Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə80/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Onkogen viruslar
XX asrniig boshlarida hayvonlardagi o’sma hujayralaridan filtr (suzgich)dan o’tuvchi antitelolar ajratib olina boshlandi, keyinchalik ular boshqa hayvonlarga yuqtirilganda ularda o’sma rivojlanadi. Masalan: V.Ellerman tovuqlar leykozi, P.Raus, R.Shoun, J.Bittnerlar tovuq sarkomasi, quyon papillomasi va sichqonlariing sut bezi rakini filtlanuvchi mavjudotlar yuzaga keltirishini isbotlashdi.
1950 yili L.A.Zilber xavfli o’sma kasalliqparining vujudga kelish sabablarini tushuntirib beradigan virusologik nazariyani yaratdi. Bu nazariya hozirgi onkovirusologiyaning rivojlanishiga muhim ta’sir ko’rsatdi. Ushbu nazariyaga ko’ra DNK tutuvchi onkoviruslar provirus shaklida hujayra genomiga birikib oladi. Bitta hujayra genomiga bir necha provirus DNK si birikkan bo’lishi mumkin. Ularning ayrimlaridan virusga maxsus i-RNK transkripsiya qilinadi, ular o’z navbatida virus oqsili T-antigenning (lotincha tumor-o’sma) sintezi to’g’risida axborot beradi. Bu antigen hujayraning sitoplazmatik membranasida, ayrim hollarda esa yadrosida topiladi.
1960 yillarda DNK ning molekulyar gibridizasiya qilish usuli bilan haqiqatda virus DNK si transformasiya qilingan hujayraning genomi bilan birikkanligi isbotlandi. Hujayra genomi bilan birikkan virus DNK si provirus deb ataladi. Ammo DNK hujayra genomiga birikish mexanizmi fakat DNK tutuvchi viruslar uchun taalluqchi bo’lib, RNK tutuvchi onkogen viruslarga bu mexanizmni qo’llab bo’lmas edi. RNK tutuvchi onkogen viruslar tarkibida qayta transkripsiya qiluvchi (RNK-DNK polimeraza) fermentning topilishi, RNK tutuvchi viruslar genomi hujayra genomi bilan birikishi mumkinligini isbotladi. Hozir onkogen viruslar, asosan, ikki guruhga bo’linadi:
I. DNK tutuvchi viruslar
a) Papovaviruslar:
Papillomaviruslar
Poliomaviruslar
b) Adenoviruslar
v) Gerpesviruslar
g) Poksviruslar
II. RNK tutuvchi viruslar (retroviruslar):
Onkoviruslariing A tipi
Onkoviruslarning B tipi
Onkoviruslarning S tipi
Onkoviruslarning D tipi
Onkoviruslar, asosan, normal hujayralarni o’sma hujayralariga aylantirib, ayrim hujayr;sharda xavfsnz, ayrimlarida esa xavfli o’sma (rak) vujudga kelishga sabab bo’ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin