Adabiyot nazariyasi barcha zamonlarda bunyod etilgan hamma asarlar uchun umumiy bo'lgan asoslarni, badiiy asarning tarkibiy qismlarini, badiiyat qonun-qoidalarini o'rganadi.
Adabiyot tarixi esa muayyan mamlakatlar yoki xalqlar milliy adabiyotlarining rivojlanish bosqichlarini, biror xalq yoki jahon adabiyoti vakillari bo'lgan buyuk san'atkorlarning hayoti va ijodini o'rganadi.
Adabiyot tarixini o'rganish nima uchun kerak? Har bir millat egasi, mamlakat fuqarosining o'z adabiyoti, madaniyati, tarixini bilishga intilishi ma'naviy kamolot talabi va ehtiyoji tufaylidir. Xalq adabiyot tarixiga oid ma'lumotlarni bilish uchungina emas, balki milliy adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmuni, g'oyalarini tushunib, shular vositasida ma'naviy kamol topish uchun ham o'rganadi.
Hozirgi adabiy jarayonda bunyod etilgan asarlarni baholash, ularning yutuq va kamchiliklarini, taraqqiyot yo'nalishlarini izohlash va ko'rsatish “Adabiy tanqid”ning zimmasidadir.
Adabiyotshunoslik oldida badiiy so'z san'atiga oid asarlarning ijtimoiy-ma'naviy
hayotdagi mavqeyini belgilash, badiiy adabiyotning o'ziga xos xususiyatlarini izohlash, badiiy ijod turlari, asar tarkibi va ijodiy jarayonning qonuniyatlarini ko'rsatib berish ham turadi. Bu vazifalar bilan adabiyot nazariyasi shug'ullanadi.
Adabiyotshunoslikning ushbu uch sohasi bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir, ular bir-birisiz yashay olmaydi, aksincha, bir-biriga oziq beradi, bir-birini boyitadi.
-7-
Dostları ilə paylaş: |