Mavzu: Kolibakteriozni laboratoriya diagnostikasi Qo’zg’atuvchisi



Yüklə 14,58 Kb.
səhifə2/4
tarix19.04.2022
ölçüsü14,58 Kb.
#55779
1   2   3   4
Patologoanatomik o’zgarishlar. O’lgan hayvon tanasi ozg’in, orqa chiqaruv teshigi atrofi va orqa oyoqlar axlat bilan ifloslangan bo’ladi. Shilliq pardalar kuchli qonsizlanadi. Oshqozonda pishloqsimon massa bo’lib, quyqali zardob to’planib qolgan, oshqozon shilliq pardasi qizarib, qon quyilgan, ingichka ichakda oziq-ovqat qoldiqlarining suyuq, shilimshiq aralashmasi bo’ladi. Ingichka va yo’g’on ichaklarning shilliq pardalari shishib, shilimshiq suyuqlik bilan qoplangan, giperemiya va qon quyilish ro’y bergan, limfatik tugunlar kattalashib, qizarib ketgan, taloq unchalik o’zgarmagan, buyrak va jigar qonsizlangan, kapsula taglariga qon quyilgan bo’ladi.

Patmetarial. Yangi o’lgan hayvon jasadi yoki ilik suyagi, jigar bo’lakchasi o’t xaltasi bilan, taloq, buyrak, yurak, ichak limfa tugunlari, ingichka ichak bo’lagi ikki tomondan boylangan holda (u boshqalaridan bo’lak idishga joylanadi). Materialni 4 soat ichida laboratoriyaga yuborish kerak. Masofa uzoq bo’lsa 30 % gliserin, 10 %li osh tuzida konservasiyalash mumkin. Kasal hayvonning to’g’ri ichagidan tezagi olinadi.

1. Mikroskopiya. Patmaterialdan surtmalar tayyorlanib Gram usulida bo’yaladi. Qo’zg’atuvchisi uchlari qayrilgan, grammanfiy (pushti – qizil rang) tayoqchasimon bakteriyalar; spora hosil qilmaydi; uzunligi 1 – 3 mkm, eni – 0,8 mkm. Bittadan joylashadi. Faqat 08, 09, 0101 shtammlari kapsula hosil qiladi. Harakatchan va harakatsiz turlari bor.


Yüklə 14,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin