Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Gepatit D (Delta infeksiya)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə78/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Gepatit D (Delta infeksiya)
Gepatitning delta-virus ko’zg’atuvchisini 1977 yili M.Rizett o’z kasbdoshlari bilan surunkali gepatit B bilan og’rigan bemorning jigar to’kimasi va gepatositlarining yadrosidan IF usulida ajratib olishga muvaffaq bo’lgan. |Delta-virus va anti D antitelolar immunologik xususiyatlari bilan gepatit V virusining oqsillaridan farq qiladi. Lekin delta-virus gepatit V virusi bilan doimo birga uchraydi. Virus sferik shaklda bo’lib, o’lchami 35-37 nm. U tashqi HBs-antigendan tashkil topgan qobiq bilan o’ralgan. Virus o’zagida RNK molekulasi va ichki oqsnl (D-antigen) bor. Oqsil delta virusning yagona virus maxsus genomi mahsuli hisoblanadi. Genom bir ipli xalqasimon RNK-molekulasidan iborat. Virus gepatosit hujayralarida mustaqil ko’paya olmaydi, shuniig uchun gepatit V virusi "yordamchi" sifatida ishtirok etishi kerak. Delta-virus surunkali gepatit V bilan zararlangan bemorlarning qonidan topiladi. Hozir HDV gepatitning I, II va III tiplari farqlanadi.
Infeksiya manbai delta-virus bilan kasallangan bemor va virus tashib yuruvchilar hisoblanadi. Gepatit D ning epidemiologiyasi gepatit V ga o’xshash qon va jinsiy yo’l orqali yuqadi. Onadan bolaga ham o’tishi mumkin. Odam delta-virusni yuqtirib olganida koinfeksiya yoki superinfeksiya yuzaga keladi. Kasallikning yashirin davri 3-4 hafta, bunda harorat 38-39°C ra ko’tariladi, holsizlik, ko’ngil aynishi, qayt qilish va qorinda og’riq paydo bo’ladi. 2-3 kundan so’ng peshobning rangi to’qlashadi, najas rangsizlanadi, ko’z oqi va badan sarg’ayadi, jigar va taloq kattalashadi. Qonda bilirubin, ALT va AST, protrombin indeks ko’rsatkichlari oshadi. Kasallik og’ir kechib, ko’p hollarda o’lim bilan tugaydi.
Laboratoriya tashxisi. Aralash infeksiyaga tashxis qo’yish uchun qonda gepatit V va gepatit D markerlarini topish zarur (HBs Ag va anti-HBs IgM, anti-HD IgM). Delta-virus antigeni IFA va RIA usullari yordamida aiiqlanadi. Anti-delta IgM ni topish muhim diagnostik ahamiyatga ega. Immunologik tekshirishlar bilan bir qatorda biokimyoviy tekshirishlar ham olib boriladi.
Maxsus profilaktikasida gepatit B ga qarshi emlanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin