Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

SAVOLLAR:


1. Bakteriyalarning sitoplazmatik membranasining tuzilishi qanday va uning ahamiyati nimadan iborat?


2. Bakteriyalarning hujayra organoidlari va vazifasi nimalardan iborat?
3. Bakteriyalarning yadro apparatining tuzilishida Peshkovning ishlari?
4. Bakteriyalarning nukleotid tarkibi, tuzilishining o’ziga hosligi, funksiyasi?


6 - MA’RUZA
MAVZU: MIKROORGANIZMLARNING O’SISHI KO’PAYISHI
VA RIVOJLANISHI

REJA:


1. Prokariotlarning ko’payish usullari.


2. Mikroorganizmlarning o’sishi, o’sish fazalari
3. Bakteriya hujayrasining generasiya muddatlari
4. O’sish egri chizig’i, ayrim fazalarining tavsifi.
TAYANCH IBORALAR: bo’linish, tayanch, sitoplazmatik membrana yemirilish, xromosom, cho’zilish, kurtaklanish, cho’zilib so’ngra ajralish, kon’yugasiya, tayoqcha, hivchinli, spora, lag- faza ekspopnensial, o’lishni sekinlashtiruvchi, stasionar , hujayraning nobud bo’lishi, egrilik chizig’i.
Bakteriyalarning ko’payishi asosan hujayraning himiyaviy komponentlarining oshishi bilan boradi, ya’ni shu asosda hujayrani yoki tanani tiklaydi. Hujayra oziqaga to’yinib uning hajmini kattalashgandan so’ng 4 bo’linishga tayyorlana boshlaydi. Bakteriyalarga xos hususiyat shuki ular teng 2-qismga bo’linib ko’payadi, bunday bo’linishni teng binor bo’linish deyiladi. Natijada bo’linishdan keyin 2 ta yangi qiz hujayralar hosil bo’ladi. Faqatgina miksobakteriyalar bu prosesslardan mustasno. Miksobakteriyalar boshqacha yo’l bilan, ya’ni mahsus to’siqlar hosil qilmasdan ipga o’xshab ko’payadi. Haqiqiy bakteriyalarda to’siqlar tezlik bilan hosil bo’lmasdan, balki sekin-asta rivojlanish natijasida hosil bo’ladi. Avvalo to’siq hujayraning devorida hosil bo’ladi, so’ngra uning ichiga botib kirib halkasimon shaklda bo’lib keyin 2 ga ajraladi. Bakteriyalar elektron mikraskopda qaralganda to’siqning hosil bo’lishi yaxshi ko’rinadi.
Diplokokk va streptokokklar bunday mikroskopda qaralsa hatto hujayra po’stidan iborat bo’lgan alohida hujayralarni bir-biri bilan bog’lovchi ko’priklarni qurish mumkin. Hujayralar uzil-kesil ajralib bo’lgandan keyin to’siqlar batamom jipslashadi. Tayoqchasimon bakteriyalar bo’linishdan oldin bakteriya hujayrasida xromosom replikasiyasi, ya’ni ajralish boshlanadi va bo’lingan hujayra membranasiga yopishadi.
Umuman bakteriyalarning bo’linishi
Teng ikkiga bo’linishi
Cho’zilib so’ngra tortilishi.
Kurtaklanish.
Bir hujayra ichida ko’p bo’linib ko’payadi
Sharsimon bakteriyalarning bo’linishida to’siqning ketma-ket joylashuvchi har hil. Ular bitta bakteriyaga yoki perpendikulyar tekislikka joylashishi mumkin. Shuning uchun diplokokk, tetrokokk, stafilokokk v.x.k. Bakteriyalarning ko’payish tezligi bir qancha sharoitga bog’lik bo’lib, (temperatura, oziq-muhit, namlik, havo) juda turli-tuman bo’lishi mumkin. Agar ularning yashash muhitida hamma sharoit mavjud bo’lsa bakteriya har 20-30 minutda ko’payadi. Bunday tezlik bilan ularning ko’payishiga sabab ular juda ham ko’plab qirilib turishadi. Ohirgi vaqtlarda bakteriyalar faqat oddiy yo’l bilan ko’payib qolmasdan ularda ko’payishning bir qancha murakkab prosesslar borligi aniqlandi. Ana shulardan biri oddiy jinsiy yo’l bilan ko’payishdir. Bunday oddiy jinsiy yo’l bilan ko’payishni konyugasiya deb ataladi. Bunda alohida hujayralar yon o’simliklari yordamida yoki bir-biriga bevosita yaqinlashish yo’li bilan birikadi. Konyugasiyadan keyin hujayralarda alohida gonidiyalar hosil bo’ladi, bular ko’payishga hizmat qiladi, yoki oldindan endospermga aylanadi. Ammo to’liq hulosa chiqarish uchun hali dalillar kam.
Konyugasiyaning jinsiy analizini 1947 yilda Lederberg va Toshum aniqlaganlar. Bular bu hodisani elektron mikraskopda kuzatganlar. Bu qushiladigan xo’jayralarni bir-biridan farq qilishini ham kuzatganlar. Shuning uchun ham uzunchoq F+S ovalsimon hjayralar F-q deb belgilaydi.
Bakteriyalarning rivojlanishi. Bakteriyalarning rivojlanishida ko’pincha rivojlanish sikli degan umumiy tushuncha asosida bir qancha stadiyalarni kuzatish mumkin. Bu siklni ko’p marta takrorlagandan keyin xo’jayralar ichida sporalar hosil bo’la boshlaydi. Bu ho’jayralar ichida sporalar hosil bo’la boshlaydi. Bu hujayralarning po’sti shilimshiqlanib yo’qolib ketadi va erkin spora qoladi. Qulay sharoit mavjud bo’lishi bilan spora unib undan vegetativ tana o’sib chiqadi. Mikrobakteriyalarning rivojlanish sikli bir muncha murakkab, tinim davriga kirgan xo’jayra stadiyasida ular oval shaklida bo’lib, bakteriya stadiyasini egallaydi. Ular qulay sharoitga tushib qolsa, sekin asta chuziladi va juda tez bo’linib ko’plab tayoqchasimon xo’jayralar hosil qiladi. Unda shilimshiq hosil bo’lishi sababli turli rangli (qizil, sariq, jigarrang) o’ziga xos tuzilmalar paydo bo’ladi. Bular shilimshiq zamburug’larning meva tanasiga o’xshaganligi uchun meva tanachalar deb ataladi. Shilimshiq meva tanalar hosil bo’layotgan vaqtda tayoqchalar qaytadan tinim davriga kirib bo’linishdan to’xtaydi. Hujayralari asta-sekin qisqaradi va qalin po’st bilan qoplanib, bakteriya sporasiga o’xshab qoladi. So’ngra shilimshiq qurib qolib meva tanalar to’kilib ketadi va havoga tarqaladi. Mikrobakteriyalarning rivojlanish sikli 7-10 kundan 3-5 hafta davom etadi. Ozuqali muhitda bakteriyalarning o’sishi. Agar bakteriyalar tayyorlangan ozuqali muhitga ekilsa, ular birdaniga ko’paymaydi, o’z boshidan rivojlanish fazasini kechiradi.
1.Lag faza, bu faza davrida bakteriyalar oziq muhitga moslashadi rN miqdori yoki uning muhitda organizm uchun qulay bo’lmay, ya’ni energiya yetmasligi, temperatura noqulay bo’lishi, ho’jayra bo’linishga tayyor bo’lmasligidan lag-faza cho’zilib ketadi. Lag-faza davrida xo’jayrada nuklein kislotalar miqdori ko’payadi, bu esa oqsillar sintezlanishiga olib keladi. Hujayralar suvga to’yinadi, fermentlarning aktivligi ortadi. Buni I.L.Rabotnova va boshqalar aniqlaganlar.
2.Eksponensial faza , bu fazada hali moddalar almashinuvida zaharli moddalar hosil bo’lmagan bo’lib bakteriyalar tezlik bilan ko’payadi.
3.O’sishni sekinlashtiruvchi faza, bu fazada endi oziq moddalar kamayadi va moddalar almashinuvi natijasida zaharli moddalar to’planadi, bu esa xujayralarning ko’payishiga to’sqinlik qila boshlaydi va hatto hujayralar nobud bo’ladi.
4. Stasionar faza,.bu fazada hosil bo’ladigan xo’jayralar bilan nobud bo’ladigan xo’jayralarning soni tenglashadi.
5.Xujayralarning nobud bo’lish fazasi, bu fazada fermentlar nobud bo’lgan xo’jayralarni eritib yuboradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin