Mavzu: Kompyuter grafikasi va uning turlari Reja



Yüklə 164 Kb.
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü164 Kb.
#178351
1   2   3   4   5   6
Kompyuter grafikasi va uning turlari

Oddiy fraktalning tuzilishi Rasm 1
Fraktal grafikasi fayllari asosan *.fif kengaytmasiga ega bo’lib, kompyuter xotirasida juda kam joy egallaydi. Ya’ni ular xotirada faqat formula yozuvlari ko’rinishida saqlanadi.
Fraktal grafikasining keng tarqalgan formatlari: *.frp; *.frs; *.fri; *.fro; *.fr3, *.fr4 va h.
Afzalligi:

  • Original va bejirim, fantastik tasvirlarni hosil qilish mumkinligi;

  • Real hodisa va jarayonlarni (ilmiy grafikaviy) modellashtirishda qo’llash mumkinligi.

Kamchiliklari:
• Dasturlash tilining murakkabligi. Turli dasturlash tillari (C, Delphi, Pascal
va h.) ni bilish talab etiladi;
Natijani oldindan baholashning qiyinligi.

  • Qo’llanish sohasi:

  • Ko’ngilochar dastur va video o’yinlar yaratishda (oddiy va murakkab teksturalar, turli landshaft va fonlarni yaratishda);

  • Kino va video industriyada (noananaviy hodisa va jarayonlarni hosil qilishda, fantastik syujetlar yaratishda).

Fraktal grafikasi asosida yaratilgan kompozitsiyalar.
Rasm 4.
Fraktal grafikasi asosida yaratilgan kompozitsiyalar.
Vektorli grafika. Vektor grafikasida tasvir vektor deb nomlanuvchi chiziqlar asosida qurilib, ularga turli parametrlar – rang, chiziq qalinligi va joylashuvi (vaziyati) xususiyatlari beriladi.
Vektor grafikasida primitivlar deb nomlanuvchi ob’ektlar bilan ishlanadi. Primitivlarga ikki va uch o’lchamli oddiy geometrik figuralar kiradi. Ikki o’lchamli geometrik figuralarga – nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq, aylana, ko’pburchak kabi tekis shakllar kirsa, uch o’lchamli geometrik figuralarga – kub, prizma, piramida, sfera, konus, tsilindr kabi jismlar kiradi. Ushbu oddiy geometrik figuralar asosida murakkab bo’lgan geometrik figuralar – ob’ektlar yaratiladi.
Vektorli grafika odatda ob’ektga qaratilgan grafika yoki chizma grafikasi deb ham nomlanadi.
Vektor grafikasida asosiy mantiqiy element primitivlar bo’lganligi uchun, asosiy e’tibor primitivlarni qurishda ularning parametrlariga qaratiladi. Misol uchun yopiq ko’pburchak tomonlari teng yonli yoki ixtiyoriy bo’lishi, yopiq hududlar aylana, ellips yoki ixtiyoriy egri chiziq asosida qurilishi mumkin bo’lib (Rasm 5-a), ushbu yopiq ko’pburchak yoki hudud ichini ranglash (Rasm 5-b), gradientlash (Rasm 5-c) yoki shtrixlash (Rasm 5-d) mumkin.

Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin