2. Bakteriologiya. Patmaterialdan GPA, GPB, Endo muhitlariga ekiladi. Probirkali muhitlarga Paster pipetkalari bilan, Petri kosachalaridagiga shpatel yoki organlardan tamg’a usulida ekiladi. Ekmalar 37–38oC da termostatda bir sutka o’stiriladi. E. coli aerob va fakultativ anaerob. Endo muhitida xarakterli koloniya bo’lsa, undan GPB, GPA, qonli agarga ekiladi.
GPB – bir xilda loyqalanish, tez tarqovchi cho’kma hosil bo’ladi. GPA da 16–20 soatda namli, yumaloq chetlari tekis, yuzasi silliq, kulrang koloniyalar hosil qiladi. Qonli GPA da koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil bo’ladi.
Biokimyoviy xususiyatlari – endo muhitida qizil qoramtir tovlanadigan, pushti, koloniyalar hosil qiladi (laktozaning parchalanishi hisobiga). Indol hosil qiladi, vodorod sulfid hosil bo’lmaydi, sutni ivitadi, metilrot bilan musbat, Foges – Proskauera bilan manfiy reaksiya beradi.
Dostları ilə paylaş: |