Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə77/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Gepatit V virusi (HBV)
Gepatit B virusi gepadnaviruslar (Hepadnaviridae) oilasiga kiradi, bu oilaga hayvonlar, kemiruvchilara va qushlarda kasallik qo’zg’atuvchi yana 3 ta virus ham kiradi. Gepatit virusining zarrachasini 1970 yili D.Deyn bemor najasidan elektron mikroskop yordamida topgan, shu sababli Deyn zarrachasi deb nomlangan.
Morfologiyasi. Virion yoki Deyn zarrachasi sferik shaklda bo’lib, o’lchami 42-45 nm. Virionning mag’zi - nukleokapsid ikosaedr tip simmetriyaga ega, 180 ta kapsomerlardan tashkil topgan. Virion tashqi tomondan lipoproteindan iborat qobiq bilan o’ralgan. Virion tarkibida DNK, oqsil, ferment, lipid va uglevodlar bor.
HBV ning tuzilishi noyob bo’lib, ipli halqasimon DNK molekulasidan iborat, ammo boshqa DNK tutuvchi viruslardan farqli o’laroq, unda bitta ipli qismi ham mavjud. Virus tarkibida DNK-polimeraza va proteinkinaza fermentlari mavjud.
Antigenlari. Gepatit B virusining tashqi qobig’i murakkab tuzilishga ega bo’lib, virus va hujayra oqsilidan tashkil topgan. Virus tarkibida dastlab Avstraliya antigeni deb nomlangan HBs-antigeni va HBs, HBe, HBx antigenlari bor. HBs antigen bog’lanmagan holda qonda topiladi, protektivlik xossaga ega.
HBs-antigenining 3 ta kenja oilasi mavjud: adw, ayw va ayr. Ular yer yuzining turli hududdarida tarqalgan.
Soch (o’zak) antigen nukleoprotein tabiatli bo’lib, HBs-antigeni deb ataladi.
HBe antigeni HBs antigenlari kabi o’zak antigeni hisoblanadi. HBx-antigen hali to’liq o’rganilgan emas. Ammo bu antigen gepatositlarning rak hujayralariga aylanishida ishtirok etadi degan taxminlar ham bor. Bemor orgapizmida, asosan, HBs, HBc va HBe antigenlariga qarshi astitelolar hosil bo’ladi. Gepatit B kasalligida HBs- antigen asosiy marker hisoblanadi, chunki u kasallikning birinchi kunidan to rekonvalessensiya davrining oxirigacha topiladi.
Ko’paytirish. Gepatit B virusi hujayra kulturalarida va tovuq embrionlarida ko’paymaydi. Ular replikasiyasi va virus genomining transkripsiyasi gepatosit hujayralarining yadrosida sodir bo’ladi. Bunda halqasimon DNK molekulasidagi nuqsonli zanjir DNK-polimeraza yordamida tiklanadi, shundan kefin ular ikkala ip ham replikasiyaga uchraydi. Bunda virus DNK sidan RNK molekupasi transkripsiya qilinasi va RNK matrisasida qayta transkripsiya yordamida virus DNK sining sintezi boshlanasi. Bu hodisa zararlangan gepatosit hujayralarining qayta transkriptaza fermentlari yordamida ro’y berasi. Buning molekulyar mexanizmi hozircha to’liq o’rganilmagan.
Virus genomidan bir vaqtning o’zida gepatositlar ribosomalariga HBc va HBs antigenlarni, virusga xos ferment va kapsid oqsillarini sintez qilish to’g’risida axborot beriladi.
Chidamliligi. Gepatit B virusi tashqi muhit omillariga chidamli, 60°C qizdirilganda bir necha soatda, qaynatilganda 15-20 daqiqadan so’ng o’z faolligani yo’qotadi. Qon plazmasiga UB nur ta’sir ettirilganda va -200C da saqlanganda virus yuqish va antigenlik xossalarini saqlab qoladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar (formalin, xloramin, fenol, efir va boshqalar) ta’siriga chidamli.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Gepatit B virusi shimpanze maymunlari orasida keng tarqalgan bo’lib, ulardan 25% da HBs-antigenga qarshi HBs-antitelolar borligi aniqlangan, Gepatit V virusining barcha serotiplari uzoq adaptasiya natijasida shimpanzeda kasallikning sariqsiz yengil shakllarini qo’zg’atadi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Gepatit B ning manbai bemor va virus tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yer sharida 500 mln. dan ortiq virus tashib yuruvchilar bor. Virus, asosan, parenteral yo’l bilai, yaxshi sterillanmagan tibbiyot asboblari (shpris, igna, skalpel tish davolashda ishlatiladigan asboblar va boshqalar) hamda jinsiy aloqa orqali yuqadi. Odam uchun 0,001 ml plazma yoki qon yuqumli mikdor hisoblanadi. Birus odam organizmidagi barcha biologik suyuqliklarda bo’ladi, shuning uchun onadan bolaga yo’ldosh orqali, ko’krak sutidan ham o’tadi. Tibbiyot xodimlari bu infeksiya bo’yicha xavfli guruhga kiradi.
Yashirin davri uzoq, 30 kundan 180 kungacha. Gepatit B virusining organizmga kirish darvozalari qon tomirlar bo’lganligi sababli, virus infeksion jarayonning boshidan qonga tushadi va butun organizmga tarqalib, gepatosit hujayralariga yopishadi. Ammo virus reproduksiyasi gepatosit hujayrasini lizisga olib kelmaydi, ya’ni gepatit B virusi gepatosit hujayrasiga to’g’ridan-to’g’ri sitopatik ta’sir ko’rsatmaydi. Shuning uchun jigardaga asosiy patologak jarayon, virusni gepatosit hujayrasiga kirishidan boshlanmasdan, balki immunositlarni hujayraning tashqi membranasida virus antigenlarini aniqlash vaqtidan boshlanadi. Shunday qilib, gepatit B virusida gepatosit hujayralarining zararlanishi immunopatologik sabablarga asoslangan.
Gepatit B patogenlik shakllarining xilma-xilligi (o’tkir, o’rtacha o’tkir, surunkali, persistensiyalovchi) kasallik qo’zg’atuvchi antigenlarining gepatosit hujayralari bilan o’zaro ta’sirlashishiga, bog’liq. Natijada bir tomondan, produktiv yoki integrativ infeksiya rivojlansa, ikkinchi tomondan immun javob shakli va immunopatologak namoyon bo’lish darajasi ro’y beradi. Masalan, gepatit V kasalligining o’tkir shaklida T-xelperlar faolliga bostiriladi, surunkali shaklida esa T-supressorlar jarayoniga jalb qilinadi. T-supressorlar faolligining doimiy ravishda bostirilishi natijasida autoimmun reaksiyalar rivojlanishiga sharoit tug’iladi, bu reaksiyalar o’zining hujayra antigenlariga va birinchi navbatda jigar lipoproteiniga qaratilgan bo’ladi. T-xelperlari ingibisiyasi tufayli virus antigenlarini aniqlab olish sustlashadi, bu esa oxir-oqibatda antitelo hosil bo’lishini kamaytiradi.
HBV gepatositlar bilan bir qatorda makrofaglarga ham ta’sir ko’rsatib, hatto o’zining DNK genomini makrofag genomiga biriktirishi mumkin. Immun javobning normal rivojlanishida makrofag membranasidagi virus antigenlari gumoral immunitetni faollashtiradi, natijada HBs-, Hbe-, HPc-antitelolar sintez qiladi. HBV lar makrofaglarni zararlaganda, T-xelperlardagi kabi antigenlarni tanishda nuqsonlar vujudga keladi, natijada immuntanqislik holatlari rivojlanib, gepatit B ning nersistensiya qilishiga sabab bo’ladi.
Kasallik og’ir kechadi, jigarning o’tkir distrofiyasi 6-15% hollarda surunkalikka o’tadi, bu jarayon jigarda birlamchi o’sma kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli, bu kasallikda letallik yuqori. Ammo ma’lum bir hollarda kasallik simptomsiz infeksiya ko’rinishda ham kechishi mumkin. Bunda bemorlar qonida HbsA ni uzoq vaqtgacha aniqlasa bo’ladi.
Immuniteti. Bemor sog’ayganidan so’ng nisbatan turg’un immunitet hosil bo’ladi. Gepatit B virusiga qarshi HPc- va HBs-antitelolar 50% bemorlarda topiladi. HBs-antigenga qarshi, asosan, protektiv antitelolar sintez qilinadi.
Laboratoriya tashxisi. Gepatit B tashxisida bemorning qon zardobidagi antigen va antitelolarni RIA, IFA usullaridan foydalanib aniqlanadi. HBs-antigen surunkali va simptomsiz iifeksiyalarda topiladi. Bemorlarda Hbe va HBs antigenlar topilishi katta diagnostik ahamiyatga ega, chunki bular infeksiyaning yashirin davridan to 6-8 oygacha aniqlanishi mumkin.
Gepatit B virusining antigenlari va antitelolarini aniqlash faqat diagnostik emas, balki prognostik ahamiyatga ham ega. Turli antigenlarga qarshi antitelolarning sintez qilish dinamikasi har xil bo’lib, prodromal davrda HBs-antitelolar, so’ngra Hbe-antitelolar, eng keyin HBs-antitelolar paydo bo’ladi. U yoki bu antigenga qarshi paydo bo’lgan antitelolarga qarab kasallik davrini aniklash mumkin. O’tkir gepatit B tashxisini qo’yish uchun bemorning qon zardobida HBs-antigenga qarshi IgM ni topish muhim ahamiyatga ega.
Jigar faoliyatini aniqlash uchun qondagi bilirubin, aldoza, transaminaza va boshqa fermeitlar mikdorini belgilovchi biokimyoviy sinamalar qo’yiladi.
Davosi va profilaktikasi. Bemorlarga yuqori kaloriyali, uglevod va oqsillarga boy ovqatlar beriladi; vitaminlar, glyukosteroid va interferonlar qo’llaniladi. Bunda eng muhimi parhyezga rioya qilish hisoblanadi, O’zbekistonda gepatit kasalligiga erta tashxis qo’yish va uning oldini olishga O’zRFA akademigi T.O.Daminov katta hissa qo’shdi.
Gepatit B ning oldini olish uchun tibbiyot asboblarini sifatli sterilizasiya qilish, bir marta ishlatiladigan shpris va tibbiyot asboblaridan foydalanish lozim. Maxsus profilaktikasi uchun surunkali tashib yuruvchilar plazmasidan tayyorlangan HBs-vaksina ishlatiladi.
Hozir gepatit B ga qarshi gennoinjiner-rekombinat-achitqi vaksinasi olingan. Bu vaksina O’zbekistonda profilaktik emlash kalendariga muvofiq 3 marta. ya’ni chaqaloq tug’ilganidan so’ng 12-24 soat ichida, 2 oyligida va 9 oyligida muskul orasiga yuboriladi. Immunitet 5 yilgacha saqlanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin