Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

SAVOLLAR

  1. Birinchi marta bakteriyalarni sistemaga solishda qaysi olimlarning ishlari bor?

  2. Mikroorganizmlarning hozirgi zamon sistematikasining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?

  3. Hozirgi vaqtda kimning sistematikasi tan olingan?

  4. Wrucilicutes bo’limining harakterli belgisi va uning muhim vakillari qaysilar?



8 - MA’RUZA
MAVZU: MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKASIYASI. 2- BO’LIMNING ASOSIY VAKILLARI VA XARAKTERLI XUSUSIYATLARI
REJA:

1. Anoxyphotobactcria sinfi va muhim vakillari.


2. Fototrof purpursimon bakteriyalarga хarakteristika
3. Yashil oltin bakteriyalar va uning muhim vakillari
4. Sianobakterlarga umumiy xarakteristika va muhim vakillari


TAYANCH IBORALAR: purpursimon yashil bakteriyalar, fotosintez, kislorodsiz, bakterioxlorofill CO2 , 2N2A, (CH2O), yashil oltin gugurt, sianobakter, peptidoglikan, xlorofill-a, fikosianin, fikoeritrin, Stoyner, nostok, anabena, geterosista, molekulyar azot, fiksasiya.

Fototrof bakteriyalar. Bu fototrof bakteriyalarga fotosintez qiluvchi bakteriyalar kirib bu bakteriyalarning hujayrasiga fotosintez pigmenti bakteriofill va karotinoidlar ishtirok etadi. Fotosintezda o’simliklardan kislorod ajralib chiqmaydi. Hozirgi vaqtda yorug’lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirayotgan 5 gruppa prokariotlar mavjud. Bu yorug’lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirishda birdan bir modda bu hlorofill intensiv deb yuritilar edi. 1971 yildan boshlab ayrim galofil bakteriyalarda fotosintezda karotinoid pigmenti qatnashishi aniqlandi. Fotosintezda xlorofill ishtirok etishiga qarab 2-gruppaga bo’linadi.



  1. Fotosintezda molekulyar O2 ajralib chiqadi – kislorodsiz fotosintez

  2. Fotosintezda kislorod ajralib chiqadi – kislorodli fotosintez. Shunday qilib kislorodsiz fotosintez qiluvchi bakteriyalar ham o’z navbatida 2 ta tartibga bo’linadi.

1 – tartib Rhodospirillales – purpursimon bakteriyalar
2 – tartib Chlorobialus – yashil bakteriyalar.
1 – tartib Rhodospirillales o’z ichiga 2 ta oilani birlashtiradi
1 – oila Rhodospirillacyeaye – oltingugurtsiz purpur bakteriyalar
2 – oila Chomatiacyeaye – purpursimon oltingugurt bakteriyalar
Purpursimon bakteriyalarning tuzilishi sferik, tayoqchasimon, egilgan va spiralsimon tuzilishga ega. Bular asosan 2 ga bo’linib ko’payadi yoki kurtaklanish yo’li bilan. Hujayra oltingugurt tomchilarini hosil qilish mumkin. Undan tashqari fototrof bakteriyalarda fotosintez pigmenti bakterioxlorofill va karotinoidlar bo’ladi. Fotosintezda СO2 kattarishi uchun molekulyar vodorodni qabul qiladi uni asosan N2S dan oladi. Bular fotolitotrof bo’lib nuqul anaerob suv bakteriyalari hisoblanadi. Ularning kattaligi 1 mkm dan 20 mkm, diametri 0.3 dan 6 mkmni tashkil etadi. Purpursimon bakteriyalarning harakatlamaydigan va xarakatlanadigan vakillari mavjud. Harakatlanishi uchun bitta yoki bir nechta xivchinlar xizmat qiladi. Peritrixal tipdagi xivchinlarga Rhodomicrobium Vanniclli bularning ko’payishi asosan teng ikkiga bo’linib, kurtaklanadi. Bularning harakterli hususiyati shuki hujayra po’stida yaxshi taraqqiy etgan ichki sitoplazmatik fotosintetik membrana bo’lishi bilan ajralib turadi. Umuman bu bakteriyalarda fotosintez jarayonini quyidagi tenglama bilan ko’rsatish mumkin.
СO2 + 2N2A - (СN2O) + N2O + 2 A
N 2 A – ekzogen donor bunda turli xil organik moddalardan vodorodni oladi (SN2O) – SO2 ning oksidlanishi natijasida hosil bo’lgan organik moddalarning xili. Bularning qo’yidagi turlari bor Rhodospirillum, Rhodomicrobium, Chromatium, Thiocapsa
2 – tartib Chlorobiales yashil bakteriyalar bular o’ziga ikkita oilani birlashtiradi.
1 – oila Chlorobiacyeaye – yashil oltingugurt bakteriyalar
2 – Chloroflczacyeaye
Ko’p vaqtlar davomida yashil bakteriyalarni yashil va ko’k suv o’simliklariga qo’shib o’rganilgan. Bularni bakteriyalar ekanligini birinchi marta S.N.Vinogradskiy, keyinchalik Kvan Nil ochib bergan. Ohirgi vaqtda bu bakteriyalarning ko’plab turlari topilgan. Bu bakteriyalar ham kislorodsiz fotosintez qilib CO2 ning oksidlanishi uchun H2S va S xizmat qiladi. Nuqul anaerob.
3 – sinf Oxyphotobactyeria bu sinfning vakillari asosan fotosintez qilganda molekulyar kislorod ajralib chiqadi. Bu sinf asosan 2 ta tartibga bo’linadi.
1 – tartib Cyanobacteriales – sianobakteriyalar
2 – tartib Prochlorales – proxlorofitlar
Sianobakteriyalar (ko’k yashil suv o’simliklari) gramm manfiy prokariotli organizmlar bo’lib, bularning xujayra qobig’i ko’p qavatliligi bo’lishi bilan farqlanadi, hujayrasining po’sti ostida peptidoglikan qavatidan iborat. Bularning fotosintez pigmenti-xlorofill, allofikosianin, fikosianin va fikoeritrin. Hujayra bilan qoplangan bo’lib, shu yordamida sirg’anib harakatlanadi (hivchinsiz).
Sianobakteriyalar bir hujayrali, ko’p hujayrali va koloniyali bo’ladi. Sianobakteriyalar oddiy bo’linish, kurtaklanish, ayrimlari geterosista hosil qilish yo’li bilan ko’payadi. Sianobakteriyalarning hozirgi vaqtda 1000 dan ortiq turi mavjud. Ko’plari nam yerlardagi, chuchuk suvlarda va boshqa substratga o’rnashib yashaydi 130 dan oshiq turi molekulyar azotni fiksasiya qiladi. 70 yillarda R.Steyner va uning ishchilari toksiligium sianobakterlar o’sishini ko’plab ishlab ularni 5 ta katta gruppaga va 20 dan ortiq avlodga bo’lib o’rganadi.
1 – gruppaga kiruvchilar bir xujayrali sianobakterlar yoki xujayralari birikib koloniya shakliga kiradi. Bularning xarakterli belgisi shuki tashqi tomondan qin bilan o’ralgan va koloniyani tashkil etadi (Wlocobacter, Wlococapsa). Ayrimlari qin bilan o’ralmasdan xujayralar bitta bitta bo’linib joylashadi va oddiy bo’linib ko’payadi – Wbocobacter, Cyanobactcrium
2 – gruppa bular ham bir hujayrali bo’lib, asosan hujayra ko’p bo’linadi.Hujayralar bo’linganda ular iplar bilan tutashib turadi. Bularning quyidagi turlari mavjud:

  1. Dermosarra

  2. Chroococcidiopsis

  3. Xenococcus

  4. Dermocarpclla

  5. Myxosarcina

3 – gruppa oldingilaridan 3 va 5 gruppa shu bilan farq qiladiki bular ko’p xujayrali bo’lib, ipsimon formaga ega bo’lib unda tizim hosil bo’ladi. Ularning eng muhim vakillaridan Oscillariria va Pscudoanabacna limatica.
4 – gruppaga kiruvchilar ipsimon bo’lib, bitta o’qda yotadi shoxlanmagan. Bularda geterosista hosil bo’lishi bilan harakterlanadi. Vakillaridan Anabacna, Nodularia va boshqalar. Ayrim vakillarida mahsus bo’linuvchi hujayralar gormogoniy hosil qilib ko’payadi. Nostos, Scytonema, Calothrix
5 – gruppa vakili oldingisidan shu bilan farq qiladiki, buning hujayrasi interkolyar bo’linadi. Bular ham geterosista va gormogoniylar hosil qilib ko’payadi. Buning eng muhim vakillaridan Chlorogloeopsis, Ficshrella.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin