi)larning nomini.) Siz, yozgan so'zlar qanday so'roqlarga javob bo'lyapti? (Kim?) O'qituvchi suhbatni umumlashtiradi.
Nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar narsalarning nomini
bildiradi, kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar shaxslar (kishilar)ning nomini bildiradi.
IV.Mustahkamlash.
159- mashqni og'zaki bajarish.Rasmga qarab berilgan savollarga javob beradilar.
Darslikdan qoida-xulosani o'qitish. Sharti o`qilib,160—161- mashqlarni bajariladi.
162- mashqdagi “Afrosiyob” poyezdi matni oqali o`quvchilaga shu poyezd haqida tushuncha beriladi. Mashqning grammatik topshirig'i bajariladi. So'z haqida nimalarni bilib oldingiz?
V.Baholash.Darsda faol ishtiok etgan o`quvchilar baholanadilar. VI. Uyga vazifa. 163- mashq.


MRO`TIBO` ________________

Sana: Mavzu. Kim?, nima? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar haqida tushuncha.


Maqsad.
Ta`limiy:Kim?, nima? so'roqlariga javob bo'lgan (bitta narsa va billa shaxsni bildirgan) birlikdagi so'z va kimlar?, nimalar?so'roqlariga javob bo'lgan (ikki va bir necha narsa va shaxsni bildirgan) ko'plikdagi so`z bilan amaliy tanishtirish.
Tarbiyaviy:Chiroyli yozish orqali nafosat tabiyasini beish.
Rivojlantiruvchi:Yozma nutqini rivojlantirish.
Dars jihozi:Mavzuga mos plakatlar,tarqatma didaktik materiallar.
Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Parta oralab,daftarlaridagi mashqlari tekshiiladi
III. Yangi mavzu bayoni.
Darslikda berilgan so'roqni o'qing. (O'quvchilar o'qiydilar. Qanday so`zlar kimlar ? so'rog'iga javob bo'ladi?) 164-mashq shati bo`yicha ,so`zla izohlanib yoziladi.
Kim? O`quvchi , quruvchi bitta shaxs nomini bildiryapti.
Kimlar? O`quvchilar , quruvchilar ikki yoki undan ortiq shaxs nomini bildiyapti.
IV.Mustahkamlash.
165-mashqdagi 1-rasmda nimani ko`ryapsiz.(Lolani) Lola haqida qanday so`raymiz?(Nima?) Uchinchi rasmda nimani ko`ryapsiz?(Lolalarni) Lolala haqida qanday so`raymiz?(Nimalar?)
Sozlar izohlanib yozdiriladi.
Nima? Lola, terak
Nimalar? Lolalar,teraklar
Darslikdagi qoida ustida ishlanadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin