SAVOLLAR:
Firumcutes bo’limining xarakterli belgilari nimalardan iborat?
Firmibakteriyalarning muhim vakillari qaysi?
Endosperma hosil qiluvchi bakteriyalarning patogen vakillari qaysi?
Aktinomisetlarning xarakatli belgilari va patogen vakillari qaysi?
10-MA’RUZA
MAVZU: MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI. MIKROORGNIZMLARNING OZIQ MODDAGA
BO’LGAN MUNOSABATI
REJA:
1. Hujayraning kimyoviy tarkibi
2. Mikroorganizmlarning oziqlanishi
3. Uglerod manbalari
4. Avtotrof oziqlanish
5. Geterotrof oziqlanish
TAYANCH IBORALAR: metobolizm, anabolizm, katobolizm, assimilyasiya, dissimilyasiya, fototrof, avtotrof, geterotrof, saprofit, parazitizm.
Mikroorganizmlarning oziqlanishi. Tirik organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri moddalarning almashinishidir. Bu ikki jarayonni o’z ichiga oladi: birinchisi mikrob hujayrasidagi asosiy qismlarni sintez qilish uchun tashqi muhitdan kerakli oziq moddalarning mikrob hujayrasiga kiritadi. Ikkinchisi esa mikrobning hayot faoliyatida paydo bo’lgan moddalarning tashqi muhitga chiqishi, ya’ni almashinuv jarayoni. Almashinuv (metobolizm) ikkiga assimilyasiya – (anabolizm) va dissimilyasiya - (katabolizm) ga bo’linadi. Bu ikki jarayon bir-biri bilan tirik hujayrada doim chambarchas bog’lik va ajralmasdir. Mikroorganizmlarda oziq hazm qiladigan maxsus organ yo’q. Oziqni ular butun tanasi bilan ikki tomonlama osmotik hodisalar hisobiga iste’mol qiladi. Natijada ma’lum oziq moddalarning to’xtovsiz ravishda xujayrasi o’tishi va moddalar almashinuvi mahsulotning xujayralardan chiqib ketishiga sabab bo’ladi. Mikroblarning xujayrasi bir sutkada vazniga ko’ra 20-30 marta ko’p oziqlanadi. Oziq moddalar mikrob xujayrasiga diffuziya yo’li bilan o’tadi. Shuning uchun moddalar suvda erigan holda bo’lishi kerak. Buning uchun mikroblar o’zlarining hujayralari bilan murakkab oziq moddalarni kimyoviy usulda oddiy moddaga aylantiradi, natijada oziq-moddalar mikrob xujayrasiga diffuziya qila boshlaydi, ammo mikrob xujayrasiga moddalarning o’tishi bu oddiy mexanik harakatlanib o’tishi emas, bu murakkab fizika-ximiyaviy jarayondir. Bu jarayonda moddalar konsentrasiyasi, xujayra kobigining o’tkazish xususiyati, moddalar, izoelektrik nuqtasi va boshqalarning ahamiyati katta. Bunda anabolizm va katabolizm bir vaqtda o’tadi, chunki bitta modda assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlarida birdaniga ishtirok etishi mumkin. Mikrob xujayrasiga o’tgan oziq moddalar unda qaytadan sintez qilinib, murakkab moddalarga aylanadi, so’ng mikroblarning protoplazmasiga singadi. Qabul qilingan ozuqali moddalar kolloid holatga aylanadi va undan sirtga diffuzlanib chiqa olmaydi. Shu tariqa hujayrada to’plangan oziqali moddalardan mikrob o’z tanasini tashkil etadi va shu moddalar hisobiga ko’paya boshlaydi. Bakteriyalarning normal oziqlanishi uchun hujayra ichidagi va atrof-muhitdagi tuzlarning konsentrasiyasi to’g’ri nisbatda bo’lishi katta ahamiyatga egadir. Atrof-muhitdagi tuzlarning olmashinish konsentrasiyasi 0.5 % li NaSl eritmasidir. Mikroorganizmlar uglerod o’zlashtirishiga va energiyaning manbasiga ko’ra 4 ta guruhga bo’linadi.
fototroflar (avtotroflar)– bu turli bakteriyalar uchun energiya manbai sifatidadagi yorug’lik
Xemotroflar – bu turli bakteriyalarga energiya manbai sifatidagi kimyoviy moddalar
Avtotroflar – uglerodni bevosita karbonat angdriddan o’zlashtira oladilar. Avtotroflarning ba’zilari polietilen, fenol va boshqa anorganik moddalarni ham o’zlashtirishi mumkin.
Geterotroflar – faqat tayyor organik birikmalardan uglerod manbalari sifatida foydalanadi. Hozirgi yangi klassifikasiyaga binoan autotroflar litotroflar deb nom olgan. Grekcha «litostom» va «trofos» oziqlanish ma’nosini bildiradi.
Bu turli bakteriyalar energiyasini noorganik moddalarning oksidlanish reaksiyasi orqali oladi. Tabiatda moddalarning almashinishiga talab katta.
Geterotrof ham esa bo’linadi.
saprofitlar
parazitlar
Saprofitlar – lotincha bo’lib, ulgan substratda yashaydigan degan ma’noni bildiradi. Tayyor organik birikmalardan foydalanadi va yer yuzidagi mikroorganizmlarning ko’pini tashkil qiladi.
Mikroorganizmlarning nafas olishi. Ma’lumki atmosfera tarkibida taxminan 21 % kislorod bor. U muhim rol uynaydi. Bakteriyalarning nafas olishi bu murakkab jarayon bo’lib, mikroorganizmlarga turli organik birikmalarni sintezlash uchun kerakli energiya shu tufayli hosil bo’ladi.
Mikroorganizmlar xujayrasining rivojlanishi va o’sishi uchun zarur bo’lgan oziqlanish jarayoni bilan birga bakteriyalar arganizmda moddalar almashinuvining nafas olish jarayoni ham sodir bo’lib turadi. Natijada bakteriya ham sodir bo’lib turadi. Natijada bakteriya xujayrasi o’ziga kerakli energiyani oladi. Mikroorganizmlarning ko’pchilik qismi quyosh energiyasidan foydalanmaydi va energiyani issiqlik ajralib chiqadigan kimyoviy reaksiyalar natijasida oladi. Bu ajratilgan energiya bo’lib xujayrasini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Shu energiya yordamida bakteriya hujayrasida murakkab organik birikmalar sintezlanadi. Mikroblar energiyani ko’pincha azotsiz moddalardan oladi. Ko’pchilik mikroorganizmlar nafas olish uchun havodagi erkin kisloroddan foydalanadi, ular kislorodni yutadi va SO2 ajratadi. Bu maxsus fermentlar ishtirokida yuz beradi. Ammo ba’zi bir mikroblar kislorodsiz muhitda ham yashashlari mumkin. Bu jarayonni L.Paster isbotlagan. Mikroorganizmlar kislorodga bo’lgan munosabatiga qarab 2 guruhga bo’linib o’rganiladi.
aeroblar – (aer-havo) – havodagi erkin kislorod bilan nafas oluvchi mikroorganizmlar
anaeroblar (an-yo’q) havodagi erkin kisloroddan nafas olmaydigan mikroorganizmlar. Ammo ular orasida keskin chegara yo’q.
Obligat aeroblar – qat’iy aeroblar bo’lib, zich yoki suyuq oziq muhitlarning yuzida yashaydi. Masalan: brusellez, sil mikroblari
Mikroaerofillar – kislorodga kamroq muhtoj kislorodning oziqa konsentrasiyasi bu gruppa mikroblarni o’ldirmasada, ularning o’sishini, rivojlanishini susaytiradi.
Obligat (qat’iy) anaeroblar molekulyar kislorodsiz sharoitda rivojlanadi va molekulyar kislorodning zaharli rivojlanishini to’xtatuvchi faktor bo’ladi.
Bak.anaeroblar molekulyar kislorodning bor yo’qligiga qaramay yashaydi va rivojlanadi (ko’pchilik patogen va saprofit mikroorganizmlar).
Aerob bakteriyalar nafas olish jarayonida turli organik moddalarni (uglevodlar, yog’, oqsil, organik kislotalar, spirtlar)ni oksidlaydi. To’la oksidlanishda energiya ajralib chiqadi. Aerob nafas olish jarayonining tezligi kulturaning yoshiga muhitning haroratiga va oziq muhitlariga bog’liq. Aktiv rivojlanib turgan mikroblarning kulturasi bir soatning ichida 1 mg bakteriyaning quruq moddalari hisobiga 2500-5000 mm kub kislorod yutadi. Oziq kam ta’minlansa kislorod ham kam sarflanadi. Yosh mikroblar kulturalari o’zining hayot faolitiyaga kerakli bo’lgan issiqlikni ko’proq hosil qiladi. Ortiqcha hosil bo’lgan energiyaning bir qismi ATFning mikroergik aloqalaridan akkumyalyasiya bo’lib to’planadi. Ma’lum miqdorda esa tashqi muhitga chiqariladi. Masalan: ichak tayoqchasi umumiy hosil qilgan issiqlikni assimilyasiya jarayonida faqat 31 % ni sarflaydi. Grotsus vulgaris bakteriyalar esa 20 % va qorin tifini qo’zg’atuvchi salmonella umumiy energiyadan faqat 12 % ni o’ziga ishlatib, qolgan qismini atrof-muhitga chiqaradi. Shuning uchun go’ng va chirindilarga ortiqcha issiqlik mikroblarning ko’payishiga sarf bo’ladi. Bu bakteriyalar komposit qilishda qo’llaniladi. Har bir organizmga xos xususiyat nafas olish tipi mavjud bo’lib, bu jarayonda fermentlar ta’siri bor. Ana shulardan biri degidrogenazadir. Nafas olish etaplari va farqi ham degidrogenazaning aralashish etapi bilan bog’lik. 1 . Anaerob R – N2 + degidrogenaza - R + degidrogenga – N2
Aerobda esa Degidrogenaza – N2 + akseptor – degidrogenaza + akseptor – N2
Dostları ilə paylaş: |