Аlkаnоllаr nоmеnklаturаsi To’yingan bir atomli spirtlarning olinish usullari 1.Spirtlarni galoid alkillarni suv yoki ishqorning suvli eritmasi bilan qo’shib qizdirish orqali olish mumkin:
2.Etilen uglevodorodlariga katalizatorlar ishtirokida suv biriktirilganda bir atomli spirtlar hosil bo’ladi.
3.Spirtlarni aldegid va ketonlarni katalizator ishtirokida qaytarish orqali yoki ularga magniy organik birikmalar biriktirish orqali olish mumkin:
4.Aldegid va ketonlarga magniy organik birikmalarni biriktirish orqali birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi spirtlar olinadi.
5.Sanoatda etil spirtini pentazan saqlovchi tabiiy birikmalar – uglevodlarni fermentlar ishtirokida bijg’itish orqali olinadi. Masalan:
6.Metil spirti sanoatda CO va H2 dan sintez qilinadi:
Spirtlarning fizik xossalari. Spirtlarning C10 gacha bo’lganlari suyuqlik va undan yuqorilari qattiq moddalardir. Dastlabki vakillari suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. O’ziga xos xidga ega. Ularning molekulyar massalari ortib borishi bilan suvda eruvchanligi kamayib hidi yoqimsiz bo’lib boradi, qaynash harorati ham ortib boradi. Normal tuzilishga ega bo’lgan spirtlar izomerlariga qaraganda yuqori haroratda qaynaydilar.
Bir atomli fenollarning olinish usullari 1. Aromatik sulfokislota tuzlarini o’yuvchi ishqorlar bilan qo’shib qizdirilganda fenollar hosil bo’ladi:
2. Sanoatda fenol xlorbenzolni o’yuvchi ishqorlar ishtirokida gidrolizlab olinadi:
3.Kumol usuli.
4. Fenol va uning gomologlarini birlamchi aromatik aminlardan diazobirikmalar orqali hosil qilish mumkin: 5. Fenollarni aromatik karbon kislotalarni oksidlovchilar ishtirokida dekarboksillab hosil qilish mumkin: 6. Fenolning gomologlari fenolni bir atomli spirtlar bilan katalizatorlar ishtirokida alkillab olinadi. Bunda alkil fenollar bilan (C-alkillash mahsuloti) birga fenolning oddiy efirlari (o-alkillash mahsuloti) ham hosil bo’ladi: