Format bo’limi Excel dasturida formatlashni asosan katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Bo’lim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yo’qotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. Stil bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda ma’lumotlarning berilishi va to’ldirish usullari aniqlanadi. Katakda yozuvlarning alifbosi va o’lchamini belgilash mumkin.
Servisbo’limi Office muxitidagi amaliy dasturlarnikiga o’xshash.
Dannыe bo’limi bandlari kataklardagi qiymatlar ustida amallar bajarishga muljallangan.
Maskur bo’limning dastlabki ikki bandi ustun yoki satr elementlarini biror belgisi bo’yicha saralash va tartiblash vazifasini bajaradi. Yozilgan sonlarni ustunlar va satrlar bo’ylab usish yoki kamayish tartibi bo’yicha joylashtirish, matnlarni xam alfavit bo’yicha tartiblash mumkin. Keyingi bandlar jadval elementlarini birlashtirish, yaxlitlash va ajratish, tashqi tarmoqlardan ma’lumotlar to’plash uchun xizmat qiladi. Yukorida aytilgan menyuning bo’limlari xizmatlarini instrumentlar panelidagi tugmalardan yoki klavishalar kombinastisidan foydalanib ham bajarish mumkin.