Mochevinaning parchalanishi. Azotli birikmalardan yana biri mochevina va mochevaya va gippur kislota ham ma’lum. Mochevina asosan hayvon va odam siydigini tashkil etadi. Mochevinani o’simliklar xam sintez qila oladi. Bir yilda yer yuzasida 30 mln.t. mochevina sintez qilinadi va ana shu moddaning 46 % bo’lib u ug’it sifatida ishlatiladi. Ana shu mochevina bir gruppa mikroorganizmlarn yordamida u ishtirok ferment ureaza yordamida parchalanadi. Mochevinani parchalab ammoniy tuzlari hosil qilish urobakteriyalar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ular mochevinadan uglerodni, na azot manbai sifatida foydalana olmaydi. Ana shu mochevinani parchalovchi bakteriyalarga urobakteriyalar deyiladi.
Xitinning parchalanishi Xitin ham hamma vaqt tuproqda mavjud bo’lib, ular xam turli xil mikroorganizmlar ishtirokida parchalanadi. Xitin bu azotli-polisaxarid-polimer asetilglikozamin bo’lib bu umurtqasiz hayvonlarning tashqi tanasini o’rab turadi, zamburug’larning hujayra po’stida, ya’ni aski va bazidiomedlarda mavjud bo’ladi. Shu xitinli bor gruppa mikroorganizmlar o’zidan xitinaza fermenti ishlab chiqaradi va ularni sirka kislota, amokoza va ammiakka parchalaydi.
Nitrifikasiya Tuproqda oqsillarning chirishi va mochevinaning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan ammoniy tuzlari va ammiak nitratlariga aylangandan so’ng o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin. Ammoniy tuzlari nitrifikasiya prosessi natijasida o’simliklar yaxshi o’zlashtiradigan nitrat kislota tuzlariga aylantiradi. Tabiatda tarkibida azot bo’lgan moddalarning o’zgarishidagi 2 davr ammiakning oksidlanib oldin nitrit keyin nitrat kislotaga aylanishidir. Bu prosessga nitrifikasiya deyiladi. Umuman tuproqda organik moddalarning parchalanib ammiakning hosil bo’lishi va u oksidlanib azot oksidlari va kislotasigacha borishi juda tez bo’ladi. XIX asrning o’rtalarigacha, ya’ni L.Pasterning ishlari ochilguncha bu prosessni yana nitratlanish prosessi bu nuqul kimyoviy jarayondan iborat deb kelingan. Ammiak havo kislorodi bilan oziqlanib unda tuproq katalizator rolini uynaydi deb ko’rsatgan. Ammo L.Paster nitratlanish jarayoni bu mikroorganizmlar ishtirokida boradi deb ta’kidlaydi. Lekin bu sohadagi eksperimental ishni 1879 yilda T.Shlezing va Myuns o’tkazdi. Ular iflos suvni uzun trubkadan ichi qum va SaSO3 dan o’tkazib filtrda sekinlik bilan ammiak yuqolganini va nitratlar hosil bo’lganini kuzatdi. Shu trubkali idish qizdirilganda va mikrobsizlantirilganda ammiakning oksidlanmaganligi tekshirib natijada nitratlanish prosessi bu mikroorganizmlar ishtirokida borishini isbotladilar. Ammo ularning sof kulturasini ajartib olib ularning biologiyasini birinchi bo’lib o’rgangan rus olimi 1890-1892 yillarda Vinogradskiy hisoblanadi. Vinogradskiy nitrifikasiya bakteriyalarni o’rganishning yangi metodikasini ishlab chiqadi. Bular odatdagi oziqali kulturada o’smasdan organik moddalarga boy bo’lgan muhitda yaxshi o’sishini ko’rsatadi.
Nitrifikatorlar – xemolitotroflar bo’lib organik moddalarga juda sezuvchan. Bu mikroorganizmlar ana shu kerakli mineral moddalarni sintezlash xususiyatiga egadir. S.N.Vinogradskiy nitrifikasiya bakteriyalari 2 xil ekanligini va ammiakni 2 etap bilan oksidlanishini tushuntiradi. Bu ikki etapning ta’sirida qatnashuvchi mikroorganizmlarning ish metabiozga misol bo’la oladi. Ya’ni bir mikroorganizmning rivojlanishida hosil bo’lgan mahsulotlardan 2-chisi baxramon bo’layapti. Hozir nitrifikasiyaning dehkonchilikdagi ahamiyati o’rganilganda ana shu ammiak oksidlanib oxiriga borib yerning hosildorligini oshirish aniqlanadi.