1967-yilning mart oyidan boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib boradi; Janubiy kon boshkarmasi (Nurobod shahri) — Sobirsoy uran konini oʻzlashtirish maqsadida 1964-yilning yanvar oyida tashkil etilgan (uran qazib olish; Zarmiton va Marjonbuloq konlaridagi tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish; marmar qazib olish va undan silliqlangan, pardozlash taxtachalarini ishlab chiqarish; turli diametrga ega boʻlgan polivinilxlorid va polietilen quvurlarni va boshkalar ishlab chiqarish). 5-kon boshqarmasi (Zafarobod shahri) — Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971-yilning fevralida Bukinoy uran konlari guruhini sanoat usulida oʻzlashtirish uchun Leninobod kon-kimyo kombinatining boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan. 1993-yilda Navoiy NKMK tarkibiga uning tarkibiy boʻlinmasi xuquqi bilan kirgan (yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida uran qazib olinadi); 2-kon boshkarmasi (Krasnogorsk shaharchasi) — Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan. 1954-yilda Chovli uran konini oʻzlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida tashkil etilgan. 1995-yildan esa Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi gabbro toshini sanoat usulida qazib olish; fosforit xom ashyosini qayta ishlash); "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi — 1963-yilning oktabrda kombinat boʻlinmalarining ish faoliyatini taʼminlash uchun taʼmirlash bazasi sifatida tashkil etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon shahri) — 1992-yilda Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi sifatida tashkil qilingan.
1996-yildan kombinat boʻlinmasi (zargarlik buyumlarini yasash); "Agama" davlat trikotaj firmasi — 1990-yilda xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan. 1997-yildan boshlab ustki trikotaj buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, Navoiy KMKning shoʻʼba korxonasi; Zarafshon qurilish boshkarmasi — 1967-yilda tashkil topgan. 7 qurilishmontaj boshqarmasi, temir-beton buyumlari zavodi, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar boshqarmasi, ishlab chiqarishtexnologik-butlash boshqarmalarini oʻz ichiga oladi, sanoat va fuqarolik qurilishini amalga oshiradi, avtomobil va t. yillari qurilishini olib boradi; Kizilqum fosforit majmuasi — maʼdan kazib olish va fosforit unini ishlab chiqarish boʻyicha korxonaning 1navbati 1998-yilda ishga tushirildi.