Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə50/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Sariq isitma virusi
Sariq isitma tabiiy o’choqli kasallik bo’lib, 1901 yili amerikalik olimlar U.Rio va D.J.Kerrelar tomonidan kashf etgan. Virus faqat bitta serotipga ega.
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Virus odam organizmida jigarning gepatosit hujayralarida ko’payadi. Kasallik birdan yuqori isitma bilan boshlanadi. Ko’zg’atuvchi limfa tugunlarining hujayralariga kirib qonga, jigarga, taloqqa va ko’mikka o’tadi. Virus bu a’zolar hujayralarida degenerativ va nekrotik o’zgarishlarni hosil qiladi. Bemorning badani sarg’ayadi.
Tarqalishi va maxsus profilaktikasi. Sariq isitmaning epidemiologik belgilariga ko’ra ikki xili ajratiladi: changalzor (djungli) yoki o’rmon sariq isitmasi va shahar (klassik) sariq isitma. O’rmon sariq isitmasi Afrika va Janubiy Amerikaning ba’zi joylarida uchraydi. Bu kasallikni Haemagogus va Aedes turkumiga kiruvchi chivinlar tarqatadi. Kasagaikning shahar xilini esa odamdan- odamga Aedes aegypti chivini tarqatadi.
Maxsus profilaktikasida tirik vaksina qo’llaniladi. Asosan, shu kasallik bor joylarga boruvchi odamlar, albatta tirik vaksina bilan emlanadi.
Denge isitmasi virusi
Denge isitmasining virusi 1907 yili P.Ashbern va Ch.Kreyglar tomonidan aniqlangan, lekin 1944 yili A.Sebin qo’zg’atuvchini ajratib olib, uni chuqur o’rgangan. "Denge" nomi ingliz so’zi dandy-frant so’zidan olingan bo’lib, bemorning qadam tashlashi o’zgarishi degan ma’noni anglatadi. Virusning o’lchami 30-40 nm.
Denge virusi tovuq embrionida, maymun, odam, olmaxon buyraklaridan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida hamda undiriluvchi to’qima kulturalari: Hela, KV, VNK-21 va boshqalarda yaxshi ko’payadi. Bundan tashqari, virus jigar, ko’mik biriktiruvchi to’qima, muskul, markaziy nerv sistemasining hujayralarida ko’payadi. Kasallikning birinchi kunidanoq virusemiya kuzatiladi.
Infeksiya manbai bemor; sog’lom kishilarga A.aedypti, A.albopictus va boshqalar chaqishi natijasida yuqadi. Virus chivin organizmida 174 kungacha saqlanadi.
Klassik Denge isitmasida yashirin davr 2-15 kun (o’rtacha 5-8 kun) dan iborat. Kasallik o’tkir boshlanadi. Bemorning harorati ko’tariladi, bo’g’im va muskullarida og’riq, terida toshmalar paydo bo’ladi. Gemorragik shakli birmuncha og’irroq kechadi. Bunda burun, o’pka, me’da-ichak yo’lidan qon ketishi kuzatiladi, gemorragik toshma toshadi, harorat ko’tariladi. Kasallikning bu shakli, asosan, Denge isitmasi bilan oldin kasallangan odam organizmiga virus qayta tushishi natijasida yuzaga keladi. Ba’zan birlamchi infeksiya tushishi natijasida ham paydo bo’lishi mumkin. Kasallikdan so’ng 2 yilgacha davom etadigan turg’un immunitet hosil bo’ladi. Kasallikning belgilari, epidemiologiyasi va laboratoriya ma’lumotlariga asoslanib tashxis, qo’yiladi. Virusni kasallikning birinchi kunidanoq ajratib olinadi va uni emadigan sichqon bolasining miyasiga yuboriladi. Bemor qon zardobida hosil bo’lgan antitelolar titrini KBR, NR va GAT reaksiyalari yordamida aniklanadi.
Maxsus davolash usullari ishlab chiqilmagan, shuning uchun bemor kasallik simptomlariga ko’ra davolanadi. Ikkilamchi bakterial infeksiyaning oldini olish maqsadida antibiotiklar beriladi. Denge isitmasi tropik va subtrogshk hududlarda (Janubi-sharqiy Osiyo) uchraydigan endemik kasallikdir.
Denge isitmasining oldini olish uchun chivinlarni yo’qotish; maxsus profilaktikasi uchun o’ldirilgan vaksinalar bilan emlash lozim.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin