Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə87/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Faglar reproduksiyasi. Faglarning bakteriya hujayrasi bilan ta’sirlanish ketma-ketligi odam va hayvonlarning viruslariga o’xshash,ammo ma’lum bir o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Fag adsorbsiyasi. Faglar dumining oxirida joylashgan reseptorlari bilan bakteriya hujayra devoridagi reseptorlarga birikadi. Bir qator faglar F yoki R-plazmalarda nazorat qiluvchi jinsiy kiprikchalarga (ingl. Sex pili) adsorbsiya qilinadi. Hujayra devori yo’q bakteriyalar (protoplastlar)ga faglar birika olmaydi.
Faglarning adsorbsiya qilinishi muhitning tarkibi va pH, haroratga, shuningdek ma’lum bir aminokislota yoki boshqa birikmalarning borligiga (masalan, T2 faglari uchun triptofan) bog’liq. Faglarning bakteriya hujayrasiga kirishi ularning nuklein kislotasi dumining o’rtasidagi bo’shlikda amalga oshadi. Bunda bosh va dum oqsillari hujayradan tashqarida qoladi. Bir qator faglar o’z tarkibidagi lizosimlar yordamida bakteriya hujayra devorini teshib, DNK sini kiritadi.
Fag nuklein kislotasining replikasiyasi boshqa viruslar reproduksiyasiga o’xshash, ammo ularda infeksiyaning latent davri qisqa bo’ladi.
Yetuk faglarning bakteriya hujayrasidan chiqishi “portlash” yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda bakteriya lizisga uchraydi. Biroq ma’lum bir DNK tutuvchi ipsimon faglar (fol faglar) bakteriyaning sitoplazmatik membranasi va hujayra orqali sizilib chiqadi. Shu jarayonda kapsidlarga ega bo’ladi. Bu yo’lda bakteriya hujayrasi tirik qoladi.
Lizogeniya. Yuqorida aytib o’tilgan produktov ta’sirlashuvdan farkli o’laroq, faglar bilan bakteriya orasida integrativ ta’sirlashuv ham mavjud. Shu xildagi infeksiya qo’zgatuvchi viruslar “mo’tadil” faglar deb nomlangan. Ularning virulent faglardan farqi shundaki, ular o’z DNK sini bakteriya genomiga biriktiradi va birga replikasiya qiladi, o’z xo’jayini genomiga birikkan fag DNK si “profag” deb ataladi. Profag tutuvchi bakteriyalar “lizogenlilar” deb, bu hodisa esa “lizogeniya” deb nomlangan. Bunday nom berilishining sababi shundaki, bakteriya genomidan ajralgan profag virulentlik tomonga o’tadi va ko’payib bakteriyani lizisga uchratadi. Lizogen bakteriyalarning faqat bir qismida nogahiy (rus. sponta) lizislar uchrab turadi.
DNK ga ta’sir kiluvchi kimyoviy moddalar yoki ultrabinafsha (UB) nurlarining subbakterisid miqdorlari bilan lizogen bakteriyalarga ta’sir qilinsa, ularda faglar produksiyasi ko’payadi. Bunday hodisa “profag induksiyasi” nomini olgan.
Lizogenizasiya fagli yoki lizogenli konversiyaning asosini tashkil qiladi. Bu lizogen bakteriyalar xossalarining o’zgarishi bilan bog’liq. Masalan, toksin ishlab chiqarish morfologiyasi, antigen xossalari va boshqa belgilarni o’zgartirish. Bu hodisa mexanizmi bakteriya hujayrasiga yangi axborotni kiritish bilan bog’liq.
Mo’ta’dil faglar nuqsonli, ya’ni turkum hosil qila olmaydi, bularga transduksiyalovchi faglarni misol qilish mumkin. Ularni gen injeneriyasida vektor sifatida ishlatiladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin