Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə58/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Lassa virusi
1969 yili kasallik Nigeriyaning Lassa hududida anikdangan, virus esa 1970 yilda D.Kazals va S.Baklilar tomonidan bemorlardan ajratib olingan.
Lassa virusi Arenaviridae oilasiga kiradi. Virionning o’lchami 110-130 nm bo’lib, lipiddan tashkil topgan tashqi qobiq bilan o’ralgan.
Virus undiriluvchi Vero hujayra kulturasida ko’paytiriladi, u 4-kuni hujayraga SPT ko’rsatadi. Tajriba hayvonlaridan oq sichqon, dengiz cho’chqachalarining miyasi va qorin bo’shlig’iga virus yuqtirilganda ular o’ladi.
Virusiing tabiiy manbai Afrika kalamushi va sichqonlari hisoblanadi. Virus kemiruvchilarning so’lagi va siydigi bilan tashqi muhitga tushadi. Bu kasallik G’arbiy Afrikada ko’p uchraydi. Virus bemordan sog’lom odamlarga ifloslangan havo-tomchi, oziq-ovqat yoki turli buyumlar orqali tushishi mumkin. Kasallikning yashirin davri 7-14 kun bo’lib, u yuqori harorat, titrash, bosh og’rig’i, uykuchanlik, holsizlik alomatlari bilan boshlanadi. Muskullarda og’riq (miozit), yarali faringitlar, miokardit, pnevmoniya, plevritlar, intoksikasiya, qon quyilishi, markaziy nerv sistemasida o’zgarishlar kuzatiladi. Kasallanish 30-70% hollarda o’lim bilan tugaydi.
Immuniteti. Bemor sog’ayganidan so’ng uning zardobida virusga qarshi maxsus antitelolar hosil bo’ladi. Immunitet bir necha yillar davomida saqlanib qoladi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemorning qoni, burun-halqum chayindisi, peshob, plevra suyuqiigi olinadi. Virusni ajratib olish uchun tekshiriluvchi materiallarni undiriluvchi Vero hujayra kulturasiga yuqtiriladi, ularda virusning SPT ko’rsatishi natijasida pilakchalar hosil bo’ladi. Virusni etalon yoki rekonvalessentlar zardoblarini ishlatib bilvosita IF va neytrallash reaksiyalari yordamida identifikasiya qilinadi.
Serologik tashxisda juft zardoblar bilvosita IF, KBR, NR, IFA va RIA usullari bilan tekshiriladi.
Davosi va profilaktikasi. Davolash uchun bemorga rekonvalessentlar zardobi yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun odamlar yashaydigan xonalar, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlarini kemiruvchilarning chiqindilari bilan ifloslanishidan himoya qilish lozim. Kasalxonalarda rejimga qat’iy amal qilish, Lassa isitmasidan og’rigan bemor bilan muloqotda bo’lganlarni aniqlash va ularni kuzatish, kemiruvchilarni yo’qotish uchun deratizasiya va boshqa tadbirlarni amalga oshirish zarur. Infeksiyaga qarshi hozircha maxsus profilaktika ishlab chiqilmagan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin