Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə89/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

SAVOLLAR:


  1. Bakteriofaglar qanday tuzilishga ega?

  2. Lizogeniya hodisasi nima?

  3. Fagoprofilaktika va fagoterapya

  4. Faglar reproduksiyasi

  5. Fag adsorbsiyasi

8.2. MASALA VA MASHQLAR TO’PLAMI



  1. Biologik qonuniyatlarni o’rganishda mikrobiologiya fanning o’rni?

  2. Mikrobiologiyaning hozirgi zamon yutuqlarini hal qilishdagi muammolarini ko’rsating?

  3. Tabiatda mikroorganizmlarni ahamiyati nimadan iborat?

  4. Inson hayotida mikroorganizmlarning ahamiyatini ko’rsatib o’ting (ijobiy va salbiy)?

  5. Mikrobiologiya fani xalq xo’jaligining qaysi sohalarida qo’llaniladi?

  6. L.Pasterning mikrobiologiya sohasidagi xizmati- mikrobiologiyada fiziologik davrning ochishi?

  7. Tuproq mikrobiologiya sohasida S.N.Vinogradskiy, Beyeringning xizmatlarini ko’rsating?

  8. Bakteriya hujayrasining xarakterli xususiyatlarini ko’rsating?

  9. Prokariot va eukariotlarning hujayrasining ichki tuzilishi va farqlari?

  10. Bakteriya hujayra qobig’ining tarkibidagi peptidoglikanning molekulyar tuzilishining ko’rsating?

  11. Grammmanfiy va grammusbat bakteriyalar hujayra qobig’ining xarakterli xususiyatlari nimadan iborat?

  12. Bakteriyalardagi nukleod eukariotni yadrosidan nima bilan farq qiladi?

  13. Prokariot va eukariot hujayra membranasining struktura va funksiyasini vazifasini taqqoslab ko’rsating?

  14. Bakteriya hujayrasida zapas oziqa moddalar nimadan iborat?

  15. Prokariotlarda qanday aktiv harakatlanish uchraydi?

  16. Bakteriya xivchining kimyoviy tarkibi va tuzilishi nimadan iborat?

  17. Bakteriyalarda xivchinlarning joylashishi, bir xivchinli (monotrix), bir tutam xivchinli (amfitrix), ko’p xivchinli (peritrix) nimadan iborat?

  18. Bateriya hujayrasida fibriya- o’simtasi u hujrayra xivchinidan nima bilan farq qiladi?

  19. Bakteriya qanday ko’payadi. Mitoz bo’linish uchraydimi?

  20. Bakteriyadagi tinim davri nimada iborat, va qanday nomlanadi?

  21. Bakteriya va zamburug’larda spora hosil bo’lishi qanday farqlanadi?

  22. Bakteriyalardagi vegetativ hujayrasi va endsporaning tuzilishi va kimyoviy tarkibini qanday farqi bor?

  23. Bakteriyalarni sporasi tashqi muhit omillariga o’ta chidamliligi nimadan iborat?

  24. Prokariot va eukariot mikroorganizmlarga qaysi guruh mikroorganizmlar kiradi?

  25. Firmicutes bo’lmiga qaysi guruh bakteriyalari kiradi?

  26. Nima uchun aktinomisetlar (nursimon) zamburug’lar deyiladi?

  27. Mikoplazmalarning hayot tarzi va tuzilishi nimadan iborat?

  28. Arxeobakteriyalar guruhi boshqa prokaroitlardan nimasi bilan farq qiladi?

  29. Turli xil sodda hayvonlarning oziqlanish xususiyatlarini ta’riflang?

  30. Mikroskopik suv o’simliklar bo’limiga qaysi o’simliklar kiradi va tabiatda ularni o’rni nimadan iborat?

  31. Qaysi guruhga oid suv o’simliklari tuproqda uchraydi?

  32. Bazidomisetlar va askomisetlar sinfiga kiruvchi zamburug’larning xarakterli xususiyatlari nimadan iborat?

  33. Yuksak o’simliklar hayotida zamburug’larning ahamiyati nimadan iborat? (ijobiy va salbiy).

  34. Achitqi zamburug’i boshqa zamburug’lardan nima bilan farqlanadi?

  35. Sof kultura bu nima? Mikroorganizmlarni sof kulturasini qanday ajratib olinadi?

  36. Koloniya hosil qiluvchi kultura bu nima? Sof kulturadan nima bilan farq qiladi?

  37. Mikrobiologiyada qanday oziqali kulturalar ishlatiladi?

  38. Mikroorganizmlarning o’sishi va rivojlanishi va ularning o’sish fazalari?

  39. Mikroorganizmlar stasionar fazaga o’tishda nima bilan farqlanadi?

  40. Molekulyar kislorodga bo’lgan munosabatiga qarab mikroorganizmlarni guruhlarga bo’linishi?

  41. Obligat anaeroblar aeroblardan nima bilan farqlangadi?

  42. Mikroorgnizmlarda harorat qanday ta’sir ko’rsatadi va haroratga qarab kordinal nuqtasini ko’rsating?

  43. Mikroorganizmlarga past, ya’ni minimum va yuqori harorat maksimum harorat qanday ta’sir ko’rsatadi va bu amaliyotda qayerda qo’llaniladi?

  44. Sterilizasiya bu nima? Sterilizasiya usullarini sanab bering?

  45. Pasterizasiya qanday olib olib boriladi va nima maqsadda qo’llaniladi?

  46. Mikroorganizmlarning haroratga qarab guruhlarga bo’linishi?

  47. Termofill bakteriyalarni issiqlikka va yuqori haroratga chidamliligining sababi nimadan iborat?

  48. Obligat psixrofillar fakultativlardan nima bilan farq qiladi?

  49. Mikroorganizmlarda suvning ahamiyati nimadan iborat? Tuproq mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun tuproqning optimal namligi qancha bo’lishi kerak?

  50. Qaysi mikroorganizmlar osmofillar deb nomlanadi va ular qayerdan oziqlanadi?

  51. Yuqori gidrostatik bosim mikroorganizmlarga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  52. Mikroorganizmlarga radasiya qanday ta’sir ko’rsatadi. Qaysi nurlar halokatga olib keladi?

  53. Qaysi guruh mikroorganizmlar rN muhitiga nisbatan chidamliligi qanday?

  54. Qaysi moddalar mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi?

  55. Bakterniyalarda modifikasion o’zgaruvchanlik nima? Va bakteriyalarda modifikasion o’zgaruvchanlikka misollar keltiring?

  56. Bakteriyalar qaysi vaqtda mutasiyaga uchraydi. Mutasiya xillarini ko’rsating?

  57. Mutagen omillarni sanab ko’rsating?

  58. Bakteriyalarda genetik rekombinasiya qanday kechadi?

  59. Bakteriyalarda transformasiya qanday kechadi va unga misol keltiring?

  60. Konyugasiya hodisasi transformasiyadan qanday farqlanadi va kechadi?

  61. Transduksiya jarayonini xarakterlang?

  62. Spesifik va nospesifik transduksiya nima bilan farqlanadi?

  63. Gen injeneriyasi nima. Unga misollar keltiring?

  64. Bakteriyalarda o’zgaruvchanlik hodisasi xalq xo’jaligida va tibbiyotda nima ahamiyatga ega?

  65. Mikroorganizmlarda seleksiya usullarini ko’rsating?

  66. Mikroorganizmlarning oziqlanishida qaysi kimyoviy elment muhim rol uynaydi?

  67. Mikroelement makroelementdan nima bilan farqlanadi?

  68. Fosfor va oltingugurt qaysi fiziologik jarayonda muhim rol uynaydi?Qaysi guruh mikroorganizmlarda bu elementlar oziq manbai bo’lib hisoblanadi ?

  69. Hujayraga oziq moddaning ekzogen yo’l bilan kirishini ta’riflang. Aktiv va passiv nima bilan farqlanadi?

  70. Uglerod oziqa manbaiga qarab qaysi mikroorganizmlar o’rganiladi va ularga misollar keltiring?

  71. Fototrof organizmlar, xemtotrof, litotrof va organotroflardan qanday farqlanadi?

  72. Qaysi moddalarda karbonat angidrid akseptor bo’lib xizmat qiladi? Kalvin sikli nimadan iborat?

  73. Geterotrof organizmlar karbonat angidrini o’zlashtirishga egami?

  74. Metiltrof bakteriyalarning oziqlanishini xarakterlang?

  75. Obligat parazitlar fakultativlardan nima bilan farq qiladi. Bularga misollar keltiring?

  76. Tarkibida azot bo’lgan qaysi moddalarni mikroorganizmlar oziqa sifatida foydalanadi?

  77. Qaysi bakteriyalar xemolitotroflar hisoblanadi va bu bakteriyalardagi xarakterli xususiyatlari va guruhlarini ko’rsating?

  78. Nitrifikasiya bu nima? Yuksak o’simliklar hayotida ularning ahamiyati nimadan iborat?

  79. Nit rifikasiyaning ikki bosqichini xarakterlang va unda ishtirok etuvchi mikroorganizmlarni ko’rsating?

  80. Denitrifikasiya nima? Uning amaliy ahamiyati nimadan iborat?

  81. Vodorod sulfidning oksidlanish va qaytarilishida molekulyar oltingugurtning tiklanishida qaysi bakteriyalar guruhi ishtirok etadi?

  82. Temir bakteriyalarini xarakterlang? Ularning ximizmini va tabiatdagi ahamiyatini ko’rsating?

  83. Qaysi mikroorganizlar xemolitotroflar hisoblanadi?

  84. Fototrof oziqlanuvchi mikroorganizmlar guruhini ko’rsating?

  85. Yashil va purpursimon bakteriyalarda fotosintez mexanizmini yozing? Sianobakteriyalar va o’simliklarda bo’ladigan fotosintezdan nima bilan farqlanadi?

  86. Galobakteriyalarda energiya almashinuvi nimadan iborat?

  87. Tuproqda erkin yashovchi azotofikstorlar aeroblari va anaeroblarini ko’rsating?

  88. Molekulyar azotni o’zlashtiruvchi azotobakteriyalarning rivojlanishi uchun qaysi muhit qulay hisoblanadi?

  89. Tuganak bakteriyalar haqida to’liq xarakteristika bering?

  90. Tuganak bakteriyalar qaysi yo’l bilan dukkakli o’simliklar ildiziga kiraoladi?

  91. Tuganak bakteriyalar va dukkakli bakteriyalar o’rtasidagi munosabat qaysi munosabat guruhiga kiradi?

  92. Molekulyar azotni o’zlashtirish ximizmini ko’rsating. Bu jarayonni borishida nitragenaza fermentining o’rni nimadan iborat?

  93. Mikroorganizmlarning boshqa organizmlar bilan munosabat guruhini ko’rsatining?

  94. Mikroorganizmlarda antogonizm bu nima va bu amaliyotda qayerda qo’llaniladi?

  95. Qaysi moddalar antibiotiklar guruhiga kiradi?

  96. Antibiotiklarning ta’sir qilish mexanizmi nimadan iborat?

  97. Antibiotiklar guruhini sanab ko’rsating va ular qayerdan olinadi?

  98. Rizosfera nima? Rizosfera mikroorganizmlarning yuksak o’simliklar hayotidagi o’rni?

  99. Bakterial o’g’itlar guruhini ko’rsating? Nima uchun bakterial o’g’itlar ijobiy ta’sir ko’rsatadi?

  100. Parazit mikrooorganizmlar ta’siriva ularning xo’jayin organizmi bilan bo’lgan munosabati?

  101. Qaysi fitopatogen mikroorganizmlar qishloq xo’jalik ekinlariga ziyon yetkazadi?

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin