Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


DNK tutuvchi onkogen viruslar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə83/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

DNK tutuvchi onkogen viruslar
Odam uchun patogen bo’lgan DNK tutuvchi viruslarning 5 tasi (Papovaviridae, Adenoviridae, Poxviridae, Heradnoviridae) onkogen xususiyatga zga.
Papovaviruslar. Bu oilaga turli hayvonlar (kuyon, qoramol, it, sichqon) va odamlarda surunkali va latent infeksiyalar, xavfsiz va xavfli o’sma kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslar kiradi.
Virionlar sferik shaklda bo’lib, o’lchami 55 nm. Kapsidi kubsimon tipdagi simmetriyaga ega bo’lib, 72 ta kapsomerdan tashkil topgan. Virion genomi iqki ipli aylana shakldagi DNK dan iborat, molekulyar massasi 3-5 md. Ajratib olingan DNK infeksion va transformasion xususiyatlarga ega. Papoviruslar reproduksiyasi hujayra yadrosida amalga oshadi. Infeksiyaning rivojlanish davrida virionlarning kristallik kiritmalari paydo bo’ladi.
Odamlardagi papilloma viruslari. Bular terida so’gal, siydik-tanosil a’zolari, yuqori nafas yo’llari, me’da-ichak sistemasining shilliq qavatlarida papillomalar hosil qiladi. Papilloma viruslarining 16, 18 va 38 serotiplari kuchli onkogen xususiyatga ega. Ular genomi qazg’oq hujayrali va halqumning so’galli, genitaliydagi o’sma hujayrlarida topilgan.
Polioma viruslar. Bu viruslar ko’pgina sut emizuvchilarda latent holda saqlanadi va o’smani qo’zg’atmaydi. Viruslar tabiiy sharoitda unga moyil hayvonlarda o’sma kasalliginn qo’zg’atmaydi. Ammo yangi tug’ilgan sichqon, olmaxon, kalamush, quyon bolalariga viruslar yuqtirilganda, ularda sarkoma turli a’zolarda epitelial o’smalarni keltirib chiqaradi. Bu xususiyatga nafaqat virionlar, balki ulardan ajratib olingan DNK lar ham ega bo’ladi. O’sma lujayralarida virus topilmaydi, ammo uni yetuk hayvonga o’tkazilsa, o’sma keltirib chiqaradi.
SV-40 virusini birinchi marta makakus rezus turkumiga mansub maymunlar buyragi kulturasidai ajratib olingan, ulardan sholga qarshi tirik vaksina yordamida foydalaniladi. SV-40 virusi yangi tug’ilgan olmaxon, kalamush bolalarida sarkomani qo’zg’atadi. Ammo odamlarga va o’zining tabiiy xo’jayin hujayralariga nisbatan onkogenlik xususiyatiga ega emas. SV-40 virus borligini bilmasdan sholga qarshi tirik vaksnia bilan emlangan bolalar najasidan bir necha hafta davomida bu virus ajralib turadi. SV-40 virusini polioma virusi kabi o’sma hujayralaridan topishga muvaffaq bo’linmagan, ammo bu hujayralarni tajriba hayvonlariga yuborilganda ularda o’sma yuzaga kelgan. Odam organizmidan ikkita virus ajratib olingan bo’lib, ular ko’pgina xususiyatlariga ko’ra SV-40 virusiga o’xshaydi,
Bularning birinchisi BK-virusi bo’lib, buyrak ko’chirib o’tkazilgani sababli immunodepressantlar bilan davolangan bemorning peshobidan ajratib olingan. Ikkinchisi esa JC-virusi bo’lib, rivojlanuvchi, ko’p o’choqli leykosefalopatiya bilan kasallangan odamning miyasidan ajratib olingan, keyinchalik bu viruslar surunkali respirator kasalligi bor bemorlardan ham ajratib olingan. Bu viruslar yangi tug’ilgan olmaxoi bolalarida hamda immunodepressantlar berilgan maymunlarda o’smani qo’zg’atadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin