9– mavzu. Sovutish tizimi.
Reja:
Sovutish tizimining vazifasi va turlari. Suyuqlik bilan sovutish tizimining tuzilishi.
Havo bilan sovutish tizimining tuzilishi.
Suyuqlik va havo bilan sovutish tizimining afzallik va kamchiliklari.
Tayanch iboralar: Issiqlik rejimi, issiqlik energiya, suv g'ilofi, termosifon, radiator, termostat, ventilator, antifriz, bug' klapani, xavo klapani, jalyuza, shkiv, parrak, ponasimon tasma, kichik doira, katta doira.
1.Sovutish tizimining vazifasi va turlari.Suyuqlik bilan sovutish tizimining tuzilishi.
1. Ma’lumki dvigatel ishlayotganda, ayniksa ish yo’li takti bajarilganda, yuqori haroratga ega bo’lgan gazlarni ta’sirida silindrlar, silindrlar blokining golovkasi, klapanlar, porshenlar kizib ketadi. Agarda qizigan detallarni sovutilmasa ishkalanuvchi yuzalar orasidagi moy kuyib, ishkalanish xaddan tashqari oshib ketadi. Kizishdan detallar kengayadi. Ayniksa alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan porshen kengayib silindr ichida kadalib kolishi mumkin. Shu sababli dvigatelning qizigan detallarini uzluksiz ravishda sovitib turish lozim. Lekin, dvigatelni xaddan tashqari sovitib yuborish ham zarar. Chunki sovik dvigatelda moy kuyuklashib, uning karshiligini yengishga sarflanadigan dvigatelning kuvvati ortadi. Undan tashqari yonuvchi aralashma yaxshi buglanmaydi, qisman buglangani esa sovuk detallarga urilib tomchiga aylanadi va silindrlar devoridagi moyni yuvib tushiradi. Natijada, silindr-porshen guruxiga kiruvchi detallarning yeyilishi ortadi. Yonuvchi aralashmaning yaxshi buglanmaganligidan uning yonish tezligi sustlashadi va dvigatelning kuvvati pasayadi.
Demak dvigatelning kizib ketishi yoki xaddan tashqari sovib kolishi uning effektiv kuvvatini kamaytirib, tejamkorligini yomonlashtiradi. Sovitish tizimi dvigatelning ishlashi uchun kulay bo’lgan issiqlik rejimini kerakli holda (85-900 S) saklab turish vazifasini bajaradi.
5.1-rasm. Suyuqlik bilan sovutish tizimining ishlash sxemasi.
1- harorat datchigi, 2-suv taqsimlagich, 3- suyo’qlik nasosi, 4-o’tkazuvchi kanal, 5-termostat, 6- yuqori patrubok, 7- venitlyator, 8-yuqori bachok, 9- radiator kopkogi, 10- radiator, 11-jalyo’zi, 12-pastki bachok, 13-to’qish jumragi, 14-ventilyator yuritmasining tasmasi, 15-pastki patrubok.
Avtomobil dvigatellarida, suyuqlik yoki havo bilan sovitish tizimlari qo’llaniladi. Sanokli dvigatellarda havo bilan sovitish tizimi qo’llanilgan bo’lib, bunday tizim ayrim afzalliklarga ega, ular quyidagilardan iborat: konstruksiyasi nisbatan oddiy to’zilgan, tizimda suv nasosi, radiator, suv trubalari, termostat va boshkalar yuk; dvigatelda suv g’ilofining bulmaganligi sababli u muzlab kolmaydi; suv yuk joylarda ham dvigatelni ishlatish mumkin. Suyo’qlik bilan sovitish tizimi havo bilan sovitishga nisbatan afzal hisoblanib shovkinsiz ishlaydi, sovik kunlari dvigatelni yurgazib yuborishni tez amalga oshiradi. Shu sababli dvigatellarda , asosan, suyo’qlik bilan sovitish tizimlaridan foydalaniladi.
Bunday tizim odatda, silindr bloki va uning golovkasidagi sovitish g’iloflari, radiator qopqog’i bilan, nasos, termostat, birlashtiruvchi shlanglar va patrubkalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |