Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə73/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Gamma gerpes viruslar
Bu kenja oilaga ikkita V-limfotrop viruslar, ya’ni Epshteyn-Barr va OITS viruslari kiradi.
Epshteyn-Barr virusi
Epshteyn-Barr virusi gamma-gerpes viruslar oilasi (Gammaherpesvirinae) va Lymphocryptovirus turkumiga kiradi. Bu virus xususiyati gerpesning boshqa viruslari xususiyatlariga o’xshash, lekin antigen tuzilishi bo’yicha farq qiladi.
Antigenlari. 1. Membrana antigeni (MA) - bu antigen zararlangan hujayralar yuzasidan topiladi; 2. Yadro antigeni (EBNA) - hujayra yadrolarida topiladi; 3. Kapsid antigeni. Bu virusning boshqa gerpes viruslaridan farqi shundaki, u shikastlangan hujayra (B-limfositlar)ni eritib (sitoliz) yubormaydi, ularni ko’paytiradi. Virus hujayralarda uzoq vaqt persistent holatida saqlanadi. U mo’ta’dil iqlimli mamlakatlarda yashovchi kishilar orasida yuqumli mononukleoz, tropik davlatlarda Berkitt limfomasi, Xitoyda esa nozofaringeal karsinomani qo’zg’atadi. Odatda yuqumli mononukleoz, asosan, bolalar va o’smirlarda uchraydi. Bemorning harorati ko’tariladi, limfa tugunlari va taloq kattalashadi, qondagi monosit va limfositlar mikdori oshadi. Virus halqumdan ajraladigan suyuqlik va so’lakda bo’ladi, ular, asosan, B-limfositlarda ko’payadi.
Bemor sog’ayganidan so’ng maxsus T-killerlar paydo bo’lib, ular tarkibida virus bo’lgan B-hujayralarni o’ldiradi. Tabiiy killerdan K-limfositlar ham faollashadi va zararlangan hujayralarni yo’kotishda qatnashadi. Xotira T-hujayralari organizmda umrning oxirigacha aylanib yuradi. Qondagi virusni neytrallovchi antitelolar ham uzoq vaqt saqlanadi va B-hujayraga yangi viruslarning kirishiga yo’l qo’ymaydi.
O’sma hujayralarining tarkibida ko’p mikdorda birikkan virus genomi bo’ladi. Yadrolarda esa EBNA antigeni topilasi. Bemor sog’ayganidan so’ng qonida kapsid antigeniga qarshi avval IgM, so’ngra IgG sinfi antitelolari hosil bo’ladi. Keyinroq membrana va yadro antigenlariga karshi antitelolar ishlab chiqariladi. Hosil bo’lgan immunitet odam umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Virus DNK sini o’sma hujayralarida topish uchun molekulyar gibridizasiya va PSR usullaridan foydalaniladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin