Mavzu Kirish


Gandbolchilarning chaqqonligi-



Yüklə 249 Kb.
səhifə11/13
tarix25.10.2023
ölçüsü249 Kb.
#161259
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 ABDULXANOVA RUXSORA

Gandbolchilarning chaqqonligi-bu harakatlarni nazorat qila olish, bellashuvda to’satdan o’zgarib turadigan vaziyatda tez hamda aniq yo’l tutish va tegishli harakatlarni oqilona bajarish qobiliyatidir.
Chaqqonlik sportchini o’rgatish jarayonida rivojlantiriladi. Buning uchun yangi harakatlarni muntazam egalab borish lozim.
Chaqqonlikni rivojlantirish uchun har qanday mashqdan foydalanish mumkin, lekin ularda yangilik elementlari bo’lishi shart.
Gandbolchilarning chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish uchun quyidagi vosita va usulublardan foydalandik.
Harakat chaqqonlik ko’p jihatdan shug’ullanuvchilar tomonidan harakat vazifalarini tushunishlari va uni hal qilishning aniq usulini topa olish qobiliyatlariga bog’liq.
Turli yosh davrlarida, chaqqonlik sifatlarining alohida turlarini rivojlanishida notekislik kuzatiladi. 15-16 yoshga kelib ularning ancha yaxshilanishi kuzatiladi. Bu yoshda yoshlarning rivojlanish darajasi kattalarnikiga yaqinlashadi.


Chaqqonlik sifatlarnni rivojlantishrish usuliyati
Chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishda pedagogga turli harakat amallarini boshqarish sifatini tavsiflovchi ham umumiy va ham hususiy masalalarni echishga to’g’ri keladi.
Masalan, «harakatning vaqt o’lchamlarini differenstiastiyalash», qobiliyatini takomillashtirish umumiy masalasi quyidagi hususiy masalalarni echishni nazarda tutadi;
harakat davomiyligini differenstiyalash qobiliyatini rivojlangirish; harakatning alohida bosqichlari davomiyligini differenstiyalash qobiliyatini rivojlantirish;
harakat sur’atini differenstiyalash qobiliyatini rivojlangirish.
Chaqqonlik sifatini rivojlantirish uchun moslashuvchanlik, harakatlarni tartibga solish, ularni bir butunga aylantirishga qaratilgan talablarni qo’yuvchi mashqlar qo’llaniladi. Ular quyidagilarga ega bo’lishi kerak:
-chaqqonlik murakkabligiga, shug’ullanuvchilar uchun mushkullik tug’dira olishi;
- tarkibida yangilik, g’ayri oddiylik elementlari bo’lishi;
- harakatlar bajarilishining turli shakllariga va harakat masalalarining kutilmagan echimlari bilan ajralib turishlari;
- harakatning turli o’lchamlarini tartibga solish, nazorat va o’z-o’zini baholash bo’yicha vazifalarni o’z ichiga olishi.
Ba’zi chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish usuliyatini ko’rib chiqamiz.
«Vaqtni his qilish», «fazoni his qilish» va mushak kuchlanishlarini his qilish» ni takomillashtirish. Chaqqonlik sifatlarini takomillashtirish harakatlar yo’nalishini belgilash, amplitudasini, vaqtini, sur’ati va tezligini, mushak kuchlanishlari kattaligini va boshqa hususiyatlarni rivojlantirish asosida yuz beradi. Harakatning ayrim belgilarini aniq yo’naltirish qobiliyati ko’p jihatdan insonda kirish, eshitish va ayniqsa, mushak-harakat sezgilarini rivojlanish darajasiga bog’liq.
Ko’p hollarda buni kinestiziya deb atashadi. Kinestiziyani yana «mushak bilan his qilish» deyishadi.
Masalan, «vaqtni his qilish» — xarakatning biron qismini bajarilish davomiyligini aniq his qilish (masofani bosib o’tish, xarakatni boshlash, koptokni uzatish va x.k.) deyarli barcha harakat faoliyatida juda muhim.
Hozirgi davrda «vaqtni his qilish» ni shakllantirish uchun jismoniy tarbiya va sportda, his qilish, o’zgarishrish, davomiy-likni, sur’atni dasturlash imkonini beradigan turli tehnik va trenajyor vositalaridan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.
Masalan, sport yurishida, sportchiga mahkamlab qo’llanadigan, ikki qadamli bosqich buzilganda ovoz beradigan, kichkina nazorat-axborot qurilmasidan foydalaniladi.
Fazoviy hissiyotlar aniqligini takomillashtirish bilan bir qatorda, biz chuqur ihtisoslashgan tavsifga ega bo’lgan «fazoni his qilish»ni ham takomillashtiramiz. Bu o’z aksini «masofani his qilish», «to’siqlarni qis qilish» va boshqa aniq ihtisoslashgan fazoviy hissiyotlarda topadi.
13-14 yoshga kelib ko’p harakat amallarining aniqligini tas-diqlaydigan, ko’rish-motor funkstiyalari rivojlanishning eng yuqori darajasiga etadi va kattalarnikiga yaqinlashadi.
Bunday masalalarning to’rt xilini ajratish mumkin:
1.Fazoviy xususiyatlarning kattaliklar farqini asta-sekin ko’paytirib borish. Masalan, futbolda koptok uzatishlarni 25 m dan 30, 45 va 50 m gacha.
2.Harakatning belgilangan o’lchamlarining kattaliklar farqini asta-sekin kamaytirib borish. Masalan, basketbol to’pini savatga avval uzoq masofadan tashlash, keyin masofani qisqartirib borish.
3.Keskin farq qiluvchi mashqlarni ketma-ket bajarish, ya’ni harakatlar o’lchamlarining «qo’pol» va «nozik» differenstiastiyalash. Masalan, to’pni savatga uzoq masofadan va eng yaqin joydan tashlash.
4.Fazoviy hissiyotlarni baholashda qo’pol va nozik kattaliklarni bosqichma-bosqich yaqinlashtirish.
Masalalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun turli usuliy yondashuvlar qo’llaniladi. Hususan, tananing belgilangan holati va harakatini maket va qo’g’irchoqlarda modellashtirish, harakat sharoitiga qo’shimcha yo’naltiruvchi predmet va belgilarni kiritish, harakatning yo’nalishi, traektoriyasi shaklini, qadamlar uzunligi, sakrash joyi, bayroqlar, yo’l qo’yilgan hatolar to’g’risida axborot beruvchi vositalardan foydalanish.

Yüklə 249 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin