MONITOR. (Displey)
Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqatni Ekranda ko`rish uchun monitor xizmat qiladi.
Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma’- lumot chiqaradi. Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustunga, 25 satrga bo`linadi. Xar bir belgi joyga 256 simvoldan biri mos kelishi mumkin. Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to`plami- dan iborat bo`lib, xar bir nuqta rangga egadir. (ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln. ranggacha). Nuqtalar soni qancha oshsa, tasvirlar sifati shuncha oshadi.
Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo`lishi mumkin. 640 x 200 nuqtalardan 1600x1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin. Monitorlar monaxrom (oq-qora) va razmerlari (14 dyumdan – 21, 24 dyumgacha) bilan farqlanadi.
Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko`rinishi piksel ( picture element) deyiladi. Odatda EGA adapteri to`rtburchakli piksel tashkil qilsa, 640x350 nuqtalar hosil qila oladi. VGA – 640x480, SVGA – 640x480, 800x600, 1024x768 – kvadratni hosil qiladi.
Kompyuterga monitor ulash uchun videoadapter zarur. Videoadarter – tasvir to`g`risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun )taqsimlab, shakllantirishdan iborat.
Monitor sifati bo`yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi – 75 Gs ni tashkil etishi lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o`tkazishi mumkin.
Notebook kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir.
Dostları ilə paylaş: |