Mavzu: Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish usullari. Guruh:CSF017 Bajardi:Nasilloyev Vahobiddin Tekshirdi:Imamaliyev Oybek
Reja: 1.Virus va uning turlari. 2.Kompyuter viruslaridan himoyalanish. 3.Antivirus dasturlar. 4.Xulosa.
1. Virus va uning turlari. «Kompyuter virusi» atamasi o’tgan asrning 80-yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik viruslarga tegishli o‘lchamlarning kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish», «yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi.
«Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlardir. Viruslar kompyuter sistemalarida saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin.
Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin: — yashash muhiti bo‘yicha; — yashash muhitining zaharlanishi bo‘yicha; — zararli ta’sirining xavflilik darajasi bo'yicha; — ishlash algoritmi bo'yicha.
Tarmoq viruslarining yashash muhiti kompyuter tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllarda joylashadi. Fayl viruslar ichida makroviruslar alohida o‘rin tutadi. Makroviruslar — makrotillarda yozilgan zararkunanda dasturlar, elektron jadvallar va h.k. Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot-sektorlarda) bo‘ladi. Kombinatsiyalangan viruslar bir necha yashash muhitida joylashgan bo'ladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni ko‘rsatish mumkin.
Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari: — rezident; — rezident bo'lmagan viruslarga bo‘linadi.