Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə7/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

SAVOLLAR:


1. Bakteriyalar qanday yo’l bilan ko’payadi?
2. Bakteriyalarning ko’payishiga ta’sir etuvchi omillar qanday ta’sir ko’rsatadi?
3.Bakteriyalarning rivojlanishi qanday fazalarga bo’linadi?
4. O’sishning egrilik chizig’ining mohiyati nimalardan iborat?


7 - MA’RUZA
MAVZU: MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKASIYASI. 1-BO’LIMNING ASOSIY VAKILLARI VA XARAKTERLI XUSUSIYATLARI

REJA:


1. Mikroorganizmlar sistematikasining asosiy prinsiplari


2. Prokariotlar dunyosiga Bergi sistematikasi asosida umumiy xarakteristika berish
3. Wracilicutas bo’limiga umumiy xarakteristika
4. Scotobactrialarning xarakterli belgilarini bayon qilish.


TAYANCH IBORALAR: fiziologik, morfologik, ekologik kulturasi, Krasilnikov N.A., Leman, Neyman, Bergi, Sporaxema, aerob spiralsimon, grammanfiy, vergulsimon. azotobakter, tuganak bakteriyalar, shilimshiq bakteriyalar, ipsimon bakteriyalar, xlimidobakteriyalar, kurtaklanuvchi, rikketsiyalar, klamidiyalar.

Mikroorganizmlar yerdagi eng dastlabki tirik organizmlar bo’lib hisoblanadi. Bular yerda asosan bundan 3 milliard yil oldin paydo bo’lgan. Mikroorganizmlarning kelib chiqishi va evolyusiyasi bu ancha murakkab tomondan biri hisoblanadi. Bu soxada ayrim ma’lumotlarga ko’ra mikroorganizmlar yerda birinchi paydo bo’lgan organizm hisoblansa, boshqalari esa mikroorganizmlar bu xujayrasiz, ya’ni arxebiontlar, fotobiontlar va protobiontlardan paydo bo’lgan deb tadqik qilinadi. Birinchi mikroorganizmlarni sistemaga solish bilan shug’ullangan davr bu morfologik davr bo’lib XVII-XVIII asrga to’g’ri keladi. Bunda faqat bir tomonlama solishtirib taqqoslab sistemaga sola boshlaganlar. Bunda mikroorganizmlar evolyusion nuqtai nazardan tekshirilmasdan ularning tashqi muhit faktorlarida o’zgarishini hisobga olmaganlar.


XVIII asrlarda shved naturalisti Karl Linney mikroorganizmlarni ham sistemaga solishga kirishib u umumiy binar nomenklaturasiga binoan qushaloq nom bilan atashni tavsiya etadi. Ya’ni avlod va turning nomini birgalikda qo’shib aytish. Masalan,: sil kasalligini qo’zg’atuvchisi Mycobacterium tuberculosis. Keyinrok esa mikroorganizmlarni faqat morfologik belgilariga qarab emas, balki fiziologik, kultural belgilariga qarab sistemaga solish boshlandi. Shulardan S.N.Vinogradskiy, M.Beyerinkdir. N.A.Krasilnikov mikroorganizmlar gruppasini 4 ta sinfga bo’lib o’rganadi:
Actinoneycctes
Bacterioc
Myxobacterioc
Sporochactoc
Uning fikricha bu sinflarning har biri mazkur organizmlar evolyusion taraqqiyotining alohida etapi hisoblanadi. Boshqa tadqiqotchilar K.Leman, va R.Neymonlar 1896 yili dastlab ilmiy jihatdan asoslangan sistema ishlab chiqib barcha mikroblarni 3 ta oilaga ajratadi.

  1. Coccaccac

  2. Bacteriaceac

  3. Spirillaccac

Bu sistema ko’p vaqtlar mikrobiologiyada tan olinib keyinchalik o’z kuchini yo’qota borib, yangi sistema ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi vaktda barcha mikroorganizmlarni asosan 2 yunalish bilan o’rganiladi.

  1. Birinchi yo’nalishda barcha mikroorganizmlar bor umumiy filogenetik sistema asosida evolyusion nuqtai nazardan qon-qarindoshligini obyektiv hal qilishdan iborat

  2. Ikkinchi yunalish barcha mikroorganizmlarni praktik ahamiyati va moslashish belgilari va umum taksonomik birlikka ega bo’lishi kerak.

Ancha xaqiqatga yaqin sistematika bu amerikalik olimning, ya’ni D.X.Bergining 1923 yilda ishlab chiqqan sistematikasidir. Bu sistematikaning oxirgi nashrlari 1938-1974 yillar chiqib butun dunyo bakteriologlari tomonidan tasdiqlandi. Oxirgi sistematika bu nemis olimi Bergi D.X. (1984) ning tuzgan 9-nashrida to’liq morfologik, fiziologik-biokimyoviy belgilariga qarab barcha mikroorganizmlar xujayra pustining to’qimasiga qarab 4 ta bo’limga o’rganadi. Asosan ularning hujayra qobig’ining tuzilishi hisobga olingan.
Bo’lim Wracilicutos – yupqa po’stlilar
Bo’lim Firmicutes –
Bo’lim Tcnericutes – yumshoq
Bo’lim Mcndosicutes oshibochnыy

  1. bo’lim Wracilicutos bo’limiga grammanfiy prokariotlar kirib yuqorida aytganimizdek bu bo’limning vakillarining xujayra tuzilishi yupqa bo’ladi va grammanfiy, qoq tayoqchasimon va ipsimon formalari bo’lib, bular oddiy bo’linish va kurtaklanib ko’payadi. Bu to’qima aerob, anaerob va fakultativ anaeroblari bo’lib, uning fototrof qiluvchi va fototrof qilmaydigan shakllari bor. Bu bo’lim 3 ta sinfga bo’linadi.

1. Sinf Scotobacteria

  1. sinf Anoxyphotobacteria

  2. sinf Oxyphobacteria

1 – sinf Scotobacteria – 10 ta gruppaga bo’lib o’rganiladi. 1- gruppa spiroxetalar. Bu gruppaga kiruvchi mikroorganizmlar 1 ta tartib va 2 ta oilaga ajratiladi. 1- tartib Spirochactales, 1 – oila Spirochacccoc. 2 – oila Zeptospiraccac.
Spirochactaleslar tartibining vakillari tarqalgan joyi va oziqlanish xususiyatlariga qarab ham guruxlarga bo’linadi. Shuning uchun ham bular orasida erkin yashovchilari bo’lib, ko’lmak, sho’r suv, ayniqsa N 2 S hayot kechiradilar. Ayrim vakillari esa turli xil dengiz hayvonlari, ya’ni mollyuskalarning oshqozon ichaklarida parazitlik qilib yashaydi. Ba’zilari o’rta patogen bo’lib, kishilarda 1. Qaytarlama tifni keltirib chiqaradi – Borrclla recurrcntis.

  1. Sifilis kasalini qo’zg’atuvchisidir – Trcponema pallidum. Sifilisni qo’zg’atuvchi spiroxetani oroxemani 1905 yilda Shaudin va Gofmonlar zaxm yarasidan topishgan.

2 gruppa aerob spiralsimon, grammanfiy vergulsimon bakteriyalar.
Bu gruppaning bitta oilasi bor. Spirillaccoc bularning hammasi egilgan tayoqcha yoki spiralsimon bo’lib, hujayra pusti qattiq bo’lib u o’z shaklini o’zgartirmaydi. Buning harakatlanishi asosan hivchinlar yordamida bo’lib, uning tanasini anaerob va aerob va yarim aerob bo’lib, xemotrof, ya’ni turli xil oziqali muhitga joylashgan. Ba’zi xillari sintetik oziqali muhitda yashab tarkibida uglerod ammoniy va mineral modda ayrimlari murakkab oqsilli-peptonda o’sadi. Bu oilaning quyidagi avlodlari bor. 1. Aguaspirillus, 2. Spirillum, 3. Azopirillum, 4. Campylobactcr, 5. Bdcllovibrio.
Aguaspirillus – azotfiksasiya qiladi
Spirillum – bu avlodning vakillari saprofitlar bo’lib faqat iflos organik moddalarga boy bo’lgan suvlarda va o’simlik, hayvon chirindilarida hayot kechiradi.
3. Azopirillum – avlodiga kiruvchi prokariotlarni birinchi marta 1963 yil G.Shtolp va M. Starr aniqlab uning vakili Bdcllovibrio bacteriovarus – yirtqich bakteriya deb nom beradi. Bu ancha qizio’ish uyg’otib bakteriyalarni xujayrasining ichida parazitlik qilib yashaydi. Bu grammanfiy mayda, egilgan tayoqcha shaklidagi kattaligi 0.25-0.4, 0.8-1.2 mkmdir. Bitta xivchindan iborat. Buning erkin yashovchi va paraziti bor.
gruppa Grammanfiy aerob tayoqchasimon va kokksimon bakteriyalar.bu gruppaga kiruvchi bakteriyalarning 7 ta oilasi bo’lib, shundan 3 ta oila yerning unumdorligini oshirishda muhim rol o’ynadi. 1 oila Pscudomonodaccoc – bularning shakli bir xujayrali, egilgan tayoqchasimon, harakatchan bo’ladi. Tanada hivchinlar bor bo’lib shular yordamida harakatlanadi. Bu oilaning avlodi sifatida Pscudomonob – haqiqiy aerob bo’lib nuqul organik moddalar boy joylarda hayot kechiradi. Ayrim vakillari xemomitotrof bo’lib N va S ning oksidlanishidan shu hisobida ajralib chiqqan energiya hisobida oziqlanadi (faq. aerob).

  1. Pscudomonas deuirificans – nitratlarni tiklab undan N 2 ni ajratib olib havoga chiqarib yuborishdir. Bu bakteriyalar bor joyda KNO3, NaNo3 turlari kamayadi.

  2. Oila Asotobacteraccoc – yirik xujayrali mikroorganizmlar kirib hayotining turli fazalarida, ayniqsa ovqat kulturasi o’zgarganda o’z shaklini o’zgartiradi.

1 – avlod. Azotobacter – sista hosil qiladi va molekulyar azotfiksasiya kila olish hususiyatiga ega bo’ladi. Bular mutloq aeroblar bo’lib, tuproqda, suvda va o’simliklarning tashqi yuzasida hayot kechiradi. Azotobakter 1-aerob mikroorganizmlardan biri bo’lib hisoblanadi va shuning uchun ham molekulyar azotni o’zlashtiradi. Azotobakterni laboratoriya sharoitida o’stirib qurilganda polimorfizmni ko’ramiz, ya’ni uning birinchi hujayrasida yadro molekulalarini yaxshi ko’rib hujayra tayoqchasimon, kok va shar shaklidagilarni ko’rish mumkin. Ayrimlarida xujayra bo’linganda ular bir-biridan ajralmay qo’shilib d-p – zanjir shakliga kiradi. Voyaga yetganlarida tinim davriga kelib usti sista bilan o’raladi, sista yo’g’on bo’lib makrokapsulasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buning eng muxim vakillaridan Azotobacter chcoococcum ni olish mumkin.
3 oila Rhizobiaccac – rizobiase.
Rhizobiaccac – oilasining vakillari ko’pincha psevdomonadalarga o’xshab ketadi, ammo bularga polimorfizm borligi bilan farqlanadi. Hamda o’simliklarni ildizlarida simbioz holda yashab u yerda o’simlik ildizini o’zgartirib turli hil shishlar va ildiz tuganaklarini hosil qiladi. Molekulyar azotni fiksasiya qilib shu yashaydigan o’simligiga to’plab boradi. Tuganak bakteriyalar o’simlik ildiziga asosan ildiz tuklari orqali yetib u yerda shiddat bilan ko’paya boshlaydi. Tuganak bakteriyalar avval hujayra tayoqchasimon tizimga ega bo’lib, kislorod bilan nafas oladi va molekulyar azotni shiddat bilan fiksasiya qila boshlaganda boshqa formaga o’tadi. Tuganak bakteriyalarning eng muhim harakterli xususiyatlaridan biri shuki ularning har birini alohida o’zi yashayotgan, ya’ni azotni fiksasiya qilayotgan o’z dukkakli o’simligi bo’ladi, bular o’rtasida kontakt bo’lib tuganak bakteriya o’simlikka azot yetkazib bersa, bakteriya o’simlikdan uglerodli birikmalar va mineral tuzlarni oladi.
4 oila Entcrobacteriaccac harakatsiz va harakatchan, spora hosil qilmaydi, kislorodli ayrimlari yarim kislorodli nafas oluvchi tayoqchasimon mikroorganizmlar. Ayrim turlari tashqi tomondan kapsula hosil qiladi. Ba’zi turlari yashashi uchun ko’p ozuqali (kultura) muhit talab qilinadi. Energiya asosan nafas olishda yoki bijgishda olinadi. Bu oilaning vakillari asosan tabiatda erkin yashaydigan va patogen turlari mavjud. Saprofitlarning ichida yerda, ko’lmak suvlarda va dengiz suvlarida turli hil hayvonlar va o’simliklarni chirishida qatnashadi. Patogenlari ko’pchilik hayvonlar - qushlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar va odamning ichaklarida hayot kechiradi. Muhim ko’p o’rganilgan turlaridan biri bu Eschichia coli – bu bakteriya doimo hayvon va odamning ichaklaridan topish mumkin. Ko’pincha suvning iflosligi shu bilan o’lchanadi.
5 – oila Vibrionaccac – bular to’g’ri va egilgan tayoqcha shaklidagi bir xivchinli harakat bakteriyalar bo’lib, energiya manbai nafas olish va bijg’ish hizmat qiladi. Bundan keyin ohirgi ma’lumot turli hil kislotalar va gaz shaklidagi SO2 , N 2 ni hosil qiladi. Fakultativ anaeroblar bo’lib ko’lmak va dengiz suvlarida hayot kechiradi. Patogen vakillaridan Vibrio cholerac.
5 – gruppa Grammanfiy anaerob, tayoqchasimon va spiralsimon bakteriyalar. Bu gruppa faqat bitta oila Bacteroidaccac si bo’lib u 3 ta avlodni birlashtiradi. Sem.Bacteroidacca – sporasiz tayoqchasimon nuqul kislorodsiz nafas oluvchi bakteriyalar kirib bular harakatsiz va harakatlanuvchi turlari uchraydi, bu oilaning 3 ta avlodi bor.
1 rod Bacteroidea
2 rod Fusobacterium
3 rod Zcptotrichio
Bu avlodlar bir-biri bilan bijg’ishda hosil bo’lgan ohirgi mahsuloti bilan xarakatlerlanadi.
6 – gruppa Xemolitotrof grammanfiy bakteriyalar. Bu gruppaga kiruvchi bakteriyalar asosan energiyani tuproqdagi neorganik moddalar, ya’ni N, S, Fe, Mp ning oksidlanishi va qaytarilishi natijasida oladi. Bu organik moddalarni oksidlantirish xususiyatiga qarab guruxlarga bo’linadi.
7 – gruppa Shillikli bakteriyalar. Bu gruppa bakteriyalarga 2 ta tartib birlashadi. 1- tartib Myxobacteriales, 2-tartib Cytophagales.
1 – tartib Myxobacteriales – bu meva tana hosil qilish bilan farqlanadi. Bular bir hujayrali bo’lib tashqi shilimshiqli modda bilan o’ralgan. Hujayra asosan o’rtadan to’siq bilan ajralib teng ikkiga bo’linib ko’payadi. Hujayra po’sti elastik bo’lib u tanani egib harakatga keltira oladi. Hamda sirg’ana oladi. Buning rivojlanish stadiyasida meva tana rangsiz aksincha yaxshi rangli bo’ladi. Bularning turli vakillarida ularning o’lchami va shakli har hil bo’ladi. Ana shu tana tinim davriga kiruvchi mikrospora hosil qiladi va mikrosistaga aylanadi. Ana shu mikrospora yoki mikrosista o’sib vegetativ tanaga aylanadi. Bularning xarakterli belgisi aktiv fermentlar ishlab chiqadi, bular mutloq aerob bo’lib, chirindilarda tuproq go’ng va o’simlik qoldiqlarini chiritadi. Xemoorganotrof. Buning yagona bitta avlodi Myxocaccus.
1 – oila Cytophagales bu oilaning 6 ta avlodi bor.
8 - gruppa Xlamidobakteriyalar. Buning tanasida qin yoki o’ram hosil qiladi. Bu gruppa ipsimon bakteriyalar kiradi va tashqi tomondan shilimshiq po’st bilan o’ralgan. Bular suvda erkin harakatlanadi yoki biror substartga o’rnashadi. Tashqi po’sti geteropolisaxarid yoki temir va marganesdan iborat bo’ladi. Hujayra ana shu po’sti ichida 2 ga bulina boshlaydi. Natijada ana shu shilimshiq po’st ichidan hivchinli bir hujayrali tayoqchasimon tana chiqadi. Tanadan chiqqan bir hujayrali tanada xivchinlar chiqarib shu hivchinlari yordamida harakatlanadi. Ayrim vakillarida hivchinlar bo’lmaydi va 1 ta hujayra aktiv harakat hosil qilmaydi.
9 – gruppa Kurtaklanuvchi yoki qoya-tanali bakteriyalar. Bu gruppaning 17 ta avlodi bor. Uning eng muhimlari Hephomicrobium, Pcdomicrobium, Caulobacter, Wallionclla va boshqalar.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin