Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə60/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Qutirish virusi
1892 yili V.Babesh va 1903 yili A.Negrilar qutirishdan o’lgan hayvonlarniig bosh miya neyronlarida maxsus kiritmalar topishgan, shu sababli ularni Babesh-Negri tanachalari deb ataganlar. Qutirish kasalligini virus qo’zg’atilini 1903 yili P.Remlenje isbotladi. Kasallikning maxsus profilaktikasini L.Paster ishlab chikdi. Kutirish virusi lyssavirus (yunoncha lyssa-suvdan qo’rqish) turkumiga mansub bo’lib, uni 1880 yili L.Paster kashf etgan, kasallikning maxsus profilaktikasini ham u ishlab chiqqan. Virus, asosan, nerv sistemasini shikastlaydi, bunda ko’proq so’lak ajraladi.
Morfologiyasi. Qutirish virusi UK shaklida, o’lchami 180-200 nm, eni 75-80 nm. Virion glikoproteid va glikolipidlardan iborat qobiq bilan o’ralgan bo’lib, gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga ega. Virion tarkibida proteinkinaza va RNK polimeraza fermentlari bor. Babesh-Negri tanachalari nerv hujayralarining sitoplazmasida va ularning o’simtalarida joylashib, sharsimon, ovalsimon, ko’p qirrali shakllarda, o’lchami 0,5-2,5 mkm.; tanachalar nordon bo’yoqpar bilan qizil rangga bo’yaladi.
Ko’paytirish. Qutirish virusi sichqon, qo’y, jo’ja, quyon, dengiz cho’chqachasi, oq kalamushlarning bosh miya to’qimalari va tovuq embrionlarida ko’paytiriladi; uni turli hayvonlarning hujayra kulturalariga moslashtirish mumkin, ammo hujayraga patogen ta’siri turg’un emas.
Qutirish virusi adaptasion o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Uning bu xususiyatidan L.Paster qutirishga qarshi vaksina olishda foydalandi. Qutirish virusining yovvoyi, "ko’cha" virusi deb nomlangan tipi mavjud. L.Paster bu virusni quyon miyasiga ko’p marta qayta-qayta yuborib, infeksiyaga xos yashirin davrini 5 kungacha kamaytirishga erishdi. Virusning bu shtammiga inglizcha virus fixe deb nom berildi. U miyaga yuborilganda quyonlarning 100% ini nobud qiladi, ammo kuchuk va odamlar uchun patogenligini yo’qotadi.
Chidamliligi. Qutirish virusi past harorat hamda gliseringa chidamli. O’lgan hayvonning nerv to’qimalarida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu virus yuqori haroratga chidamsiz. Uni 560S qizdirilgaida 60 daqiqada, qaynatilganda 2 daqiqada o’z faolligini yo’qotadi. UB nurlar va dezinfeksiya qiluvchi moddalardan fenol, lizol, x.)1oramin kabilar ta’sirida nobud bo’ladi. Efir va tripsinga chidamsiz. Liofil usul bilan quritilgan virus yillab o’z faolligini saqlaydi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Qutirish bilan, asosan, it, bo’ri, tulki, ko’rshapalak kasallanadi. Viruslarning tabiatda aylanib yurishiga yovvoyi hayvonlar, daydi itlar sabab bo’ladi, chunki virus ularga bir-birini tishlashi orqali yuqadi. 50% ko’rshapalaklarning so’lak bezlarida virus borligi aniqlangan. Odamlar uchun kasallik manbai yovvoyi va uy hayvonlari hisoblanadi. Birus hayvon so’lagidan organizmga shikastlangan teri va shilliq qavatlar orqali tushadi. O’zbekistonda qutirish virusining asosiy manbai (86,5% hollarda) itlar hisoblanadi.
Kasallikningodamlardaga patogenezi. Kasallik odamga kuturgan hayvon tishlaganida, shuningdek, so’lagi shikastlangan teriga tushganida yuqadi. Qutirish virusi kirgan joydagi muskul to’qimasida ko’payadi va markazga intiluvchi sezuv nervlarining uchlaridan harakat neyronlariga yetib boradi. Virus nerv va miya to’qimalarida tarqalib, -miya oq moddasining demiyelinizasiyalanishiga olib keladi. Asosan orqa miyaning orqa shoxlari shikastlaiadi. Shikastlangan nerv hujayralariniig sitoplazmasida maxsus sitoplazmatik kiritmalar - Babesh-Negri tanachalari hosil bo’ladi.
Virus odamning so’lak bezlarida ko’payadi. Kasallikning yashirin davri 2-3 haftadai 1-2 oygacha bo’lishi mumkin, bu tishlangan joyning (infeksiyaning kirish darvozasi) bosh miya va orqa miyaga yaqin-uzoqligiga bog’liq.
Kasallikning 3 davri tafovut qilinadi: 1) prodromal davr; 2) hayajonlanish davri; 3) falajlik. Prodromal davrda bemorning yurish-turishi o’zgaradi, harorati ko’tariladi. Bu davr 2-4 kun davom etib, holsizlanish, bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, qusish, og’iz qurishi kabi alomatlar kuzatiladi. Infeksiya kirgan joyda sezuvchanlik buziladi. Hayajonlanish davri 3-7 kunga boradi. Bemor bu davrda juda xavfli hisoblanadi, chunki u qo’zg’olgan (agressiv) holatda bo’ladi. Viruslar ammon shoxlarida, uzunchoq miyada, miyacha va bosh miya nervlari yadrosida, orqa miyaning bel qismlarida ko’p miqdorda to’planadi. Natijada simpatik nerv sistemasining faolligi oshadi, ya’ni ko’zdan yosh oqadi, ko’z qorachig’i kengayadi, bemor terlaydi, ko’p so’lak ajraladi, yutinish qiyinlashadi. Uyqusizlik, vahimaga tushish, nafas olishning qiyinlashuvi, muskullar tortishishi kuzatiladi. Suvni ko’rganda yoki nomini eshitganda ham qo’rqish hollari boshlanadi.
Bemorda qutirish, qaltirish, falajlik, yurak faoliyatining susayishi avj olib, u 5-7 kundai so’ng o’ladi.
Immuniteti. Qutirish virusida bitta antigen tip tafovut qilinadi. Kasallik o’lim bilan tugaganligi sababli infeksiyadan keyingi immunitet o’rganilmagan.
Odamlar o’ldirilgan antirabik vaksina bilan emlangandan so’ng antitelalar hosil bo’ladi va bir yilgacha saqlanishi mumkin.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun o’lgan hayvon va odamlar miyasi olinadi. Tezkor tashxisda immunoflyuoressensiya usuli yordamida miya va so’lak bezlarining surtmalaridan virusning maxsus antigeni topiladi.
Bo’yalgan surtmalar va gistologik kesmalarda Babesh-Negri tanachalarini ko’rish mumkin. Seller usuli bilan bo’yalgan Babesh-Negri tanachasi qizil rangga, sitonlazma, yadro va yadrochalar esa ko’k rangga bo’yaladi. Bitta hujayrada bir yoki bir nechta tanachalar bo’lishi mumkin. Tanachalar qobiq bilan o’ralgan bo’lib, bazofil donachalar ko’rinishidagi tuzilishga ega. Tanachalar kasallikniig klinik belgilari paydo bo’lishidan 3-4 kun oldin hosil bo’ladi.
Agar kasallikning yashirin davri qisqa bo’lsa, tanachalar kam yoki umuman bo’lmasligi mumkin. Babesh-Negri tanachalari ammon shoxlarida, uzunchoq va orqa miya hujayralarida ko’p bo’ladi. Tanachalarni aniqlash uchun surtmalar Romanovskiy-Gimza, Mannu va Turevich usullari bilan ham bo’yaladi.
Biologik usul. Bemorning so’lagi va murdaning miya to’qimasidan virusni ajratib olib tekshirilayotgan ashyoni oq sichqon bolalarining miyasiga yuqtiriladi. Shikastlangan sichqonlar falajlanib nobud bo’ladi. Sichqon miyasi olinib, virusga tekshiriladi.
Serologik usul. Vaksinasiyadan keyin hosil bo’lgan antitelolarni aniklash uchun NR, KBR, IF, RIA, IFA usullari qo’llaniladi.
Davosi va profilaktikasi. Bemorning tishlangan joyi yaxshilab sovun bilan yuviladi, so’ng spirt, yodning spirtli eritmasi, 2,5% li formalin, sirka kabi antiseptik moddalar surtiladi, keyin ko’p marta antibiotik, immunoglobulin va vaksina yuboriladi. Immunoglobulinlar qutirishning "ko’cha" virusini neytrallab, vaksinadan keyingi rivojlanishi mumkin bo’lgan asoratlarning oldini oladi. Bular zararlangan odamga 72 soat ichida yuborilishi lozim.
Kasallikning oldini olish uchun maxsus choralar ko’riladi:
1. Qutirgan hayvonlar va daydi itlar yo’qotiladi; 2. Qutirgan yoki qutirgan deb gumon qilingan hayvon tishlagan odamga tez tibbiy yordam ko’rsatiladi; 3. Uy hayvonlarini ro’yxatga olib, ularni profilaktika maqsadida emlanadi.
Hozir qutirishga qarshi tirik, faolsizlantirilgan va o’ldirilgan vaksinalar ishlatiladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin