SAVOLLAR:
1. Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?
2. Mikroorganizmlar oziqlanishi xususiyatiga ko’ra qaysi guruhlarga bo’linadi?
3. Avtotrof oziqlanuvchi mikroorganizmlar va ularning guruhlari?
4. Geterotrof oziqlanuvchi mikroblar guruhi?
11-MA’RUZA
MAVZU: MIKROORGANIZMLAR TOMONIDAN AZOT VA BOSHQA MINERAL MODDALARNING O’ZLASHTIRILISHI
REJA:
Tabiatda azot aylanishi va uning ahamiyati
Ammonifikasiya, aerob va anaerob ammonifikasiya
Nitrifikasiya, nitrifikasiya sharoitida ishtirok etuvchi mikroorganizmlar
Denitrifikasiya
Azotofiksasiya, tuganak bakteriyalar, tuproqda erkin yashovchi azotofiksatorlar, sianobakterlar
Tabiatda fosfor aylanishi va uning ahamiyati.
Fosforli organik birikmalarning parchalanishi
Fosforli anorganik birikmalarning parchalanishi
Oltingugurtning tabiatda aylanishi
Oltingugurtni mikroblar tomonidan o’zlashtirilishi.
TAYANCH IBORALAR: ammonifikasyai, aerob va anaerob ammonifikatorlar, denitrifikasiya, L.Paster, xitin, nuklein kislota, T.Shlezing va Myuns, tuganak bakteriyalar, tuproqda erkin yashovchi bakteriyalar, kalsiy fosfat, aminlar, DNK, RNK, nukleotid fitin, nitrifikasiya, Lebedyansev, Sobolev, sistin, oksillar, sulfat, xemosintez, vodorod sulfid, temir bakteriyalari, temir, marganes.
Tarkibida azot bo’lgan organik moddalar ammonifikasiyasi.
Yer yuzida hayotni saqlash uchun azot almashinishi muhim ahamiyatga ega. Tabiatda azot zapaslari juda ko’p. Har yili o’simliklar 1.5 milliard tonnagacha azotni sintezlaydi va o’simlik shuncha azotni talab etadi. Ana shu miqdordagi azot butun yer yuzining 30 smli tuproq qamlamida joylashgan umum element zonasini 3-5 % ni tashkil etadi. Ammo turli tuproqlarda azotning mikdori har xil, ayniqsa gumusga boy qora tuproqli yerlarda azotning miqdori ko’p.
Bundan tashqari atmosferadagi azot zapaslari yana ham kattadir. Xar gektar tuproq ustunida 80 ming tonnaga yakin molekulyar azot bor.
Umuman azot eng asosiy elementlardan biri bo’lib qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Ana shu atmosferadagi molekulyar azotni hyech bir o’simlik to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtira olmaydi.
Aerob ammonifikatorlar. Bular tabiatda keng tarqalgan bo’lib,o’simlik va hayvon tuproq va suv xavzalarida parchalanib turadi. Bularning eng muhim vakillaridan spora hosil qiluvchi ovalsimon bakteriyalardir. Oqsillar parchalanganda suv, karbonat angdrid, ammiak, vodorod sulfid ajralib chiqadi, buning parchalanishi asosan mikroorganizmlar ajratib chiqargan ferment proteaza ishtirokida parchalanadi.
Anaerob parchalanish. Oksillarning anaerob parchalanishida ammiak, aminlar, CO2 , organik kislotalar, merkaptanlar, indol va smon kulana hidli N2S hosil bo’ladi. Anaerob ammonifikatorlarga spora hosil qiluvchi tayoqchasimon bakteriyalar kiradi.
Fakultativ ammonifikatorlar. Bularga aerob va anaerob sharoitda yashaydigan bakteriyalar kiradi. Bular xilma-xil ozik moddalarda yashab ularni parchalaydi. Tuproqda organik moddalarning parchalanishiga iqlim sharoiti, tuproq namunasi va qullanilgan agrotexnika usullariga bog’liq bo’lib, shuning uchun turli tezlikda boradi.
Dostları ilə paylaş: |