Mavzu Kirish


Maxsus tayyorgarlik mashqlarini dars jarayonida qo’llash



Yüklə 249 Kb.
səhifə3/13
tarix25.10.2023
ölçüsü249 Kb.
#161259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 ABDULXANOVA RUXSORA

Maxsus tayyorgarlik mashqlarini dars jarayonida qo’llash
-maxsus xarakat malakalarini rivojlantirishga qaratilgan katta xajmdagi ishni samarali bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus yo’nalishga ega, hamda quyidagi vazifalarni hal etadi.
1.Asosan gandbol uchun ko’proq hos bo’lgan sifatlarni rivojlantirish.
2.Gandbolchi harakatlarida katta darajada ishtirok etuvchi fizologik tizimlar guruhini tanlab rivojlantirish. Yordamchi jismoniy tayyorgarlikning ilg’or vositalari sifatida shunday mashqlar qo’llaniladiki, ular o’zining knematik va dinamik tarkibi, hamda asab mushak kuchlanishi hususiyatiga ko’ra gandbolchining musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy xarakatlariga mosdir. Shunday mashqlar orasida quyidagilarni ajratish mumkin.
-Texnikaning turli usullarini ishora orqali bajarish.
-maxsus trenajyor moslamalarida bajariladigan mashqlar.
-Gandbolchilar monikeni bilan mashqlar.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik; harakatlanish sifatlarini gandbolchilarning musobaqa faoliyati hususiyatlari tomonidan qo’yiladigan talablarga qa’tiy muvofiq holda rivojlantirishga qaratilgan.
Shuning uchun trenirovka jarayonida ko’rsatilgan jismoniy tayyorgarlik ko’rishi tanlangan sport turini o’ziga hos talablariga javob bera oladigan jismoniy sifatni tarbiyalash jarayonidan iboratdir (32,33).
Ma’lumki sportning har bir turi sportchining jismoniy sifatlariga maxsus talablar qo’yadi, hilma hil jismoniy sifatlar o’ziga hos uyg’unlashgan bo’lishi va namoyon etilishini talab qiladi.
Masalan gandbolchi avvalo tezkor-kuchlilik sifatlarining maxsus nisbatda bo’lishi (ba’zan uni kuch-quvvat deb ataladi), shuningdek mushak qisqarishining energetik resurslari anaerob (kislorod etishmagan xolda ) foydalanishga asoslangan tezlikka chidam talab qilinadi. Turli jismoniy sifatlarni o’ziga hos ravishda namoyon etish va uyg’unlashtirishga asoslangan, ana shunday spestfik qobiliyatlarni tarbiyalash sportchi maxsus jismoniy tayyorgarlik ko’rishi orqali erishiladi.
Yosh sportchilarni tayyorlashda maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik mahoratini shakillantirishda va musobaqa davomida yuksak natijaga erishish nihoyatda muhim omillardan biridir.
Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ulotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning xajmi va shiddati, hamda ushbu ko’rsatgichlarni shug’ullanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni yuklamaga bo’lgan javob rakstiyasi) ob’ektiv ravishda baholanmasligidadir.
Shuning uchun ham o’quv trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy yuklamalar (jismoniy mashqlar) ning shug’ullanuvchilar organizmining funkstional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu yuklamalarning maqsadga muvofiq rejalashtirish imkonini beradi.
Gandbolchining maxsus umumiy jismoniy tayyorgarligini samarali rivojlantirishda asosiy vositalardan biri maydonda o’yin jarayonidagi tehnik malakalaridir.
Yu.V.Vershanskiyning kuzatuvlariga qaraganda sport turlarining jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan tehnik malakalari o’z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu sport o’yin turlari ishtirokchi sportchilarning maxsus chidamliligi yuqori darajada shakillanganligiga e’tibor qaratadi.
Demak bundan ko’rinib turibdiki, tehnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o’rin egallaydi. Ma’lumki umumiy jismoniy tayyorgarlik rivojlangan holda samarali shakillanishi isbot qilingan.
Klusov I.P ning fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlanganligi gandbolchi uchun maxsus tehnik mashqlarni uzoq vaqt davomida katta charchash asoratlari mavjud bo’lganda ham , ijro etishi kerak bo’ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik o’rtacha shiddatda ko’p xajmli mashqlarni (uzoq masofaga yugurish, suzish, velosipedda yurish va h.k.) surunkasiga bajarish asosida shakillantiriladi.
IgnatevV.Ya va boshqalar gandbolchilarni jismoniy sifatlarini baholash uchun quyidagi test mashqlarni tavsiya etishgan.
-yuqori startdan 30 metrga yugurish.
-arqon uzra oyoqlar yordamisiz chiqish (5 m).
-qo’l, elka va bel, oyoq muskullari ish koeffistentini aniqlash.
-joyidan turib yuqoriga sakrash.
-2x800 metrga yugurish.
-katta tezlikda (20 s) xar xil inventarlardan foydalanish.
Pavlov Sh.K, Akramov J.A, Abduraxmonov F.A va boshqalar (34) tezkor-kuch va maxsus mashqlar sifatlarini rivojlantirishga mashg’ulotlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug’ullanish natijasida gandbolchilarning tehnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli shakillanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar.



Yüklə 249 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin