Kompyuter qurilmalari haqida tushuncha berish.
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:
- sistemalar bloki – ichki qurilmalar joylashadi.
- Klaviatura – belgini kompyuterga kiritadi. (
- Monitor (displey) – ma’lumotlarni matnli va tasvirli tasvirlash imkonini beradi.
Kompyuterlar imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin.
Bular:
Sichqoncha – ma’lumotlar kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator.
Printer – ma’lumotlarni qog`ozga chiqaradi.
Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli yoki matnli ravishda kiritadi.
Modem – telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini va internet tarmog`iga ulanishga yordam beradi.
Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi.
Strajer – kompyuterning venchesteridagi ma’lumotlar nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib , ma’lumotlarni magnit lentali kassetaga (kartridjga) yozishga mo`ljallangan.
Kompakt disklar – 610 Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular asosan o`qish uchun ishlatiladi.
Trekbol – shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o`yinlarida foydalaniladi.
Tarmoq qurilmasi – bir necha kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirilib, kompyuter o`zi axborot almashish imkonini beruvchi qurilma.
Har bir qurilma – sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o`rnatiladi.
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko'p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o'zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda.
Dostları ilə paylaş: |