Mavzu: Kompyuterni qismlarga ajratish, tizimli blok qismlari bilan tanishish, kompyuterga qoʻshimcha yangi texnik qurilmalarni ulash



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.12.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#76302
1   2   3   4
1-Amaliy mashgulot

BIOS (Basic input output system) - o ʻz tarkibidagi bir marta yozib 
qoldirilgan maʻlumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema 
hisoblangan xotira turi hisoblanadi. Odatda, bu xotiradagi maʻlumotlami uni ishlab 
chiquvchi korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu maʻlumotlar kompyuter elektr 
manbadan oʻchirilgan holda ham saqlanadi va alohida mikroakkumlyatorli 
batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat maʻlumotlami oʻqish rejimida ishlaydi. 
Shuning uchun bunday xotirada kompyuteming qurilmalarini 
tekshiruvchi test 
dasturlar, 
operatsion tizimlaming yuklovchi dastur modullari saqlanadi. 
Sistema bloki, asosan, korpus, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), 
protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat. Asosiy plata 


yaxlit asosga yigʻilgan elektron sxemalar boʻlib, unga baʻzi qurilmalar axborot 
almashish sistema magistrali - shinalar (simlarning oʻramlari) yordamida bogʻlanadi. 
Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter 
ishida uch xil shina xizmat koʻrsatadi: berilganlar (berilgan maʻlumotlar) shinasi,
Asosiy plata adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada 
mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari 
ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi 
qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi 
maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni 
boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb 
ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel 
(LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket 
(USB) 
turlarga 
boʻlinadi. 
Ketma-ket 
port 
protsessordan maʻlumotlarni baytlarda oladi va 
qurilmalarga bitlarda uzatadi, parallel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. 
Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. 
Juda koʻp asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 
boʻlmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura 
va 
boshqa 
qurilmalarni 
ulash 
imkoni 
bor. 
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi 
(DXQ, ing. ROM - Read Only Memory - faqat oʻqish uchun xotira) mikrosxema 
koʻrinishida tashkil etilgan boʻlib, quvvat manbaiga bogʻliq boʻlmagan holda 
maʻlumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida 
kompyuterning kiritish- chiqarish asosiy sistemasi (BIOS - Basic Input-Output 
System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi. 
Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (yaʻni, Central Processing Unit - 
markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni 
bajaradi, xotira bilan bogʻlanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.Zamonaviy 
kompyuterlarda protsessor vazifasini 10 mm kvadratdan ham kichik yuzali yagona 
yarim oʻtkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti 
tranzistorlardan tashkil topgan mikro-protsessor, yaʻni oʻta zich integral sxema 
bajarmoqda. Misol sifatida koʻradigan boʻlsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori 
oʻz ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni 
saqlaydi. Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi 
(taktli chastota) va razryadlar soni bilan belgilanadi. 
Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar 
miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan 
ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs 
(sekundiga 10 million amal) tezlikka ega boʻlsa, Intel 
Pentium IV protsessori uchun bu koʻrsatkich 1700 
MGs va undan yuqoridir. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning oʻzida 
baravariga ishlashi mumkin boʻlgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 
16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qoʻllanilmoqda. Protsessorning tezligini 
oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi 
vositalardan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Shu kunlarda protsessorlarning koʻp 
yadroli turlari ishlatilmoqda. 
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat: 


* arifmetik-mantiqiy qurilma; 
* maʻlumotlar va adreslar shinasi; 
* registrlar; 
* buyruq jamlagichi; 
* kesh, yaʻni kichik hajmli oʻta tezkor xotira;
*qoʻzgʻaluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.
Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi ushbu protsessor 16 razryadli 
berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, yaʻni bir 
vaqtning oʻzida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) 
bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor 
xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni oʻqish va bajarish, 
natijani yozib qoʻyish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat 
takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi 
boshqarishni amalga oshirish, maʻlumotlarni zarur joydan oʻqish, lozim joyga yozish, 
kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini 
ham bajaradi.
Demak, protsessor berilgan dastur va zarur maʻlumotlar 
asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini 
taʻminlovchi qurilma ekan. 
Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida 
protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlar saqlanadi. 
Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot 
almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida 
saqlanayotgan maʻlumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta 
yuklanganda oʻchib ketadi. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Registr - maʻlumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun 
moʻljallangan qurilma. Har bir registr oʻz navbatida triggerlardan tashkil topadi. 
Trigger mitti elektron sxema boʻlib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda "1" ni, 
zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori 
kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) 
deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (yaʻni 
0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir 
bayt oʻz tartib raqamiga, yaʻni adresiga ega boʻladi. Uyachaning sigʻimi mashina 
soʻzi uzunligini belgilab beradi. Mashina soʻzining uzunligi baytlarda oʻlchanadi. 
Mashina soʻzining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng boʻlishi mumkin. Demak, ketma-ket 
joylashgan ikki, toʻrt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina soʻzini tashkil etishi 
mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham oʻz adresiga ega, u esa shu uyachadagi 
boshlangʻich bayt adresi bilan ifodalanadi.
Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access 
Memory - tanlov boʻyicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli 
uyachaga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyati mavjud. Tovush, video va tarmoq 
platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida boʻlishi mumkin. Bu platalar 
protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat koʻrsatkichiga erishish maqsadida 
ishlatiladi. 
Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) - axborot 
saqlagichlarga yozilgan raqamli audio-axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi 
qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash 


mumkin. Tovush platasi oʻz mikro-protsessoriga ega boʻlib, tovushni kiritishda 
analog-raqamli oʻzgartirish va chiqarishida oʻzgartirishni taʻminlaydi.
Video-plata (ing. Graphics adapter) - murakkab tasvirlar va millionlab 
ranglarni qayta ishlashni taʻminlab beruvchi plata. Bu plata oʻz mikroprotsessori va 
tezkor xotirasiga ega boʻladi. Zamonaviy video-plata hajmli va uch oʻlchovli grafika 
bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda koʻp dasturlar va oʻyinlar 64 
Mb yoki 128 Mb sigʻimli video-platalar bilangina ishlaydi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin