Yorug`lik interferentsiyasini tushuntirish uchun kongerent yorug`lik manbalari tushunchasini kiritish lozim. Kogerent yorug`lik manbalari deb bir xil chastotali va fazalar farqi o`zgarmas bo`lgan tebranishlarini yuzaga keltiruvchi to`lqinlar manbaiga aytiladi. Odatda bitta yorug`lik manbaidan chiqayotgan to`lqinni biror usul bilan ikki kogerent to`lqinlarga ajratiladi.
Interferentsiyasi deb, ikki kogerent to`lqinlarning fazoda qo`shilib ular еnergiyasi (intivsivligi)ning qayta taqsimlanishga, ya`ni o`zaro kuchayishga yoki so`nishiga aytiladi.
Interferentsiyasi deb, ikki kogerent to`lqinlarning fazoda qo`shilib ular еnergiyasi (intivsivligi)ning qayta taqsimlanishga, ya`ni o`zaro kuchayishga yoki so`nishiga aytiladi.
Interferensiya vaqtida yo‘lning optik ayirmasi butun son to‘lqin uzunliklariga (juft son yarim to‘lqinlarga) teng bo‘lgan nuqtalarda maksimum, yo‘lning optik ayirmasi toq son yarim to‘lqinlarga teng nuqtalarda— minimum kuzatiladi.