Gerpes viruslari (Herpesviridae) Gerpes virusi (yunoncha herpes-sudraluvchi, yoyilib ketuvchi) juda keng tarqalgan virus bo’lib, odam, maymun, yy hayvonlari, kemiruvchilar, qushlar, baliqlar va boshqa hayvonlar organizmida kasallik keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Mollyuska va zamburug’larda ham virus topilgan, morfologiyasi bir-biriga o’xshash. Barcha gerpes viruslari uchta katta oilaga kiradi, ular yana 3 ta kenja oilaga bo’linadi:
Alfa-gerpes viruslar oilasi Alphaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 3 ta turkum kiradi: 1. Simplexvirus turkumiga - oddiy gerpes virusi kiradi; 2. Poikilovirus turkumiga - soxta qutirish virusi kiradi; 3. Varicellavirus turkumiga - varisella-zoster virusi kiradi.
Beta-gerpes viruslar oilasi Bethaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 2 ta turkum kiradi: 1. Cytomegalovirus turkumi - odam sitomegalovirusi kiradi; 2. Muromegalovirus turkumi - sichqon sitomegalovirusi kiradi.
Sh. Gamma-gerpes viruslar oilasi Gammaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 3 ta turkum kiradi: 1. Lymphocryptoviras turkum Epshteyn-Barr virusi; 2. Thetacryptolymphovirus turkumi - Mareka kasalligini ko’zg’atuvchi virus; 3. Rhadonovirus turkumi - Saymiri gerpes virusi. Heipesviridae oilasiga 50 dan ortiq virus kiradi. Ulardan ayrimlari xavfli o’smani qo’zgatishi mumkin. Virion nukleoididagi GAS 33-74% ni tashkil etadi.
Alfa gerpes viruslar Alfa-gerpes virusi oilasiga odsiy gerpes virusining 1 va 2 serotiplari hamda suvchechak, o’rab oluvchi temiratki (gerpes-zoster) viruslari kiradi.
Oddiy gerpes virusi Oddiy gerpesning yuqumli ekanligini 1921 yiliU.Gryujer aniqladi. Bu virus odamlarda keng tarqalgan.
Morfologiyasi. Gerpes virusining virioni dumaloq, o’lchami 120-150 nm, murakkab tuzilishga ega. Virus genomi ikki inli DNK dan iborat bo’lib, molekulyar massasi 80-150 mg. Virus genomida 80 ga yaqin genlar mavjud. DNK tashqarisidan kapsid va superkapsid qavatlari bilan qoplangan. Kapsid 162 ta kansomerdan iborat. Superkapsid esa ikkita lipid membranadan tashkil topgan bo’lib, tashqarisida tikansimon o’simtalar glikoproteidlari bor. Virion tarkibida 30 xil oqsil bor. Bundai tashqari, zararlangan hujayrada tuzilmalarga kirmaydigan 20 xil oqsil sintez qilinadi.
Ko’paytirish. Gerpes viruslari tovuq embrionining xorion-allantois qobig’ida ko’paytiriladi. Ular odam embrionining o’pka, buyrak hujayra kulturalarida yaxshi ko’payadi. Hujayralarga patogen ta’sir etib, ularda kiritmalar va simplastlar hosil qiladi. Gerpes viruslari moyil hujayraga reseptorli endositoz yo’li bilan kiradi, bu jarayonda virion o’zining tashqi qobig’ini yo’qotadi. Qobig’idan ajralgan nukleokapsid yadroga boradi, bu yerda virion ikkinchi qobig’i -kapsidini ham yechadi, natijada faqat DNK qoladi va uning transkripsiya hamda replikasiyasi ishtirokida virus DNK ningdranskripsiyasi sodir bo’ladi: DNK ning replikasiyasi esa virusga xos DNK polimeraza fermenti amalga oshadi.
Sintez qilingan tuzuvchi oqsillar yadroga yetkaziladi, u yerda nukleokapsid yig’iladi. Virus nukleokapsid bilan o’ralganidan so’ng, yadro membranasining o’zgargan qismidan kurtaklanish yo’li bilan sitoplazmaga chiqadi. So’ngra virus bo’lakchalari endoplazmatik to’r membranasi bo’ylab Goldji apparatiga boradi va u yerda glikoproteidlarning uglevod zanjirlari shakllanadi, hosil bo’lgan viruslar transport vezikulalar yordamida plazmatik membrananing ustiga chiqariladi. Zararlangan hujayra yadrosida virusga xos kristall holga aylanuvchi kapsidlardan iborat eozinofil kiritmalar paydo bo’ladi.
Antigenlari. Virus bir necha antigenlarga ega, bular ichki oqsillar va glikoproteidlarga bog’liq. Asosiy immunogenlik xususiyatiga ega bo’lgan gB, gC va gD glikoproteidlar tipga xos, ichki nukleokapsid tarkibidagi oqsillar esa guruhga xos antigeplardir. Gerpes viruslari antigen tuzilishiga ko’ra 2 ta (1 va 2-) serotiplarga bo’linadi. gB, gC va gD glikoproteid oqsillar virusni neytrallovchi antitelolarni hosil qiladi. Bundan tashqari, bu oqsillar organizmda hujayraviy immunitetni rivojlantiradi. Virus antigenlari RIF, KBR, NR va presipitasiya reaksiyalari yordamida differensiasiya qilinadi.
Chidamliligi. Virusning rezistentligi yuqori emas. Virus past haroratda, 50% li gliserin eritmasida, ayniqsa quritilgan holda yaxshi saqlanadi. 500C haroratgacha qizdirilganda 30 daqiqada faolligini yo’qotadi. Birus efir, 1% li fenol, 0,5% li formalin eritmalari va boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga chidamsiz.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Gerpes viruslari tabiiy sharoitda hayvonlarda kasallik qo’zg’atmaydi, ammo maymun, quyon, dengiz cho’chqachalari, oq sichqon va boshqa hayvonlarga virus yuqtirilganda, ularda 4-7 kundan so’ng isitma va nobud bo’lishgacha olib boradigan parezlar boshlanadi. Viruslarni miya, qon va ko’z konyunktivalaridan ajratib olish mumkin.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor va virus tashuvchilar hisoblanadi. Virus, asosan, havo-tomchi va jinsiy aloqa yo’li bilan yuqadi. Ba’zan bemorning so’lagi bilan zararlangan buyumlar orqali ham yuqishi mumkin. Stomatitlarda virusning birinchi reproduksiyasi og’iz va tomoqning shilliq qavat epiteliylarida amalga oshadi. Virus limfa orqali qonga tushadi. Bunday patogenez gerpes virusining 1-tipiga xos bo’lib, gingiostomatit va faringit, aftoz stomatit, gerpetik ekzema, keratokonyunktivit va meningoensefalit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Virusning bu tipi 3 boshli nerv gangliyalarida uzoq vaqt persistensiya qiladi.
Gerpes virusining 2-tipi jinsiy aloqa orqali yuqib, genital gerpes va chaqaloqlar gerpesi (chaqaloq tug’ilayotgan vaqtda zararlanadi) kasalliklarini qo’zg’atadi. Bundan tashqari, virusning bu tipi bachadon bo’yni o’smasining rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Ikkala tip virus organizmga shikastlangan teri orqali tushsa, shikastlanish gerpesini keltirib chiqaradi. Kasalliklar ichida eng xavfli shakli jinsiy gerpes va gerpetik keratitlar hisoblanadi.
Immuniteti, Kasallikning 2-3-haftalarida bemor qonida virusni neytrallovchi antitelolar (IgM) va shilliq qavatlarda sekretor IgA, IgG lar ko’p miqdorda hosil bo’ladi. Onadan bolaga passiv immunitet o’tadi, shuning uchun chaqaloq 6 oygacha gerpes bilan deyarli og’rimaydi yoki kasallik simptomsiz kechadi. Kasallikdan so’ng kuchli, turg’un immunitet hosil bo’lmaydi. Natijada virus uzoq vaqt tashib yuriladi va kasallik bot-bot qaytalanib turadi. Qonda antitelolar bilan birga gerpes virusining bo’lishi odamning uzoq vaqt davomida virus tashib yuruvchi bo’lishligidan dalolat beradi. Sog’lom kishilarning 90% da oddiy gerpes virusining 1-serotipiga qarshi antitelolar borligi aniqlangan.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun kasallikning o’tkir shaklida vezikuladan qirma, og’iz bo’shlig’i zararlangan bo’lsa, so’lak olinadi. Tarqalgan shaklida qon, meningit va ensefalitda orqa miya suyuqligi, murdadan esa bosh miya va orqa miya bo’lakchalari olinadi. Tez (ekspress) tashhis qo’yish uchun jarohatlangan teri, shilliq qavat va boshqa materiallardan surtma tayyorlanib, Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo’yaladi va odsiy mikroskop ostida ko’riladi. Agar natija musbat bo’lsa, ichida kiritmalar bo’lgan yiriq ko’p yadroli hujayralar ko’rinadi (Kaudri kiritmalari). Bu hujayralardagi virus antigenlari maxsus zardoblar bilan IF va IFA usullar yordamida aniqlanadi.
Virusni to’qima kulturalariga, odam embrionidan tayyorlangan hujayra kulturasiga, tovuq embrionining xorion-allantois pardasiga yuqtirib ajratib olinadi. Agar virusni oq sichqonning miyasiga yuborilsa, ensefalit, quyonning ko’z muguz pardasiga yuqtirilsa, keratit paydo bo’ladi. Emadigan sichqon bolalarining qorin pardasiga yuborilganda falajlik rivojlanib, o’lim ro’y beradi.
Virusni identifikasiya qilish va serologik tashxis qo’yish uchun HP, KBR, IF va IFA usullari qo’llaniladi. Virus DNK sini aniqiash uchun PZR usulidan foydalaniladi.
Davosi va profilaktikasi. Interferondan (paxtaga tomizib gerpes bo’lgan joyga qo’yish yoki malham shaklida parenteral yo’l bilan yuborish) foydalanish yaxshi natija beradi. Gerpes yuzda bo’lsa, zaviraks malhami yoki xlorgeksidin suriladi. Gerpes keratitining resedivini davolash va oddini olish uchun kon’yunktiviga interferonogen (megasin) yuboriladi. Ko’z, teri va ayollar jinsiy a’zolaridagi gerpeslarni keresid, triftermetildezoksiuridin, alpizorinlar bilan davolanadi. Gerpes ensefalitlarida "vidarabin" (adenokarabinozid) qo’llaniladi. Asiklover gerpes virusiga ta’sir qilish xususiyatiga ega bo’lib, faqat virus DNK sining replikasiyasini to’xtatadi.
Gerpes qaytalanishining oldini olish uchun virusning I va II serotiplarini formalinda o’ldirib tayyorlangan vaksina bilai 5-6 marta emlanadi.