1.2. KOMP’YUTERNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Informatika fanini rivojlanishiga XX asrda yaratilgan EHMlar, komp’yuterlar
sezilarli darajada ta`sir o’tkazdi. EHM – informatsiya bilan ishlash uchun universal
texnik vosita. Uning hayotimizga kirib kelishi axborotlarni saqlash, ishlov berish va
uzatish sohasida tub burilish yasadi. Bu burilish moddiy ishlab chiqarish
soxasidagina emas, balki hayotning intellektual, ma`naviy sohasini ham qamrab
oldi.
EHM yaratilishi va elementli asoslaridan foydalanish bosqichlari bo’yicha
shartli ravishda quyidagi avlodlarga bulinadi:
1-avlod, 1950 yillar. Elektron vakuum lampalarda ishlovchi EHMlar.
2-avlod, 1960 yillar. Diskret yarim o’tkazgichli asboblar, ya`ni tranzistorlarda
ishlovchi EHMlar.
3-avlod, 1970 yillar. Kichik va o’ta yuqori darajada integratsiyasi bo’lgan yarim
utkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHMlar.
4-avlod, 1980 yillar. Katta va o’ta katta integral sxemalar-mikroprotsessorlarda
ishlovchi EHMlar.
5-avlod, 1990 yillar. Bilimlarni qayta ishlashning samarali tizimlarini ko’rishga
imkon beruvchi, bir qancha o’nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari bo’lgan
EHMlar.
6-va undan keyingi avlodlar. Ommaviy parallelizm va neyron tuzilmali -
neyronli biologik tizimlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkab bo’lmagan
mikroprotsessorlar ko’p sonli taqsimlash tarmog’i bo’lgan optoelektronli EHMlar.
Komp`yuter texnikasi rivojlanishida asosiy sanalar:
➢
1623 yil - Uilyam Shikard tomonidan yaratilgan birinchi hisoblash mashina.
Bu juda ulkan apparat 7 xonalik sonlar bilan qo`shish va ayrish amallarini
bajara olgan.
➢
1642 yil amalda birinchi deb hisoblangan 5 xonali sonlar ustida qo`shish
ayirish amallarini bajargan Blez Paskalning hisoblash mashinasi dunyoga
kelgan.
➢
1668 yil - moliyaviy hisoblashlarni bajarishga mo`ljallangan Semyuel
Morlandning hisobchisi paydo bo`ldi.
➢
1674 yil - nafaqat qo`shish va ayirishni balki ko`paytirish amlini ham bajara
olgan Vilyam Gofrid Fon Leybnicning mexanik hisob mashinasi yaratildi.
➢
1820 yil - birinchi kalkulyator Sharlde Kolmorni arifmometri u o`zining
takomillashgan variantlari bilan 90-yil bu erda talabga ega bo`ldi.
➢
1834 yil – Charz Bebjning mashhur «Analitik mashinasi» - Perfokartada
yozilgan oddiy dasturlar bilan ishlovchi mantiqiy amallarni bajaruvchi
birinchi hisoblash mashinasi ishlab chaqarildi.
➢
1871 yil - komp`yuterni anamatik qurilmasi va pechatlovchi qurilma printer
ajdodini yaratdi.
➢
1888 yil – Dorr Felt- ma`lumotlarini klavishli kiritishning birnchi qurilmasi-
Conptowetor ni yaratdi.
➢
1890 yil - AQSH da birinchi marta aholi ro`yxatga olindi. Unda Germon
Golerit romanidan yaratilgan «Hisob mashinasi » birinchi marta ishtirok etdi.
➢
1935 yil - IBM (Internotional Business Machiness) korparasiyasi. IBM 601
hisoblovchilarni ommaviy ishlab chiqara boshladi.
➢
1937 yil - Mateporik Alon Tyurning «Tyurning mashinasi» nomini olgan
komp`yuterning matematik modelini yaratdi.
➢
1938 yil - mashhur Verner fan Braunning va kasbdosh do`sti Kondrat Cuze
Berminda komp`yuterlardan birini yaratdi.
➢
1943 yil - Govard Eyken hozirgi komp`yuterlarning bobosi hisoblandi.
«ASCC Marki » mashinasini qurdi. Uning vazni 7 tonna va 75000 qurilmadan
tashkil topgan. U harbiy maqsadlarda – artileriya jadvallarini hisoblashda
qo`llanildi.
➢
1945 yil - Djon fan Neyman komp`yuter qurilmasining nazariy modelini
tashqaridan yuklanadigan dasturdan foydalanuvchi komp`yuterning birinchi
bayonini ishlab chiqdi.
➢
Shu yili Machli va Ekkert o`sha davrning eng ulkan va quvvatli lampali
komp`yuteri ENIAS ni yaratishdi. Komp`yuter vazmi 70 tonnadan ortiq va 18
minngga yaqin elektron lampalardan iborat komp`yuter tezligi sekundiga bir
necha yuz amalni bajara olgan.
➢
1956 yil - Massachuset texnologiya institutida tranzistor asosli birinchi
komp`yuter yaratildi. Shu yilning o`zidayoq IBM axborotni jamlovchi
vinchestirning ajdodi- KAMAS – 305 birnchi qattiq diskni yasadi.
➢
1958-1959 yillar D. Kilop va R.Noys integral mikrasxema
mikrapratsessorning birinchi ajdodi alyuminiy kontaktlar bilan ulangan,
kremniy kristali sirtidagi mantiqiy elementlarning ajoyib zanjirini yaratishdi.
➢
1960 yil birinchi modem kashf qilindi.
➢
1963 yil- Duglas engelbard o`zi yaratgan manepulyator «Sichqoncha» uchun
patent oldi.
➢
1968 yil – Robert Noysem va Borden Mur tomonidan INTEL firmasiga asos
solindi.
➢
1969 yil – Tezkor hotirasi hamon 1 kb bo`lgan, birinchi mikrosxemani INTEL
namoyish etdi. Shu yili Xerox firmasi tasvirlarni lazerli nusxalash
texnologiyasini yaratdi. Bu texnologiya bir necha yillardan keyin lazer
printerlarda chop etish texnologiyasi asosiga yotadi. «Birinchi» kserokslar.
➢
1971 yil – Busikot mikrokal`kulatorarning ishlab chiqaruvchi yaponiyaliklar
buyurtmasi bilan Intel firmasi Ted Xafor rahbarligida birinchi 4 razryadli
mikroprosessor Intel 4004 ni yaratildi.
➢
1977 yil – Sotuvga komp`yuterlar Commadore va Apple II ommaviy
komp`yuterlar chiqdi. 4 kb sig’imli tezkor xotira, klaviatura va displey bilan
ta`minlangan. Apple II da o’sha vaqt uchun rasm bo`la boshlagan floppi-
disklar diskovodiga ega bo’ladi.
➢
1978-yil INTEL firmasi sekundiga 330 ming operaciya bajara oladigan 16
razradli Intel 8086 mikroprocessorlarini chiqaradi. Shu yili modemlar ishlab
chikarishda kelajagda etakchi buladigan Hayes firmasiga asos solinadi.
Commolave matricali printirlarning birinchi modellarini bozorga chiqaradi.
➢
1979-yil Intel-8088 processori, shuningdek birinchi video o`yinlar va ular
uchun komp`yuter pristavkalar paydo bo`ladi. Yaponiyaning NEC firmasi
yaponiya uchun birinchi mikroprocessorni ishlab chiqaradi. Hayes firmasi
yangi Apple komp`yuteri uchun tezligi 300 bodga teng bo`lgan birinchi
modemni ishlab chiqaradi.
➢
1980-yil Atari komp`yuteri yilning eng ommabop komp`yuteri bo`ladi.
Seagate technologies shaxsiy komp`yuterlar uchun birinchi vinchestor-
diametri –5,25 dyumli qattiq disk taklif etadi.
➢
1981 yil – Apple III komp`yuteri paydo bo`ladi. Intel- birinchi soprocesor
bo`ldi. Birinchi tovush kartasini yaratgan Creative Teshnology (Singapur)
firmasiga asos solinadi. Sotuvga sig’imi 5 mb ga teng bo`lgan birinchi qattiq
ommaviy disk chiqariladi.
➢
1982-yil Sotuvga IBM ning yangi modeli mashhur IBM PC AT va birinchi
klonlar IBM PC paydo bo`ladi. IBM-16 raziryadli 80286 processorini
ifodalaydi. U sekundiga 1,5 mln operatciya bajaradi. Hercules firmasi birinchi
oq-qora vidiokarta Hercules Graphcs Adapter (HGA) ni taklif etadi.
➢
Shu yilning o`zida San-Xosedat IBM labaratoriyasining ir guruh
tadqiqotchilari birinchi 8 dyumli «flopi-disk» ni yaratdi.
➢
1972 yil 8 razryadli Intel-9008 yangi mikroprocessor kashf qilindi. Xerox,
o`lchamli yon daftarchadan salgina katta bo`lgan birinchi Dypabook
komp`yuterni yasadi.
➢
1973 yil- Xerox ilmiy tadqiqot institutida birinchi shaxsiy komp`yuterning
ajdodi yaratildi. Birinchi komp`yuter qahramoni «Sezam mahalasi» bolalar
teleserialning qahramoni – «Korjik» ekranda paydo bo`ldi. Shu yili Scelbi
Computer Cousulting Company Intel-8008 processori va 1 kb tezkor xotirali
birinchi tayyor shaxsiy komp`yuterlarni bozorga chiqardi. Yana shu yilda
IBM qattiq disk IBM 3340 ni taklif etdi. Disk sig’imi 16 kb, u har biri 30
yo`lakni 30 tadan magnit cilindrga ega. Shu sababli u «vinchester» (mashhur
30-30 miltiq markasi) deb ataldi. Shu yilda Boo Metkelf Ethernet deb atalgan
komp`yuterlarning bog’lanish tizimini kashf etdi.
➢
1974 yil – 8 razryadli Intel-8080 yangi processori yaratildi. Uning tezligi
sekundiga 640 ming operaciya. Tezda bozorda shu asosda processori bo`lgan,
SR-M operacion tizim boshqaruvida ishlaydigan qimmat bo`lmagan Altair
komp`yuteri paydo bo`ldi. Shu yilning o`zidayoq Intel firmasining
70-yillardagi bosh raqobatchisi Zilod firmasining birinchi processori ishlab
chiqarildi.
➢
1976 yil Advanced Micro Devicer(AMD) firmasi Intel processori mikrokodi
va ko`rsatmalari nusxasini olish huquqiga ega bo`ladi. «Processorlar urushi»
boshlanadi. Shu yili Stiv Voznyak va Stiv Djobs o`zlarining shaxsiy garaj
ustaxonalarida Apple seriyasidagi komp`yuterlarni yig’adilar. Shu yilning 1
aprelida Apple Computer kompaniyasi dunyoga keldi.
➢
1983 yil –Commodore 5 rangdan iborat rangli displeyli birinchi portativ
komp`yuterni ishlab chiqaradi. Komp`yuter vazni-10 kg.
➢
IBM IBM PC XT 10 mb qattiq disk, 360 va 128 (keyinchalik 768) kbli tezkor
xotira bilan taminlangan komp`yuterni taklif etadi.
➢
Millionchi Appele II komp`yuter chiqarildi. SIMM xotiraning birinchi
modullari paydo bo`ladi. Philips va Sony dunyoga CD-ROM texnologiyasini
nmoyish etishadi.
➢
1984 yil-Apple 1200 bod modeli ishlab chiqaradi. Philips birinchi CD-ROM
diskavodini ishlab chiqaradi. IBM birinchi monitorlar va EGP videodan terib
(16 ta rang, bir dyuymda 630 x 350 nuqta), shuningdek, 256 rangli (bir
dyuymda 640x480 nuqta) 14 dyuymli monitorlarni taklif etadi.
➢
1985 yil-Intel yangi 32 razryadli 80386 DX (soprocessori o`rnatilgan)
processorni taklif etadi.
➢
1986 yil - Aynida komp`yuterlarida tovushli samaralarga ega birinchi
animaciyali rolik namoyish etiladi. Mul`timedia texnologiyalari, SCSI (Small
Computer System Futerface) standartlari tug’iladi.
➢
1987 yil-Futel 20 mgc ishchi masofali 80386 DX processorning yangi
variantini taklif qiladi. Nazorat va o`lchamlar Mvod milliy universiteti
tomonidan monitorlardan nurlanishning yo`l qo`yilgan qiymatlarini birinchi
standarti tasdiqlanadi. U.S.Robotics Courier HST 9600 modemini taklif etadi.
➢
1988 yil-Sotrad firmasi xotira bo`lib hisoblangan tezkor xotira tizimi 640 kb
ga teng bo`lgan DOSning Hewlett Packard firmas DeskJet seriyali birinchi
purkagichli priterni chiqardi. Stiv Djobs va u asos solgan Next kompaniyasi
o`sha vaqt uchun xayoliy bo`lgan xotira sig’imi 8 mb li, 17 dyuymli monitor
va 256 mb li qattiq diskli Motorola prcessori bilan ta`minlangan birinchi
ishchi stanciyasi ishlab chiqaradi.
➢
1989 yil- Creative Labs firmasi 8 bitli monofonik Sound Blaster tovush
kartasini taklif qiladi. Super VGA (16 ming rangli, 1 dyuymda 800x600
nuqta) standarti yaratiladi.
➢
1990 yil-Internet tarmog’ining tug’ilishi. Intel 32 razryadli 80486x sekundiga
27 mli operaciya bajaruvchi yangi processorni taklif etadi. IBM an`anaviy
VGA videoplatalar o`rniga videoplatalarning yangi standarti XGA ni taklif
etadi.
➢
1991 yil-Birinchi monoxromli qo`l bilan ishlatiladigan skanerni taklif etadi.
AMD Intel-386 DX processorlarining yangi mukammallashgan «klonlari»ni
taklif etadi. Birinchi-8 bitli Sound Blaster Pro stereo musiqali karta paydo
bo`ladi.
➢
1992 yil-NES tezligi ikki baravar kuchaytirilgan CD-ROM ni ishlab
chiqaradi.
➢
1993 yil-Intel firmasi qo`shimcha PCI platalarni ulash uchun shina va slotning
yangi standartlarini taklif etadi. Intel processorlarning yangi avlodi 32
razryadli birinchi processor paydo bo`ladi. Uning tezligi sekundiga 100 mln
operaciya.
Dostları ilə paylaş: |