Mavzu: kirish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə54/55
tarix14.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#53769
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Reja Adabiyot-so’z san’ati

Char-xi kaj-raf- tor e-lin-din yo-za-men

Fo-i-lo-tun fo-i- lo-tun fo-i-lun



Chiq-ma-dim hij- ron qi-shin-din yo-za-men

Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun



Bir me-ni yor- liq bi-la yod et-ma-ul

Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun



Har ne-cha ul shah-ga qul-luq yo-za-men

Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun


Lutfiy shaklan ixcham qit'alarida ham nihoyatda teran mazmunni qisqa va lo'nda ifodalash mahoratiga ega. Qit'a shaklan g'azalga o'xshasa-da, uning dastlabki ikki misrasi o'zaro qofiyadosh bo'lmaydi. Tuyuq va ruboiylarga xos bo'lgan a-a-b-a qofiyalanish tartibi ham bu janrda uchramaydi. Qit'ada faqat juft misralargina o'zaro qofiyadosh bo'la oladi.

To'ng'a sig'masmen farahdin gul kabi,

Kelsa ul sarvi ravon bir-bir mang'a.

Muncha yil ketgan bu baxt-u davlatim,

Shukrlillahkim, kelur bir-bir manga.

Ushbu qit'a ikki bayt, to'rt misradan iborat. Lirik qahramon — oshiq o'z ma'shuqasiga intiladi. Uning bir qadam bosib kelishini orzu qiladi. Shunday hodisa bo'lsa, u bunday baxt-u iqbol, xursandchilik (farah)dan ichiga sig'may ketadi. Bu go'yo o'z to'niga sig'masdan ochilib ketgan gulga qiyoslanmoqda. Lirik qahramon bu o'xshatish bilan kifoyalanmoqchi emas. Unga bu hali kamlik qiladi. Shunga ko'ra u o'xshatishni yana bir pog'ona yuqoriga ko'taradi: Yorning kelishi go'yo ketgan davlatning qaytishiga nisbat beriladi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin