Tor qamrovchi kombaynlar - asosiy qazib oluvchi mashinalar hisoblanib, ular zamonaviy qazish komplekslari bilan birga ishlatiladi.
Sinflari va ishlatilish ko’lami:
-qatlam yotiqlik qiyaligiga bog’liq ravishda tor qamrovchi kombaynlar farqlanadi: qalin va qiya (350 gacha) qatlamlarni qazishga mo’ljallangan (qachonki qazib olingan ko’mirni tashish lozim bo’lganda); 350 dan oshiq yotiqlikdagi qatlamlarni qazishga mo’ljallangan (ko’mirni tashish lozim bo’lmaganda, ya’ni qazib olingan yuk o’z og’irligi bilan harakatlansa);
-qatlam qalinligiga bog’liq ravishda 0,6-5m qalinlikdagi qatlamlarni qazib olishga mo’ljallangan kombaynlar farqlanadi: qatlam qalinligi 0,8 m va undan yuqori bo’lsa, kombayn zaboyda yonida joylashgan suriluvchi kurakli konveyer ramasida xarakatlanib qazib oladi. Xuddi mana shu asosiy texnologmk sxema bo’yicha koplab tor qamrovchi kombaynlar 5 m gacha qalinlikdagi qatlamlarni qazib oladi.
Agar qatlam qalinligi 0,6-0,8 m bo’lsa, tabiiyki yu’qa qatlam ish zonasi kombaynning konveyer ramasi ustida xarakat qilishini ta’minlay olmaydi. Bunday xollarda kombayn qatlam zaminida konveyer yonida harakatlanadi. Bu holat ikki variantda bo’lishi mumkin:
1) kombayn konveyer yonida zaboy tarafda (K103);
2) kombayn kor’usi konveyer reshtagi yoniga (o’tilgan bo’shliq tarafda) joylashtirilgan, uning ishchi organi esa zaboyda (MK67M).
Ko’mirni tor qamrovchi kombaynlar yordamida qazib olish texnologiyasi: a – kombaynning konveyer ramasida ishlash sxemasi; b - kombaynning zaminda ishlash sxemasi; v- kombaynning qazib olingan bo’shliq tomonda ishlash sxemasi