Fizikaviy xossalari. Fenol – 430C suyuqlanadigan kristall modda, suvda qiyin eriydi. Suv bug’i bilan uchuvchi aralashma hosil qiladi. O’tkir hidga ega. Suv bilan 160C suyuqlanadigan kristall gidrat hosil qiladi, zaharli. Teriga tegsa kuydiradi.
Kimyoviy xossalari 1. Fenollarni spirtlar yoki suvga qaraganda kislotalik xossasi katta.
Fenol oksidlanganda dastlab gidroxinon, so’ngra benzoxinon hosil bo’ladi.
Karbonil birikmalar (oksobirikmalar) Molekulasida >C=O guruh tutgan birikmalarga oksobirikmalar deb aytiladi.
Agar karbonil guruh bitta vodorod va alkil guruh bilan bog‘langan bo‘lsa aldegidlar, karbonil guruh ikkita radikal bilan bog‘langan bo‘lsa ketonlar deyiladi.
Aldegid va ketonlar to’yingan, to’yinmagan va aromatik bo’lishlari mumkin.
To’yingan aldegid va ketonlarning umumiy formulasi CnH2nO bilan ifodalanadi.
Emperik nomenklatura bilan nomlashda aldegidning nomi ularga mos keladigan kislota nomidan olinadi. Sistematik nomenklatura bo’yicha nomlashda aldegidlarning nomi tegishli to’yingan uglevodorodlar nomi oxiriga – al qo’shimchasi qo’shib hosil qilinadi. Uglevodorod radikallarining nomi va holati raqamlar bilan ko’rastiladi.
Ketonlarni emperik nomenklatura bo’yicha nomlashda ularning nomi karbonil guruhi bilan bog’langan radikallar nomiga keton so’zi qo’shib o’qiladi. Sistematik nomenklatura bo’yicha esa tegishli to’yingan ugevodorodlar nomi oxiriga – on qo’shimchasi qo’shiladi.
Olinish usullari 1. Birlamchi spirtlarni oksidlash yoki ulardan vodorodni tortib olish natijasida aldegid, ikkilamchi spirtlardan esa ketonlar hosil bo’ladi.
2. Atsetilenga suv birikishi natijasida aldegid, uning gomologlaridan esa ketonlar hosil bo’ladi. Jarayon kadmiy, kalsiy, fosfat katalizatori ishtirokida, 360-4200C haroratda olib boriladi.
3. Aldegid va ketonlar kislotalar va ularning aralashmasini 400-4500C va ThO2, MnO2, CuO, ZnO ishtirokida pirolizga uchratib olinishi mumkin.
4. Hozirgi vaqtda sirka aldegid etilenni katalizator ishtirokida havo kislorodi bilan oksidlab olinadi. Katalizator sifatida PdCl2 ishlatiladi.