Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə76/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Gepatit viruslari
Odamlarda gepatit kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslarning 7 xili A, B, S, E, D, G, F ma’lum.
Gepatit A virusi
Gepatit A virusi (HAV-Hepatitis, F, virus) 1883 yili Picornoviridae oilasiga va enteroviruslar turkumiga kiritilgan 72-tip virusi hisoblanadi.
Yuqumli gepatit qadimiy kasallik bo’lib, Gippokratning asarlarida ham sariq kasalligi deb bayon etilgan. Keyinchalik epidemik gepatit, kataral sariq kasalligi, parenximatoz gepatit deb nomlanib kelindi. 1891 yili S.P.Botkin bu kasallikni chuqur tekshirib, yukumli ekanligini isbotlaganligi tufayli u Botkin kasalligi deb ham yuritiladi. Gepatit A ning qo’zg’atuvchisi uzoq vaqggacha noma’lum bo’lib keldi, keyingi yillarda uning etiologiyasi to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega bo’lindi.
Morfologiyasi. Virus ikosaedr yoki sharsimon shaklda bo’lib, kattaligi 27-32 nm, virioi markazida bir ipli musbat-RNK bor. Kubsimon simmetriyaga ega RNK molekulasi tashqi tomonidan nukleokapsid bilan o’ralgan. Nukleokapsid o’z navbatida 32 ta kapsomerdan tashkil topgan. Virus tarkibida yog’ va uglevodlar bo’lmaydi.
Ko’paytirish. Gepatit A virusi Janubiy Amerikada yashaydigan marmozet va shimpanze maymunlari organizmida ko’payadi. Virus jigar hujayralarida uzoq vaqt saqlanadi. Hozir virusning to’qima kulturasiga moslashgai, kuchsizlantirilgan shtammi olingan, ammo virusni hujayradan ajratib olish juda murakkab jarayon.
Antigenligi. Gepatit A virusida 4 xil oqsil (VPl, VP2, VP3, VP4) borligi aniqlangan. Bitta virusga xos kapsid oqsili bilan bog’liq antigen malum. Virusning ikkita serologik tipi mavjud bo’lib, ular bir-biriga nisbatan kesishma immunitet hosil qilmaydi.
Chidamliligi. Virus boshqa enteroviruslarga nisbatan tashqi muhit ta’siriga chidamli; 60°S qizdirilganda 1-2 soat, 100°C qaynatilganda va UB nurlar ta’sirida tez, dezinfeksiya qiluvchi moddalar ta’sirida esa bir necha daqiqada o’z faolligini yo’qotadi. Virusning yuqish xususiyati - 20°C da bir necha yil davom etadi. Bemor va virus tashib yuruvchilarning najasi va siydigida uzoq saqlanadi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Gepatit A virusi tabiiy sharoitda faqat odamlarda kasallik qo’zg’atadi. Ammo shimpanze, marmozet turkumiga xos maymunlar bu viruslarga moyil. Shuning uchun Afrika davlatlarida ushbu kasallikning tabiiy o’choqlari bor deb taxmin qilinadi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi, Gepatit A virusining manbai bemor, ayniqsa yengil, sariqsiz shakllari o’ta xavfli hisoblanadi. Kasallikning yashirin davri va sariqlik oldi davrida bemorning najasi orqali tashqi muhitga juda ko’p virus ajraladi, shuning uchun bu davr atrofdagilar uchun o’ta xavfli hisoblanadi. Virus sog’lom odamlarga ifloslangan suv, oziq-ovqat, uy ro’zg’or buyumlari, pashshalar orqali fekal-oral yo’l bilan yuqadi.
Gepatit A bilan asosan 4 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi. Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo’lib, ko’pincha yilning kuz va qish fasllarida kuzatiladi.
Virus ingachka ichak shilliq qavatining epitelial hujayralariga yetib borib, ular ichiga kirib ko’paya boshlaydi. Kasallikning yashirin davri 15-30 kun bo’lib, bemorda sariqlik belgilari paydo bo’lgunga qadar davom etadi. Bu davrda virus qonga tushadi va qon bilan butun organizmga tarqalib, jigar hujayralarida ko’payadi va uni zararlaydi. Natijada gepatitning belgilari namoyon bo’ladi. Kasallikning o’tkir xilida harorat ko’tariladi. Prodromal davri 5-7 kun. Bu davrda huddi grippga xos alomatlar: bosh og’rig’i, holsizlik, kataral simptomlar yuzaga keladi. Oradan biroz vaqt o’tgach me’da-ichak kasalligining belgilari namoyon bo’ladi: ishtaha yo’qoladi, ko’ngil ayniydi, bemor qayt qiladi, o’ng qovurg’a osti og’riydi, sekin-asta ko’z va badan sarg’ayadi, jigar sohasida og’irlik va og’riq paydo bo’ladi, jigar kattalashadi. Bu davrda peshob to’qlashadi, najas esa rangsizlanadi. Gepatit A da badan sarg’aymasligi ham mumkin, bu ko’pincha yosh bolalarda uchraydi. Gepatitdan so’ng bemor to’liq tuzalib ketadi.
Immuniteti. Bemor sog’ayganidan so’ng umrining ohirigacha davom etadigan kuchli turg’un immunitet paydo bo’ladi. Qonda hosil bo’lgan IgM antitelolar organizmda 3-4 oygacha saqlanib qoladi, so’ngra IgG sinf antitelolar paydo bo’ladi. Sekretor IgA sinf immunoglobulinlarining ham sintez qilinishi tasdiqlangan.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemordan najas va qon olinib, virus zarrachalari IEM, virus antigeni IFA va RIA usullari yordamida aniqlanadi.
Serologik tashxis virusga qarshi IgM va IgG antitelolar, IFA va RIA reaksiyalarida topiladi. Virus maxsus IgM immunoglobulinlari kasallikning o’tkir davridan darak beradi.
Gepatitlar tashxisida biokimyoviy ko’rsatkichlar aniq va tez tashxis qo’yishda katta yordam beradi. Bunda bemorning zardobidagi bilirubin (asosan, bog’langan turi ko’payadi), fermentlar (aldolaza, aminotransferazalar - AlAT, AsAT va boshqalar), timol sinamasi kabi ko’rsatkichlar oshgani aniqlanadi.
Davosi va profilaktikasi. Maxsus davosi yo’q, simptomatik davolash choralari qo’llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun bemor alohida xonaga yotqiziladi. U bilan muloqotda bo’lgan kishilar nazoratga olinib, xona va idish tovoqlari dezinfeksiya qilinadi. Bemor bilan muloqotda bo’lgan 3 oylikdan 10 yoshgacha bolalarga immunoglobulin yuboriladi. Hozir o’ldirilgan vaksina ishlab chiqilgan, u bilan ikki marta emlash insonni uzoq vaqtgacha himoya qiladi. .

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin