Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Parvoviruslar oilasi (Parvoviridae)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə69/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Parvoviruslar oilasi (Parvoviridae)
Parvoviruslar (lotincha pervus-kichkina) sut emizuvchilar, qushlar va hasharotlarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parvoviruslar oilasi 3 ta turkumii o’z ichiga oladi: 1. Parvovirus turkumi sut emizuvchilar va qushlarda kasallik qo’zg’atadi; 2. Dependovirus turkumiga adenoviruslar bilan birga uchraydigan viruslar yoki adenosatellit deb ataluvchi viruslar kiradi (satellitlar - nuqsonli viruslar); 3. Densovirus turkumiga hasharotlarning densonukleaza viruslari kiradi.
Morfologiyasi. Parvoviruslar mayda virionlar bo’lib, o’lchami 18-26 nm. Virion kapsidi 32 ta kapsomerdan tashkil topgan, kubsimon simmetriya tipida tuzilgan. Virion genomi bir ipli DNK dan iborat, molekulyar massasi 1,5-2,2 md. Virion tarkibida 3 xil oqsil borliga aniklangan.
Chidamliligi. Parvoviruslar fizik-kimyoviy omillar ta’siriga chidamli: 60°c haroratda qizdirilganda 1 soat davomida, detergent va past ph muhit ta’sirida o’z faolligini yo’qotmaydi. Parvoviruslar UB nurlar hamda dezinfeksiya qiluvchi eritmalar ta’siriga chidamsiz.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Oldinga yillarda odam parvoviruslariga faqat adenovirus bilan birikkan viruslar kiradi va uning reproduksiyasi "yordamchi" - adenovirus ishtirokida sodir bo’ladi.
deb hisoblab kelingan. Hozir Parvovirus turkumiga 14 xil viruslar kiradi. Bular nuqsonsiz viruslar bo’lib, alohida-alohida ko’payish xususiyatiga ega. Uy hayvonlari, kemiruvchilar, kuyon va qushlarda ensefalopatiya, enterit va miokardit kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Nuqsonsiz viruslar odamparda qizamiqqa o’xshash toshmalar (eritema), bo’g’imlar og’rig’i, gemolitik anemiya kabi kasalliklarni yuzaga keltiradi.
Densovirus turkumiga 10 xil virus kirib, bular ham nuqsonsiz hisoblanadi, ular alohida-alohida ko’payish xususiyatiga ega. Bu viruslar hasharotlarda uchraydi va oldingi ikki turkumdan virionda 4 ta (VPl, VP2, VP3, VP4) oqsili borligi bilan farq qiladi.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng hosil bo’ladigan immunitet virusni neytrallovchi antitelolarning paydo bo’lishiga bog’liq.
Laboratoriya tashxisi. Virusni aniqlash uchun elektron mikroskopiya va IF usullaridan foydalaniladi. Tekshiriluvchi materialda virusga xos DNK ni topish uchun molekulyar gibridizasiya usuli qo’llaniladi. Qon zardobidagi juft zardoblar olinib antitelolar titri aniqlanadi.
Davosi va profilaktikasi. Maxsus davo va profilaktikasi hozircha ishlab chiqilmagan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin