3-bosqich Yakuniy
(10 daqiqa)
|
Mashg’ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baxolaydi va rag’badlantiradi.
Uyga vazifaning berilishi:
2. Uyga vazifa mashq bajarish.
|
Baholar bilan tanishtiradilar
Topshiriqlarni yozib oladilar
| |
24-mavzu. Rama.
Reja :
Ramaning vazifasi va turlari.
Lonjeronli ramalarning tuzilishi.
Tayanch iboralar: rama, lonjeron, traversa, bamper, profil’, umurtqasimon rama, narvonsimon rama, avtomobil konstrukciyasi,
Ramaning vazifasi va turlari.
Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish tizimlari o’z vazifasini bajara olishi uchun biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda yukni va yo’lovchilarni ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak.
Ko’tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat, uzellarni joylashtirishi uchun kerak.
Ko’tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo’lib, ramasiz konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi.
Rama avtomobilning kuzovi, kabinasi, transmissiya agregatlari va h.k. larni biriktirish uchun kerak. Transport vositasining harakati davrida ramaga ustidagi yukni og’irligi, itaruvchi, burovchi kuch va momentlar, yo’l notekisliklaridan uzatilayotgan dinamik turtkilarni qabul qiladi.
Transport vositalaridan yuk avtomobillarining hammasi ramaga ega (haydovchiga kabinasi ham bor); oliy sinfdagi yengil avtomobillar, hamda ba’zi bir avtomobilarda ramasi bo’ladi.
Lonjeronli ramalarning tuzilishi.
Ramaning umumiy tuzilishi 5.1.-rasmda ko’rsatilgan.
16.1.-rasm. Avtomobil ramasining umumiy tuzilishi
1-shatakka olish ilgaki; 2-vamper; 3,5-lonjeronlar; 4,6,7,8,9-ko’ndalang to’sinlar; 10-shatakka olish moslamasi
U asosan bo’ylama joylashgan ikkita 3,5 lonjeronlardan iborat bo’lib, ular ko’ndalang traversalar 4, 6, 7, 8, 9 bilan mahkamlangan. Lonjeron va traversalar shtampalab tayyorlangan profillardan iborat.
Traversalar lonjeronlarga parchinlar yordamida yoki svarka yordamida mahkamlanadi. Lonjeronlarning 3,5 old qismiga bufer 2 mahkamlangan, ketingi qismiga esa shatakka olish moslamasi 10 biriktirilgan. Qo’shimcha, dvigatelni mahkamlash uchun tayanchlar, osma va boshqa agregatlarni ushlab turishga kronshteynlar ham bor.
Ramalarning turlari ko’p bo’lib, ularning narvonsimon, umurtqasimon, X ga o’xshash va h.k. xillari avtomobillarda qo’llaniladi (16.2. -rasm).
16.2.-rasm. Ramalarning turlari
a – umurtqasimon;v – narvonsimon.
Misol tariqasida KamAZ-5320 yuk avtomobilining konstruksiyasini ko’rib chiqamiz (16.3.-rasm).
16.3.-rasm.KamAZ-5320 avtomobili ramasining tuzilishi.
a)KamAZ-5320 ramasi; v)-shatakka olish moslamasi;
1-kronshteyn; 2,4-lonjeronlar; 3-ketingi ko’ndalang to’sin; 5-shaybalar; 6-qobig’; 7-qopqoq; 8-ilgak; 9-saqlagich surilma; 10-rezinali elastik qism; 11-gayka.
Avtomobil ramasi ikkita shtampalangan lonjeronlar 4,2 dan iborat bo’lib ko’ndalang to’sinlar (traversalar) parchinlar yodamida biriktirilgan. Lonjeronlar o’zgaruvchan profilli qilib shtampalangan. Ularning old qismida buferni mahkamlash uchun kronshteyn 1lar bor, bundan tashqari shatakka olish uchun ilgaklar mavjud.
Lonjeronlarning ketidagi oxirgi to’sin 3 burchaklar yordamida mahkamlangan bo’lib shatakka olish moslamasi (16.3. -rasm, v) biriktiriladi.
Avtomobillarni shatakka olish moslamasi (16.3. -rasm, v) qobig’ 18, qobig’ qopqog’i 19, sterjenli ilgak 20, rezinadan iborat elastik element 22 va h.k. dan iborat. Rezina elastik element 22, 16 va 17 shaybalar bilan biroz siqib qo’yilgan. Shatakka olish moslamasi muhofazalovchi ilgak 21 ga ham ega, u ilgak qulfini o’z-o’zidan ochilib ketishidan saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |