Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Suvchechak va o’rab oluvchi temiratki viruslari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə71/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Suvchechak va o’rab oluvchi temiratki viruslari
Suvchechak va o’rab oluvchi temiratki viruslari bitta bo’lishiga qaramay, klinik belgilari va epidemiologiyasi har xil bo’lgan kasalliklarni ko’zg’atadi
Suvchechak virusi, asosan, yosh bolalar terisi va shilliq qavatida papula-vezikulali toshmalar keltirib chiqaradi. O’rab oluvchi temiratki virusi (herpes zoster) katta odamlarda orqa miyaning orqa shoxlari va miya gangliyalarini yallig’lantiradi.
Suvchechak virusini 1911 yili Aragao, o’rab oluvchi temiratki virusini esa 1944 yili Gudpaschur va Andersonlar kashf qilgan. Ammo keyingi tekshirishlar bu kasalliklarning qo’zg’atuvchisi bir virusning ikki xil mutanti ekanligini ko’rsatmoqda.
Morfologiyasi. Boshqa gerpes viruslarining tuzilishiga o’xshash. Virion ikosaedr shaklida bo’lib, kapsidi 162 ta kapsomerlardan tuzilgan, o’lchami 140-200 nm.
Ko’paytirish. Virus odam va maymun embrionlaridan tayyorlangan hujayra kulturalarida ko’payadi, ammo tovuq embrionida ko’paymaydi. Viruslar reproduksiyasi hujayraning yadrosida sodir bo’ladi.
Antigenlari. Suvchechak va o’rab oluvchi temiratki qo’zg’atuvchilari bir virusning ikki xil mutantlari bo’lganligi uchun umumiy va maxsus antigenlarga ega.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Tabiiy sharoitda bu viruslar faqat odamlarda kasallik qo’zg’atadi, ammo hayvonlar virusga chidamli.
Kasallikniig odamlardagi patogenezi va klinikasi. Suvchechak bilan ko’pincha 2-6 yashar bolalar kasallanadi. Kasallik manbai bemor. Kasallik havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Yashirin davri 14-21 kun, virus yuqori nafas yo’lining shilliq qavati epitelial hujayralarida ko’payadi. So’nfa limfa orqali qonga tushib, qon bilan butun organizmga tarqaladi. Jumshadan teri va shilliq qavatning epitelial hujayralariga yetib borib, yuz, qo’l-oyoq, og’iz shilliq qavatlariga vezikulyar toshmalar toshishiga sabab bo’ladi. Suvchechakda ham chinchechakdagiga o’xshash yuqori nafas yo’llarining shilliq kavatiga toshmalar toshadi. Toshma pufakchalari ichidagi suyuqlikda ko’p mikdorda virus yig’iladi. Harorat ko’tarilishi, tana, yuz, qo’l-byoqlar terisiga toshmalar toshishi suvchechak ekanligini tasdiklaydi. Kasallikning beshinchi kunida toshmalar toshishi to’xtaydi. Suvchechak kattalarda og’ir kechadi.
Suvchechak infeksiyasi 20% chaqaloqlarda o’lim bilan tugashi mumkin. Agar ayollarga homiladorlikning birinchi 3 oyligida infeksiya yuqsa, bola nuqson bilan tug’ilishi, kasallikdan so’ng ko’pincha ensefalit va zotiljam kabi asoratlar rivojlanishi mumkin.
O’rab oluvchi temiratki, asosan, kattalarda uchraydi. Buning sababi latent holda bo’lgan qo’zg’atuvchilar faolligi turli stress omillar ta’sirida ortadi. Faollashgan virus nerv tolalari orqali teriga yetib borib, uning hujayralarida ko’paya boshlaydi, natijada suvchechakka o’xshash vezikulalar paydo bo’ladi. Bu kasallikda vezikulyar toshmalar, asosan, qovurg’alar oralig’iga nerv yo’nalishlari bo’ylab toshadi. Kasaplikda zararlangan joy qiziydi, kuchli qichishish va nerv tolalari yo’nalishida og’riq paydo bo’ladi. Ba’zan bemorning isitmasi ko’tarilishi, viruslar ichki a’zolarni zararlashi mumkin. Ko’pincha toshmalar bir-biriga qo’shilib, yaxlit "tasma" shaklini eslatadi. O’rab oluvchi temiratki nomi shundan olingan.
Immuniteti. Suvchechakdan so’ng mustahkam, umrning oxirigacha saqlanadigan immunitet hosil bo’ladi. Bemor qonida virusni neytrallovchi antitelolar va sensibillangan limfositlar paydo bo’ladi, lekin ular infeksiyaning latent holda saqlanib qolishiga to’sqinlik qilmaydi. Virus orqa miyaning orqa tolalaridagi gangliya hujayralarida persistensiya holatida uzoq vaqt saqlanib qoladi va immuntanqislik holatlarida kasallik qaytalanib turishi mumkin.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun teridagi toshmalardan material, burun-halqum suyuqligi, qon olinadi. Bemorga laboratoriya tashxisini ko’yish uchun virusoskopiya, virusologik va serologik usullardan foydalaniladi. Tezkor tashxisda vezikula suyuqliklaridan tayyorlangan surtmalar Romanovskiy-Gimza usulida bo’yaladi, bunda katta, ko’p yadroli hujayralar va yadro ichi kiritmalari topiladi. Maxsus antigenni aniqlash uchun IF, IFA va KBR qo’llaniladi. Virusni immun elektron mikroskopiya usuli bilan ham aniqlash mumkin.
Virus odam embrioni fibroblastlaridan tayyorlangan hujayra kulturalaridan ajratib olinadi. Maymun, quyon va boshqa hayvonlarning buyrak hujayra kulturalaridan ham foydalanish mumkin. Ajratib olingan virus neytrallash reaksiyalari yordamida identifikasiya qilinadi, bunda rekonvalessentlarning ko’p miqdorda antitelolar tutuvchi zardoblari ishlatiladi. Serologik tashhis qo’yish uchun KBR, HP, IFA reaksiyalari qo’llaniladi.
Davosi va profilaktikasi. Toshmalarga brillishst yashipining spirtdagi 1% li yoki kaliy permanganatning 10% li eritmalari suriladi. Bemorni shifoxonaga yotkizish shart emas. Unga interferon va og’riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi. Bemor bilan muloqotda bo’lgan bolalarga maxsus immunoglobulin qilinadi va 3 hafta davomida ularni bog’cha va maktablarga yuborilmaydi. Suvchechakka qarshi immunomodulinlar o’rab oluvchi temiratkining kechishini biroz yengillashtiradi, ammo yuqishidan himoya qilolmaydi. Yosh bolalarni emlash uchui tirik vaksina ishlab chiqarilgan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin