1.3. KOMP’YUTER XONASIGA BO’LGAN SANITARIYA VA GIGIENIK
TALABLAR
Komp’yuter xonasi hisoblash texnikasi bilan jixozlangan o`quv-tarbiya
bo`limi hisoblanadi. Komp’yuter xonasining jixozi 10-15
tagacha shaxsiy
komp’yuter (o`quvchining ish joyi) va bitta o`qituvchi ish joyidan tashkil topadi.
Xonaning tarkibiy qismi-orgtexnika va «Komp’yuter savodxonligi asoslari» fani
bo`yicha nazariy va amaliy darslar, darsdan tashqari fakul’tativ mashg’ulotlar
o`tkazish uchun xizmat qiladi. Hamma o`quvchilar va o`qituvchilar, to`garak
a`zolari va boshqa foydalanuvchilar shaxsiy komp’yuterda
ishlashdan avval
majburiy ravishda texnika xavfsizligi bo`yicha ko`rsatmalar bilan tanishgan va bu
o`z navbatida jurnalda qayd etilgan bo`lishi kerak.
Ushbu mashg’ulot o`quvchi salomatligiga bevosita bog’liq bo`lganligi uchun
quyidagi ko`rsatmalarni hamma o`quvchilarga tanishtirib, imzolatib qo`yishni
tavsiya etamiz. Matn komp’yuter xonasining ko`rinarli eriga osib qo`yilishi
maqsadga muvofiq.
Aziz o`quvchilar, quyidagilarning mumkin emasligini esdan chiqarmang!
•
sinfga ustki kiyimda kirish;
• komp’yuter va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki
o`chirish;
• komp’yuterni tashqi qurilmalar, printer, diskyurituvchi, sichqoncha, joystik
va boshqalar bilan o`zaro ulash;
• o`qituvchining ruxsatisiz
sinfda yurish, gaplashish;
• monitorlarning yorug’lik, tovush balandligi va boshqa vazifalarni bajaruvchi
murvatlarini burash hamda himoya qopqoqlarini ochish;
• displey ekraniga qo`l va boshqa
narsalarni tekkazish hamda
elektr tarmoq manbalariga tegish.
Komp’yuter xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
• komp’yuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o`t yoqish;
• qurilmalar yaqinida tez yonuvchi modtsali idishlarni ochish va
ishlatish;
•
xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo`lgan moddalarni va umuman
qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta`sir
qiluvchi moddalarni
olib kirish;
• komp’yuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni
qo`yish;
• qurilmalarga xo`l qo`l bilan tegish va ularni ulash;
• qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg’ich
va boshqa narsalarni
tiqish;
• tugmalarni bosishda kuch ishlatish;
• ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish;
• bo`r ishlatish;
• elektr manba ulangan xolatda tozalash ishlarini olib borish.
Dostları ilə paylaş: