Mavzu: Ko’mir qazib olish kombayni


Tor qamrovchi kombayn zamonaviy qazib olish uskunalari kompleksining asosiy qazuvchi mashinasi bo’lib, mexanizatsiyalashgan suriluvchi hamda yakka mustaxkamlagichlar bilan birgalikda ishlatiladi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/6
tarix02.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#123028
1   2   3   4   5   6
Sharipov.kon.mash.1

Tor qamrovchi kombayn zamonaviy qazib olish uskunalari kompleksining asosiy qazuvchi mashinasi bo’lib, mexanizatsiyalashgan suriluvchi hamda yakka mustaxkamlagichlar bilan birgalikda ishlatiladi.

  • Tor qamrovchi kombayn zamonaviy qazib olish uskunalari kompleksining asosiy qazuvchi mashinasi bo’lib, mexanizatsiyalashgan suriluvchi hamda yakka mustaxkamlagichlar bilan birgalikda ishlatiladi.
  • Kombayn lavaning ish suratini, mexnat unumdorligini va qazish uchastkasining barcha texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarini belgilaydi, shuning uchun unga yuqori talablar qo’yiladi. Kombayn sodda va ishonchli konstruktsiyali bo’lishi va quyidagilarni ta’minlashi kerak: yuqori unumdorlik va samaradorlik, qazish ishlari intensivligi; butun qatlam qalinligi bo’yicha barcha qattiqlikdagi va yopishqoqlikdagi ko’mirni qazib olish va yuklash, bunda ko’mirni maydalanishi va chang ko’tarilishi minimal darajada bo’lishi, eng kam energiya sarfi; massivdan nishasiz o’zi uchun burg’ulab ish zaboyini yaratish; o’zgaruvchan haraktlanish tezligini avtomatik boshqarish, yuklamalardan ishonchli himoyalanish; qo’llanish ko’lamining kengligi. Undan tashqari kombayn sanitar-gigienik qoidalarni komfort ish sharoitlarini ta’minlashi zarur.
  • Tor qamrovchi kombaynlarni ratsional qo’llash ko’lami:
  • - 0,55 - 0,8 m qalinlikdagi qatlamlarda – vertikal aylanish o’qli burg’ilovchi va barabanli ishchi organli kombaynlar;
  • - 0,8 - 1,2 m qalinlikdagi qatlamlarda – gorizontal aylanish o’qli barabanli ishchi organlardan tashqari barcha kombaynlar;
  • - antratsit qatlamlari, energetik ko’mir, qaerdaki koproq iqtisodiy samara beruvchi yirik o’lchamli qirindi chiqishi kerak bo’lsa – burg’ilovchi ishchi organli kombaynlar;
  • - yon qo’lama tog’ jinslari bilan aniq chegaraga ega bo’lgan qatlamlarda ko’mirni intensiv ajratib olishda, barqaror krovlyada – vertikal aylanish o’qli barabanli ishchi organli kombaynlar;
  • - krovlyasi barqaror bo’lmagan, qatlam qalinligi o’zgaruvchan qatlamlarda va qaerdaki kombaynni boshqarish qiyinlashgan va kuzatish imkoniyati kamaygan zaboylarda – boshqaruv pulg’ti ko’chiriladigan tipdagi kombaynlar qo’llaniladi. Bunday ‘U va KU tipdagi kombaynlar kabel yoki radio orqali masofadan boshqariladi..

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin