1. Purpursimon bakteriyalarning muhim vakillari va o’ziga hos hususiyatlari qanday?
2. Kislorodli fotosintez qiluvchi bakteriyalar va ularning ahamiyati nimadan iborat?
3. Yashil bakteriyalar guruhiga kiruvchi turlarini ayting?
4. Sinobakteriyalar va ularning ahamiyati qanday?
9-MA’RUZA MAVZU: MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKASIYASI. 3-4 BO’LIMNING ASOSIY VAKILLARI VA XARAKTERLI XUSUSIYATLARI REJA: 1. Firmicutes bo’limining umumiy xarakteristikasi.
2. Firmibakteriyalar sinfi va uning muhim vakillari
3. Endospora hosil qiluvchi kok va tayoqchasimon bakteriyalar
4. Basillius avlodining saprofit va patogen vakillari
5. Tallobakteriyalar va uning muhim vakillari
TAYANCH IBORALAR: gramm musbat, qattiq po’st, spora, xemoorganotrof, endospora, obligat va fakultativ aerob, klostridiy, sut kislotali, bijg’ish, propionli bijg’ish, aktinomisetlar, substraktga o’rnashgan havoiy miselliy, antibiotik, mikobakteriya, sil tayoqchasi.
Firmicutes gramm musbat koklar, endospora hosil qiluvchi tayoqchasimon bakteriyalar. Bu bo’limning guruhlarining hujayra po’sti gramm musbat bo’lishi bilan harakterlanadi. Bular koklar. Tayoqchasimon va ipsimon bo’ladi. Bular harakatsiz va harakatchan bo’lib, asosan bular bo’linib kupayadi. Ba’zilari spora xosil kiladi. Bu bo’lim fotosintez qilmaydi. Xemotrof bo’lib, asosan anaerob fakultativ, anaerob va aerob nafas oladi. Bu bo’lim o’ziga 2 ta sinfni birlashtiradi.
1 – sinf. Firmibacteria
2 – sinf. Tallobacteria
1 – sinf . Firmibacteria bu sinf o’ziga 3 ta gruppani birlashtiradi.
1-gruppa gramm musbat kokklar, bu gruppa ham o’ziga 3 ta oilani
oila Mictococcacyeaye
oila Steptococcacyeaye
oila Peptococcaccac
1 – oila Mictococcaccac bularning hujayrasi sferik shaklda bo’lib, to’g’ri va noto’g’ri bo’linib paketni hosil qiladi. Bularning sporasi xarakatsiz va haraktchan. Xemoorganotrof. Aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi.
2 - oila Steptococcoccac buning 5 avlodi bor.
Strcptococcus, 2. Jcuconostoc, 3. Pcdiococcus, 4. Acrococcus, 5. Jemella
Bularning hammasi sut kislotali bijg’ish va silos tayyorlashda muhim rol o’ynaydi. Bularning hujayrasi ovalsimon bo’lib, diplokokk, tetrokokk yoki zanjirsimon tuzilishni xosil qilib, faqat anaerob nafas oladi. Sporasiz. Bular uglevodlarning bijg’itib sut kislota, sirka, chumoli kislota va etil spirti hosil qiladi. Asosan bular tuproqda, o’simliklarning yuza qismlarida, sut va sut mahsulotlarida doimo uchraydi. Buning vakili sifatida Streptococcus Lactrs kiradi.
Endospora hosil qiluvchi kokk va tayoqchasimon bakteriyalar. Bu gruppaning bitta oilasi va 3 ta avlodi bor.
1 – oila Bacillacyeaye, avlod Bacillus, Sporolacillus, Clostredium, Desulfomaculum va Shorosarina. Bu avlodlardan asosiylarini ko’rib chiqamiz.
1 – avlod Bacillus - bular tayoqcha shaklidagi 0.3dan 7 mkmgacha bo’lgan ko’pchilik vakillari hivchinli peritrixal, harakatchan, endospora hosil qiladi. Bular obligat va fakultativ aerob. Bularning vakillari o’zidan aktiv fermentlar ishlab chiqarib turli hil uglevodlarni oksidlab parchalaydi. Bu avlodning saprofit va parazitlari bor.
2 – avlodi Clostridium – tayoqchasimon shaklda bo’lib, u o’zining spora hosil qilish va mutloq anaerobligi bilan farqlanadi. Buning energiya manbai moy kislotali bijg’ishdir. Clostridumning muhim vakillaridan saprofit tuproqda yashab molekulyar azotni fiksasiya qiluvchilardandir.
3 – gruppa Sporasiz grammusbat tayoqchasimon bakteriyalar. Bu gruppaning faqat bitta oilasi bor. Oila Zactobacilloccac. Bular to’g’ri yoki egilgan tayoqchasimon birikkan. Spora hosil qilmaydi. Harakatsiz anaerob yoki fakultativ anaerob bo’lib, sut va sut maxsulotlarini bijg’itib sut kislota hosil qiladi. Bular ko’proq o’simliklar tanasida hayvonlarning oshqozon ichaklarida ham uchraydi. Bu oilaning avlodi Zacrobacillus , bo’lib uning 25 ta turi bor. Bular sut kislotasi bakteriyalari deyilib shuning uchun ham turli hil sut maxsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
2 – sinf Tallobacteria
Tallobakteriyalar sinfi o’z ichiga 3 ta gruppani oladi. 1- gruppa Korinsporali bakteriyalar. Bu bakteriyalar 4 ta avlodni birlashtiradi. Corynebactrium, Arthrobacter, Cellulomonas, Kurthia. Bu gruppalar grammusbat harakatsiz tayoqchasimon bo’lib, ular bulavkaga o’xshab ketadi. Ayrimlari kokk shaklida bo’ladi. Buning vakillari aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi, ayrimlari hayvon va odamlarda kasallikni keltirib chiqaradi.
2 – avlod Arteobacter – bu avlodning vakillari sporasiz, harakatsiz. Bularning hujayrasi koklar shaklida bo’lib, u hyech qachon kurtaklamaydi, ayrimlari yirik limonsimon hujayralar hosil qiladi. Asosan gumusli organik moddalarni chirishida ishtirok etadi.
3 – avlod Cellulomonas – tayoqchasimon, haraktchan, grammusbat, aerob nafas oladi. Bular asosan sellyulozani parchalash hususiyatiga ega.
2 – gruppa Propionibacteriaccac – propionbakterlar oilasi bo’lib, uning 2 ta avlodi bor. 1 – avlod Propionobacterium, 2 – avlod Eubacterium
1 – avlod Propionobacterium avlodining vakillari tuzilishi tayoqchasimon, shohlangan, koklar, harakatsiz, sporasiz, anaerob nafas oladi. Bular yordamida bijg’iganda propion kislota sirka kislota va SO2 hosil bo’ladi. Bular o’simlik tanasida odam terisida hayvonlarning ichak oshqozon sistemalarida hayot kechiradi.
2 - avlod Eubacterium sporasiz tayoqchasimon, harakatsiz va harakatchan bo’ladi. Anaerob bo’lib ular yordamida bijg’iganda moy sirka va chumoli kislota hosil bo’ladi, ayrimlari patogen hamdir.
3 – gruppa Aktinomisetlar. 3 – gruppaning tartibi Actinomecctales. Bu gruppa vakillari grammusbat bo’lib shoxlangan tana gif hosil qilib, undan miseley o’sib chiqadi. Ana shu giflar bir hujayrali bo’lib, diametri 0.5 – 2 mkm da bo’ladi. Aktinomisetlarni agarda o’stirilganda 2 xil miselliy hosil bo’ladi. 1). Substratga o’rnashgan va 2) havoi miselliysi. Ana shu havoi miselliyda sporangiy bo’lib, unda sporalar hosil bo’ladi. Qattiq ozuqali kulturada zich koloniya hosil qilib, u turli hil rangda bo’ladi. Ayrimlarida gifa hosil qilmay tarmoqlangan tayoqchali bo’ladi.
Aktinomisetlar quyidagi oilalarni o’z ichiga oladi.
1 – oila Actinomycetaccac
2 – oila Mycobacteriaccac
3 – oila Frankiaccac
4 – oila Nocardiaccac
5 – oila Streptomycctaccac
6 – oila Micromomycctaccac
1 – oila Actinomycetaccac tarmoqlangan gif hosil qiladi. Bulardan fragmentasion tana hosil bo’lib, undan tayoqcha, kok hosil qiladi. Xavoi miseliy va spora hosil qilmaydi. Xarakatsiz, bular faqat saprofit bo’lmay sharoit hamdir, ya’ni turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.
2 – oila Mycobacteriaccac mikrobakteriyalar. Grammusbat harakatsiz tayoqchasimon. Buning tanasi sal egilib kam shoxlanganligi bilan xarakterlanadi. Oddiy bo’linib ko’payadi, spora hosil qilmaydi. Aerob nafas oladi, buning koloniyasi suyuq shilimshiq bo’ladi. Bularning ko’p vakillari tuproqda turli xil chirindilarda uchraydi. Ammo parazit turlari ham mavjud.Masalan: sil kasalligini ko’zg’atuvchi.
3 – oila Frankiaccac bularda xaqiqiy miseliy hosil qiladi. Bular 2-kallali o’simliklarni ildizida tuganak hosil qiladi. O’simlikning tuganagida ko’payib molekulyar azotni fiksasiya qiladi. Tuproqda erkin yashaydigan sporalari ham bor.
4 – oila Nocardiaccac bular aerob aktinomisetlar yaxshi rivojlangan miseliysi bor. Substratga o’rnashgan. Bularda oldingi tayoqchasimon shaklda, koklarga aylanadi. Ayrim nokardiyalarda havoi miseliy hosil bo’lib, uning zanjirsimon sporalar joylashadi. Bularning hammasi organik moddalarni oshiradi. Buning 1 ta avlodi va 31 ta turi bor.
5 – oila Streptomycctaccac bularning ham yaxshi taraqqiy etgan miseliylari bo’lib sporalar hosil qiladi. Ko’pchilik vakillari tuproqda yashab chiritishda ishtirok etadi. Ammo ayrim turlaridan medisinada antibiotiklar olinadi. Buning 4 ta avlodi 450 ta turi bor.
3 – bo’lim Tcncricutrs. Bu bulimga grammanfiy prokariotlar kirib yaxshi mustahkam xujayra po’stga ega emas, shuning uchun ham peptidoglikan sintez qila olmaydi, tashqi tomondan yupqa plazmatik membrana bilan o’ralgan. Bular polimorf organizm bo’lib, asosan kurtaklanib yoki teng bo’linib ko’payadi. Saprofitlik qilib yoki parazitlik qilib hayot kechiradi va turli hil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bularning birdan bir vakili mikoplazmir juda kichik viruslarga yaqin filtr.