Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Arenoviruslar oilasi (Arenaviridae)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə57/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Arenoviruslar oilasi (Arenaviridae)
Arenaviridae (lotincha arena-qum) oilasi bitta Arenavirus turkumidan iborat bo’lib, o’z ichiga 13 turdagi viruslarni oladi. Arenavirus turkumi vakillari o’z xususiyatlariga ko’ra o’xshash bo’lib, umumiy guruh antigeniga ega. Bu oilaning nomi 1970 yili Rou va boshqa olimlar tomonidan belgilangan. Bu virusning ichida 2-14 tagacha elektron zich mayda granulalar bo’ladi. Bularni hujayra ribosomalari deb taxmin qilinadi.
Arenovirus oilasiga mansub viruslarning tabiatdagi asosiy manbai - kemiruvchilarda persistent infeksiya hosil bo’ladi. Ular Afrikada yashovchi yashil maymun buyragidan tayyorlangan hujayra kulturasida, Vero, Hela, tovuq embrionining fibroblastlari kabi xo’jayin kulturalarida yaxshi ko’payadi. Bu oilaga mansub viruslarning 4 ta vakili odamlarda og’ir kasallikni keltirib chiqaradi: limfositar xoriomeningit (LXM), Lassa, Mochupo, Xunun-isitmasi. Umumiy komplementni bog’lovchi antigenlarga ega, ammo neytrallash reaksiyasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Ko’pgina xususiyatlari bilan arboviruslarga o’xshaydi, qon suruvchi hasharotlar bilan ham yuqishi mumkin.
Limfositar xoriomeningit virusi
Limfositar xoriomeningit virusi 1934 yili K.Armstrong va R.Lillilar tomonidan serozli meningit bilan og’rygan bemorning orqa miya suyuqligidan ajratib olingan. Virion sferik shaklda, o’lchami 100-130 nm. Virion mag’zi ikki bo’lak bir ipli RNK dan tashqari topgan bo’lib, spiral zich tartibda joylashgan. Tashqi lipoproteid qobig’ida uzunligi 10 nm bo’lgan tikansimon o’simtalar bor. Virionning tashqi qobig’i ostida 10-15 ta elektron zich granulalar bo’lib, ular hujayra ribosomalari hisoblanadi va o’lchami 20-25 nm ga teng. Virion RNK si L- va S-fragmentlardan iborat, S-fragmenti NP oqsilini nazorat qiladi, L-frashenti esa glikoproteidiarni belgilaydi.
Antigenlari. Virion tarkibida 5 ta oqsil bo’lib, bulardan biri NP (nukleoproteid) RNK si bilan qo’shilib ketgan bo’lib, virusning guruh maxsusligini ta’minlaydi. Virionning qolgan 4 ta oqsili tashqi qobikda o’simtalar hosil qiladi va tipga xos antigenlik xususiyatiga ega, eritrositlarni agglyutinasiya qiladi.
Ko’paytirish va reproduksiyasi. Virus sichqon, tovuq embrioni to’qimalaridan tayyorlangan hujayra kulturalarida, odam amnioni hujayralarida, L, Vero, VNK-21, KV kabi to’qima hujayralarida yaxshi ko’payadi va ularga sitopatogen ta’sir ko’rsatib, sitoplazmatik kiritmalar hosil qndadi. Bu virus oq sichqonlar, dengaz cho’chqasi, kalamush va maymushyurga moyil bo’ladi. Virus hujayraga virionpeksis yo’li bilan kirib, ayni vaqtda hujayra va virus membranalarining qo’shilishi kuzatiladi. Virionning ikkala RNK frashentlarining transkripsiyasi virion RNK-polimerazasi yordamida amalga oshib, ikkita RNK hosil bo’lishi bilan kechadi. Virus komponentlarining sintezi sitoplazmada sodir bo’ladi. Virion yig’ilganidan so’ng hujayradan kurtaklanish yo’li bilan chiqib ketadi.
Chidamliligi. Virus efir va degeneratlarga, UB nurlarga ta’sirchan, 500C haroratda qizdirilganda, past va yuqori u nurlar ta’sirida yuqumliligini yo’qotadi. Past haroratga chidamli, -700C da va liofizilizasiya qilinganda o’z faolligini saqlab qoladi.
Kasallikning odamlardaga patogenezi va klinikasi. Virus odamlarga sichqonsimon kemiruvchilarning qurigan chiqindilari (kulrang sichqon, dala, o’rmon sichqonlari va boshqalar), gamoz kanalar (Codermaryssus sanguineus, Lyponyssus bacoti) chaqishi natijasida yuqadi. Kasallangan sichqonlar chiqindilari bilan tuproqqa tushgan viruslar chiqindilar quriganida chang bilan havoga ko’tariladi.
Virus aerogen yo’l bilan yuqori nafas yo’llari orqali yoki alimentar yo’l bilan og’iz orqali organizmga tushib, sirtki limfa tugunlarida ko’payadi. So’ngra qonga tushib markaziy nerv sistemasiga boradi. Kasallik odamlarda grippga o’xshash sindromlar bilan boshlanadi. Haroratning ko’tarilishi, bosh og’rig’i, mialgiya, ba’zan aseptik meningit, keyinchalik xoriomeningit, meningoensefalit holatlari kuzatiladi. Ko’p hollarda kasalpik to’liq tuzalishi bilan tugaydi. Homilador ayollar kasallanganda virus yo’ldosh orqali o’tib, homilada tug’ma nuqsonlar keltirib chiqaradi (gydrosefaliya, xorioretinit). Immuniteti. Kasallikdan so’ng turg’un immunitet qoladi. Kasallikning 2-Z-haftalarida komplementni bog’lovchi va virusni neytrallovchi antitelolar hosil bo’ladi. IgA-antigenlar ham ishlab chiqariladi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun kasallikning birinchi kunlari bemorning qoni va orqa miya suyukligi olinadi. Viruslarni ajratib olish uchun oq sichqonlar miyasiga va hujayra kulturalariga tekshirilayotgan material yuqtiriladi. Etalon zardoblar yordamida KBR, NR, IF reaksiyalari bilan virus identifikasiya qilinadi.
Serologik tashxis qo’yish uchun KBR, NR, PGAT reaksiyalari yordamida bemorning juft qon zardobidagi virus maxsus antitelolar titrining oshishi aiiqlaniladi.
Davolash va profilaktikasi. Davolash kasallikning simptomlariga ko’ra olib boriladi. Maxsus davosi va profilaktikasi hozircha ishlab chiqilmagan. Umumiy choralardan sichqonlarni yo’qotish maqsadida seratizasiya tadbirlari o’tkaziladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin