Rul yuritmasi kuchaytirgichlarining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlash principi.
Xozirgi paytda o’rtacha vaznli o’tag’on xamda o’rta va og’ir vaznli avtomobillari, shuningdek avtobuslarning rul yuritmalarida kuchaytirgich ishlatiladi.
Kuchaytirgich – g’ildiraklarni burishga sarflanadigan kuchni kamaytiradi, natijada avtomobilni boshqarishni osonlashtirib, yengil va qulay burilishni ta'minlaydi. Kuchaytirgich avtomobil notekis yildan yurganda, rul chambarigiga ta'sir etadigan turtkini yumshatadi va avtomobilni katta tezligida uning xarakatlanish xavfsizligini oshiradi. Masalan boshqariluvchi g’ildiraklardan biri shikastlansa avtomobilni to’g’ri chiziqli xarakatlanishini va turg’un xolatini saqlab qolishga imkon yaratadi. Shuning uchun xozirgi paytda tezyurar avtomobillarning (Neksiya) rul boshqarmasi xam kuchaytirgich bilan jixozlangan.
Kuchaytirgichlar boshqarish jarayonida tila kuzatish qobiliyatiga ega bo’lishi (ya'ni, yo’naltiruvchi g’ildirakning burilishi, xaydovchi tomonidan rul chambaragining burilishiga tila mos kelishi); avtomobilni to’g’ri chiziqli xarakati paytida g’ildirakning to’siqqa uchrab majburan burilishida iz-izidan ishga tushmasligi; biror sabablar bilan shikastlanib ishdan chiqmasligi; avtomobilning boshqarilishiga xalaqit bermasligi; yuqori sezgirlakka ega bilib, juda xam qisqa vaqt ichida sistemaning ishga solinishini ta'minlashi kerak.
Kuchaytirgich quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
а) Ta'minlash manba'si - gidronasos yoki kompressor.
б) Taqsimlagich.
в) Gidrocilindr.
Kuchaytirgichlarni xarakatga keltiradigan yuritma gidravlik va pnevmatik bilishi mumkin.
Kuchaytirgich qisimlarining bir-biriga nisbatan joylashuvi to’rt xil bilishi mumkin:
Kuchaytirgichning xamma qismlari bir joyda joylashgan (ta'minlash banbaidan tashqari) - bularga ZIL va KamAZ avtomobillari kiradi.
Rul mexinizmi aloxida. Taqsimlagich va gidrosilindr bir bir agregetda joylashgan - bularga MAZ - 5335 avtomobillari kiradi.
Rul mexanizmi va taqsimlagich bir agregatda gidrosilindr ayrim joylashgan - bularga Ural - 4320, KAZ - 4540 lar kiradi.
Xamma qismlari (rul mexanizmi, taqsimlagich, gidrosilindr) ayrim joylashgan - bularga GAZ - 66 avtomobillari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan kuchaytirgichning joylashuv tartibida va konstruksiyasida o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklar mavjud. Bular puxtaligi, ishonchli ishlashi, ixchamligi va narxi bilan baxolanadi.
Gidrokuchaytirgich sxemasi 6.11- rasmda keltirilgan. Nasos 13 avtomobil dvigatelidan xarakatni oladi. Nasosning tepa qismida moy solish uchun maxsus asbob 14 o’rnatilgan. Moy nasosdan, o’tkazgichlar (naychalar) orqali taqsimlagichga uzatiladi.
Taqsimlagich korpus 1 va zolotnik 4 dan iborat. Zolotnik shtanga 12 orqali patomobilning rul mexanizmiga ulangan, korpus esa boshqariluvchi g’ildirakning burish sapfasi richagi bilan shtanga 6 orqali birlashtirilgan. Taqsimlagich 9 va 10 moy o’tkazgichlar bilan gidrosilindrning ikki kamerasiga ulangan. Silindr avtomobil ramasiga sharnir ravishda maxkamkamlangan. Uning porsheni 8 shtok orqali, boshqariluvchi g’ildirakning burilish sapfasiga ta'sir kirrsatishi mumkin. Zolotnik uch gardishli qilib ishlangan. Taqsimlagich korpus ichiga uchta iyiq darcha ishlangan. Ikki chetki darchalariga nasosdan suyuqlik (moy) berib turiladi. Irta qismidagi darchaga mayin, moy bakiga qaytarib quyuvchi moy itkazgich ulangan. Taqsimlagichning korpusida joylashgan zolotnikning gardishlari oralig’ida ikkita a va b kameralar xosil biladi. Bundan tash=ari, taqsimlagich korpusi ichida v va g reakti kameralar mavjud bo’lib, ular a va b kamerelariga kanallar bilan bog’langan. Reaktiv kameralariga, zolotnikning irta vaziyatda turishini ta'minlash maqsadida, siqilgan prujinalar 11 va 7 joylashtirilgan.
Porshen 8 gidrosilindrning ichki xajmini ikki A va B bo’lib, ularga taqsimlagichning a va b kameralari moyo’tkazgichlar bilan ulangan.
Silidrning ikkala qismi (A va B), taqsimlagichning xamma kameralari va moyo’tkazgichlar bilan tildirilgan.
Avtomobil to’g’ri chizilqi yo’nalishda xarakatlanayotganda, zolotnik korpus ichida, shunday xolatni egallaydiki, unda uchchala darcha ochi= biladi.
Bu xolatni biz bundan keyin irta xolat deb ataymiz.
Zolotnik o’rta xolatda turganda suyuqlik (moy) nasosdan, moyitkazgich 2 orqali a va b kameralarga uzatiladi, u yerdan moyitkazgich 3 orqali nasosning moy bakiga kuyiladi.
Taqsimlagichning a va b kameralarida barqaror topgan bosim 9 va 10 moyitkazgichlardagi suyuqlik orqali gidrosilindrning A va B bo’shliqlariga uzatiladi.
Zolotnikka o’q bo’yicha ta'sir qilayotgan kuch, oldindan siqib qiyilgan prujinaning kuchidan katta bo’lganda, zolotnik korpusga nisbatan siljiydi.
Zolotnikning siljishi natijasida kamera b moyitkazgich 3 ning yili berkiladi va yuqori bosimli moyo’tkazgich 2 bilan ulanadi, shu bilan bir vaqtda kamera a yuqori bosim moyo’tkazgich 2 dan uzilib, ochiq darcha orqali past bosimli moyitkazgich 3 dan tikish tarmog’iga uzatiladi. b kameradagi va B bishliqdagi suyuqlik bosimi g’ildirak 5 ning burilishiga qarshilik kuchi mos ravishda ortadi va porshen 8 ni siljitadi.
Bunda ortib borayotgan B bo'shliqqa nasosdan suyuqlik xaydaladi, kichrayotgan A bo’shliqdan porshen siqib chiqarayotgan suyuqlik nasos ustidagi moy bankiga xaydaladi. Porshen surilib g’ildirak 5 ni chapga buradi. Shtanga 6 orqali teskari bo\lanish bor bilgan uchun, taqsimlagich korpusi xam bir vaqtda zolotnik siljigan tomonga sljiydi. Darcha ochilishi bilan gidrosilindrning A bishlig’idagi suyuqlik bosimi porshen 8 ga ta'sir etuvchi kuchlarni muvozanatlaydi. Porshen to’xtaydi va chapga g’ildirak 5 ning burilishi tixtaydi.
Taqsimlagichdagi darchalarning burilishdagi ochilishi, avtomobil ti\ri chiziqli xarakatlangandagidan farq qiladi. Darchalardan ituvchi suyuqlik oqimini drosellash turlicha, shuning uchun suyuqlik bosimi b va v kamerada, B bishliqda katta, a va g kanali, A bishliqda esa kichik bilib, ortiqcha bosim burilgan g’ildiraklarni ushlab turish uchun kerak, chunki burilgan g’ildirakka stabillovchi moment ta'sir qiladi. Shuning uchun boshqariluvchi g’ildiraklarning burilish burchagi, rul chambaragining burilish burchagiga to’g’ri keladi. Rul chambaragini boshqa tomonga burilganda, taqsimlagichning a va b kameralari izgaradi, boshqariluvchi g’ildiraklarining burilishi esa gidrosilindrning A bo’shlig’idagi bosim xisobiga amalga oshiriladi.
Kuchaytirgichsiz rul boshqarmasida boshqariluvchi g’ildirakning burilishidagi qarshiligi, rul chambaragiga qo’yilgan kuchning oshib borishi bilan belgilanadi. Bu xol xaydovchining yilni sezib turishiga imkon beradi. Shu sezgirlikni amalga oshirish uchun kchaytirgichning taqsimlagichida b va g reaktiv kameralar qilingan, ulardagi bosim a va b kameralardagi bosim bilan bir xil.
Sxemada ko’rsatilgan taqsimlagich, gidrosilindr va rul mexanizmi alohida joylashgan. Bunday sxema xozirgi paytda GAZ- 66, KAZ-608 avtomobillarida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |