Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


RNK tutuvchi onkogen viruslar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə81/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

RNK tutuvchi onkogen viruslar
Onkoviruslar tarkibida qayta transkriptaza bo’lganligi uchun, ular retroviruslar oilasi, Oncovirinae kenja onlasiga kiradi. Onkoviruslar kenja oilasiga, asosan, B, S, D tip viruslar kirasi. Ayrim olimlar yana to’rtinchi A tipidagi viruslarni ham kiritadilar. Bunga nuqsonli noinfeksion viruslar kiradi. Onkoviruslarning barchasi retroviruslar oilasiga xos xususiyatlarga ega.
Morfologiyasi. Viruslar sferik shaklda bo’lib, o’lchami 80-100 nm, lipoproteinli tashqi qobiq bilan o’ralgan.Virion ichida spiral shaklida nukleoproteid joylashgan. Genomi bir ipli musbat RNK dan tashkil topgan. Bu viruslar genomi 4 ta gendan iborat.
Ko’paytirish (replikasiyasi). Onkoviruslar birlamchi hamda undiriluvchi hujayra kulturalarida ko’paytiriladi. Onkoviruslar o’smaga moyil hayvonlar organizmida ham ko’payadi.
Onkoviruslar faqat bo’linayotgan hujayralarda ko’payadi. Tinch yotgan hujayralarda esa, provirus DNK sintez qilinmaydi, shu sababli virus genomi hujayra xromosomasi bilan birika olmaydi.
Reproduksiya jarayoni bir necha bosqichda kechadi: adsorbsiya, hujayraga kirish, deproteinizasiya va virionlarning hosil bo’lishi. Zararlangan hujayralar o’lmaydi, transformasiyaga uchraydi, natijada ular o’sma hujayralariga aylanadi.
Antigenlari. Onkoviruslar guruh va tipga xos antigenga ega. Guruh antigeni nukleokapsidning polipeptidlari bilan bog’liq. Bu antigen B, S va D tiplar uchun umumiy hisoblanadi. Tipga xos antigenlar tashqi qobiqning glikoproteinlari bilan bog’liq bo’lib, onkovirusning B, S va D tiplarida uchraydi.
Virus onkogenezining mexanizmi. RNK tutuvchi onkogen viruslar genomiiing hujayra genomi bilan birikishi murakkab jarayon bo’lib, bunda maxsus ferment virusning qayta transkriptazasida qatnashadi. Transkriptaza yordamida virus RNK si matrisasida unga komplementar bo’lgan DNK sintez qilinadi. Bu DNK hujayra DNK si bilan birikadi.
Hujayra genomi bilan birikkan virus genomi tarkibida "onkogen" deb ataluvchi genlar mavjud. Ular "transpozonlar" ham deb ataladi. Bu o’z navbatida hujayraning normal bo’linishini buzadi, natijada hujayra nazoratsiz bo’lina boshlaydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin